A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Qadimgi turkiy til terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152
Qadimgi turkiy til terminologiyasi 
Har bir tilning terminologiyasi o‘zining shakllanish bosqichlarida 
shu tilda amal qilib kelgan so‘z yasash qonuniyatlari asosida hamda 
uning umumiste’mol leksikasi bilan mustahkam aloqada kechishi qayd 
etilib, tilda ikkilamchi nomlashlar orqali lug‘aviy birliklar ma’nosining 
ortib borishi kishilik jamiyati taraqqiyotining qaysi bosqichlarida paydo 
bo‘lgan degan savolga javob izlagan holda qadimgi yunon mutaffakirlari 
Geraklit va Demokrit qarashlari keltirib o‘tilgan va tahlil qilingan.
Markaziy Osiyo va Qozog‘iston hududida topilgan yozma 
yodgorliklar turkiy qabilalarning qadimdan o‘z madaniyati va o‘z adabiy 
tiliga ega bo‘lganligidan guvohlik beradi.
Turkiy xalqlarning moddiy-madaniy hayoti va yozuv tarixi haqidagi 
tarixiy, arxeologik ma’lumotlar turkiy tilda so‘zlovchi urug‘ hamda 
qabilalarning miloddan ilgari mavjud bo‘lganligini, jamiyat bo‘lib 
tashkil topganligini va birgalikda turmush kechirganligini ko‘rsatadi. 
Shunga qaramasdan, qadimgi turkiy til deganda ko‘pchilik adabiyotlarda 
milodiy VII-VIII asrlarni o‘z ichiga oladi, degan fikrlar bildiriladi
1

Boshqalarida V-X asrlarni o‘z ichiga qamrab olishi ta’kidlanadi
2
. Lekin 
Mustaqillik sharofati bilan qadimgi turkiy til davri tarixini uzaytiruvchi 
omillar aniqlandi. Yozuv madaniyatiga nazar tashlansa Markaziy 
Osiyoda yashagan qabilalar va xalqlar yagona alifbo bilan cheklanib 
qolgan emaslar. Chunonchi, so‘g‘dlar o‘z tarixi mobaynida oromiy, 
milliy so‘g‘d, moniy, suryoniy yozuvlaridan foydalanganlar. Qadimgi 
sak tili turk-run yozuvidan foydalangan.
Qadimgi Xorazmiy adabiy tili uchun xorazmiy, arab alifbolari
amalda bo‘lgan. Bular ba’zi adabiyotlarda «Avesto» tili, qadimgi 
Xorazm tili va yozuvi, Baqtriya tili va yozuvi, so‘g‘d tili va yozuvi, sak 
(shak) tili va yozuvi degan nom bilan ataladi
3
.
1
Мухторов А., Санақулов У. Ўзбек адабий тили тарихи. –Тошкент, 1995, 26-бет.
2
Алиев А., Содиқов Қ. Ўзбек адабий тили тарихидан. –Тошкент, 1994, 48-бет.
3
Сагдуллаев А. Қадимги Ўзбекистон илк ёзма манбаларда. –Тошкент, 1996, 10-12-бетлар.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
38 
Sak (shak) qabilalari turk-run yozuvidan foydalangan bo‘lib, u 
oromiy yozuvi asosida shakllangan va unda 26 harf mavjud. Uning 
yodgorliklari 1970 yildan so‘ng Qozog‘istonning Issiq qo‘rg‘oni, 
Afg‘onistoninng 
Dashti 
Novur, 
Surxandaryoning 
Xolchayon, 
Dalvarzintepa, Fayoztepa, Andijonning Lo‘mbitepa degan joylaridan 
topildi. Bu narsa Urxun-Enasoy yozuvining shakl va tovush birligi uning 
uzoq turkiy jarayonni bosib o‘tganidan dalolat beradi
1
. Chunki Urxun-
Enasoy atamasi turk-run yozuv yodgorliklarining mahalliy guruhinigina 
anglatadi.
Shunday ekan, qadimgi turkiy til tarixi Markaziy Osiyo (Issiq, 
Dashti Naur, Xolchayon, Dalvarzintepa, Fayoztepa, Lo‘mbitepa) 
yodgorliklaridan boshlanadi. Bu yodgorliklar miloddan oldingi 
davrlarga tegishli bo‘lib, u Birinchi Turk hoqonligi va undan G‘arbiy 
turk hoqonligi ajralgan davrga oiddir. Buni arxeologik qatlamlar 
tasdiqlamoqda
2
. Xullas, qadimgi yodgorliklarning mahalliy guruhini 
anglatgan turk-run yozuvi Urxun-Enasoy tomondan G‘arbga emas 
(bunda 38 harfiy belgi bor), balki Markaziy Osiyodan (bunda 26 harfiy 
belgi bor) Sharq tomonga tarqalgandir
3
. Markaziy Osiyodan topilgan 
yodgorliklar qadimgi turkiy til davri tarixini uzaytirishga imkon beradi. 
Shunga ko‘ra, qadimgi turkiy til miloddan avvalgi VII asrdan milodiy X 
asrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrni o‘rganish darajasi va 
yodgorliklarining xususiyatlariga ko‘ra, o‘z navbatida, ikki davrga 
ajratish mumkin:
a) Qadimgi qabilalar adabiy tili (miloddan avvalgi VII asrdan 
milodiy VI asrgacha bo‘lgan davr).
b) Qadimgi turkiy xalqlarning adabiy tili (VI-X asrlar).

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling