A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   152
4-topshiriq. Mavzu yuzasidan 15 slayddan kam bo‘lmagan 
prezentatsiya yarating.
 
5-topshiriq. Quyidagi mavzularda gazetaga maqola yozing. 
1. Terminologiya va leksikologiya. 
2. Terminologiya - lingvistika obyekti sifatida. 
3. Terminologiyaning hozirgi o‘zbek tili leksik strukturasidagi 
o‘rni. 
4. Terminologiyadagi o‘zgarishlarning umum adabiy tildagi 
jarayonlar bilan bevosita bog‘liqligi. 
5. Terminologiyaning fan tili sifatida talqin qilinishi. 
 
Adabiyotlar: 
1. Акобиров С. Тил ва терминология. - Тошкент, 1968. 
2. Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек тилининг лексик қатламлари. – 
Тошкент, 1985. 
3. Гринев-Гриневич С.В. Терминоведение. Учебное пособие. – 
Москва, 2008. 
4. Даниленко 
В.П. 
Русская 
терминология. 
Опит 
лингвистического описания. – Москва, 1977. 
5. Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим 
масалалари. – Тошкент, 1977. 
6. Турсунов У. Ўзбек терминологияси масалалари. – Тошкент, 
1933. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
36 
II. O‘ZBEK TERMINOLOGIYASINING SHAKLLANISH 
BOSQICHLARI 
2.1. O‘zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari 
Reja: 
1. O‘zbek terminologiyasining shakllanish bosqichlari. Qadimgi 
turkiy til terminologiyasi. 
2. Eski turkiy til terminologiyasi.
3. Eski o‘zbek adabiy tili terminlogiyasi.
4. Sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi. 
5. Istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi. 
Tayanch tushunchalar: terminologik leksika, qadimgi turkiy til 
terminologiyasi, eski turkiy til terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili 
terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol 
davri o‘zbek tili terminologiyasi, davrlashtirish, ekstralingvistik va 
intralingvistik omillar. 
Muayyan adabiy tilning so‘z boyligi o‘z tarkibida maxsus 
tushunchalarni ifodalovchi terminologik leksikani ham qamrab oladi. 
Umumiste’moldagi 
so‘zlardan 
farqli 
ravishda 
doim 
maxsus 
tushunchalarni anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan 
terminlar o‘zbek adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari 
zaminida tarkib topdi va takomillashdi. O‘zbek adabiy tili leksikasi 
qonuniyatlari negizida shakllangan terminologik leksikani quyidagi 
davrlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq: 
1-davr. Qadimgi turkiy til terminologiyasi – VII-X asrlar. 
2-davr. Eski turkiy til terminologiyasi – XI-XIV asrlar. 
3-davr. Eski o‘zbek adabiy tili terminologiyasi – XV-XX asr boshi. 
4-davr. Sho‘rolar davri terminologiyasi – XX asr boshidan 1993-
yilgacha. 
5-davr. Istiqlol davri o‘zbek tili terminologiyasi.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
37 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling