A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152
3-topshiriq Quyidagi ma’lumotlarni o‘qing, qisqa konspekt 
qiling. 
Terminologiyaning shakllanish va taraqqiy etish jarayoni tilga xos 
so‘z yasalishi qonuniyatlari hamda tilning leksikasi asosida sodir 
bo‘ladi. Umumiste’molga oid leksikaning terminlashuvi voqeasi tarixiy 
hisoblanadi. Bu hodisa til va terminologiya orasidagi ikki tomonlama 
munosabatni ko‘rsatadi. Mazkur jarayon, shuningdek, umumadabiy 
leksika va terminologik leksika o‘rtasidagi aloqalarda yaqqol namoyon 
bo‘ladi. Umumadabiy so‘zlar so‘zlashuv tili, dialektlar, lahjalar va 
sotsial jargonlarning leksik boyligi va me’yorini tashkil qiladi. Ayni 
zamonda, umumxalq so‘zlari har qanday milliy til terminologiyasini 
hamisha to‘ldirib, kengaytirib boruvchi manbalardan biri tarzida e’tirof 
etiladi. 
Umumadabiy so‘zlarning terminologik leksika tizimiga ko‘chishi 
(transterminlashuv)ning 
ikki 
turi 
mavjudligi 
aniqlangan. 
1.Terminologiyaga ko‘chgan umumadabiy leksik birliklarning ma’lum 
qismi o‘z ma’nosini saqlab qolgan holda ishlatiladi: ildiz («корень»), 
suv («вода»), shamol («ветер»), dengiz («море»), daryo («река»), oy 
(«луна»), quyosh («солнце»), bug‘doy («пшеница»), tol («ива»), uzum 
(«виноград»), shimol («север»), janub («юг»), yer («земля»), ayg‘ir 
(«жеребец»), baliq («рыба») va h.k. Bu o‘ta keng qamrovli leksika 
qatlami bo‘lib, mavzu jihatdan jamiyat, inson, tabiat, hayvonot va 
o‘simlik dunyosi bilan mustahkam aloqaga kirgan. Qayd etilgan so‘zlar 
keng umumadabiy hamda o‘z navbatida, tor maxsus sohaga taalluqlidir. 
Mazkur so‘zlarning ifodalanuvchisi va ifodalovchisi turli sohalarda mos 
tushadi, ammo ular ma’no obyekti, axborot ko‘lami, mazmun-ma’no turi 
bilan farqlanadi. 
2.Umumadabiy leksikaning boshqa bo‘lagi yuz bergan ma’noviy 
o‘zgarish natijasida terminlar safiga o‘tadi. Qoidaga ko‘ra umumadabiy 
tildan terminologik tizimga olingan so‘zlar muayyan ilmiy tushunchani 
ifodalash uchun xoslanadi, ilmiy termin maqomiga ega bo‘ladi. 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
33 
Masalan, o‘zbek tili texnik terminologiyasi tizimida detallar, 
mexanizmlar, mashina qismlari hamda turli buyum-asboblarni anglatish 
uchun xoslangan ko‘z, oyoq, qadam, barmoq, qo‘ltiq, to‘siq, qobirg‘a, 
og‘iz, tirnoq, quloq, pichoq, quti, taroq, qozon, qoshiq, barmoq, panja, 
musht singari so‘zlar talay miqdorni tashkil qiladi. Ilmiy matnlarda bu 
so‘zlar o‘zlarining birlamchi (denotativ) ma’nosini yo‘qotib, yakka 
ma’noli ilmiy terminga aylanadi. Ushbu maxsus tushunchalarni atash 
usuli an’anaviy, obyektiv hamda juda sermahsul hisoblanadi. Yangi 
terminlarni hosil qilish hisobiga mavjud ehtiyojlarni qondirish mushkul 
kechgan hollarda majburiy chora sifatida til lug‘at fondidagi so‘zlarga 
murojaat etiladi. Mazkur guruhga tegishli so‘z-ot va termin-otlar har xil 
denotatlarni ifodalashi bilan o‘zaro farq qiladi. Ba’zi bir leksik birliklar 
misolida maxsus ma’noning shakllanish jarayonini kuzatish mumkin. 
(«Zamonaviy o‘zbek leksikografiyasi va terminologiyasi» moduli 
bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua. Tuzuvchi: H.Dadaboyev. – Toshkent
2017. B.55-58). 
1) Mazkur ma’lumotdagi hodisaga o‘zingiz misollar toping. 
2) Jadvalni to‘ldiring. 
Terminologiyaga ko‘chgan 
umumadabiy leksik birliklarning 
ma’lum qismi o‘z ma’nosini saqlab 
qolgan birliklar 
Umumadabiy leksikaning boshqa 
bo‘lagi yuz bergan ma’noviy 
o‘zgarish oqibatida terminlar 
safiga o‘tgan birliklar 
 
 
 
 
3) Ma’lumotlarni bugungi kun bilan taqqoslang. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling