A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi
24
Terminologiya leksikografiya bilan
aloqada bo‘lib, soha
terminlarining lug‘atini yaratishda uning yutuqlariga tayanadi.
Terminologiya so‘z yasalishi bilan ham bog‘liqdir. So‘z
yasalishi,
so‘z yasalishidagi qo‘shimchalar, ulardagi mavjud bo‘lgan muammolar
ham terminlar yasalishida inobatga olinadi.
Sotsiolingvistik tadqiqotlar atamashunoslik muammolari bilan ham
bog‘liq. Terminologiya fani terminlar shakllanishining
sotsiolingvistik
jarayonlarini belgilashda quyidagi ikki yo‘nalishga duch keladi: a)
baynalminal so‘zlarni termin sifatida o‘zlashtirish va ulardan keng
foydalanish; b) baynalminal so‘zlardan
tamomila voz kechib, terminlar
yaratishda fakt, u yoki bu milliy til imkoniyatlaridan foydalanish.
Terminologiyaning turli fanlar bilan
aloqasi natijasida har xil
nazariyalar paydo bo‘ladi. Har bir fanning rivojlanishi va o‘rganilishi,
aynan terminologiya bilan aloqadorlikda yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: