A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


«O‘zbek terminologiyasi»ning predmeti, maqsad va


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152
1.2. «O‘zbek terminologiyasi»ning predmeti, maqsad va 
vazifalari 
Reja: 
1. «O‘zbek terminologiyasi»ning predmeti. 
2. «O‘zbek terminologiyasi»ning maqsad va vazifalari. 
Tayanch 
tushunchalar: 
termin, 
terminologiya, 
atama, 
atamashunoslik, terminshunoslik, terminografiya. 
XX asrning ikkinchi yarmida leksikologiya zamirida yangi fan 
shakllandiki, bu insoniyat va jamiyat rivojida muhim o‘rin egallay 
boshladi. Ilgari sohalarga oid maxsus leksemalarni o‘rganish faqatgina 
mutaxassislarga taalluqli bo‘lsa, bugungi globallashuv jarayonida har bir 
barkamol shaxs mavjud maxsus leksemalarni bilishi lozim bo‘lmoqda.
Bugungi kunda o‘zbek terminologiyasi o‘zbek adabiy tilining bir 
bo‘lagi sifatida o‘zining munosib o‘rniga ega. O‘zbek tilshunosligida 
tarmoq atamalari birmuncha o‘rganilgan sohalardan biri hisoblanadi.
Bu sohada ko‘pincha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya 
qilingan. Shunday bo‘lsa-da, hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi faktlarga 
nazar solinsa, ona tilimizdagi terminlar bir qolipga tushmaganligiga, 
ya’ni bir termin bir necha tushunchani ifodalashi yoki muayyan 
terminlarning farqlanmay qo‘llanilayotganligiga to‘la ishonch hosil 
qilish mumkin. Boshqa turkiy tillarga nazar solsak, ularda bu masalada 
anchagina tartibga tushgan differensiatsiyani ko‘ramiz. Bunday 
muammolarni hal etish uchun malakali mutaxassislar zarur. Yosh 
avlodni shu yo‘nalishda tayyorlash maqsadida terminologiya oliy ta’lim 
muassasalariga fan sifatida kiritilgan. Shundan kelib chiqib, «O‘zbek 
terminologiyasi» fanining maqsadi talabalarni terminologiyadagi – 
norma (meyor) masalalariga, adabiy til va funksional uslublar (vazifaviy 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
19 
uslublar)da terminlar munosabatiga oid nazariy bilimlar bilan 
qurollantirish, 
shu 
bilimlarga 
tayangan 
holda 
ularga 
o‘zbek 
terminologiyasining strukturaviy, mazmuniy va vazifaviy xususiyatlari 
haqida ma’lumot berishdan iborat. Bundan tashqari, terminologiya 
sohasining rivoji va samarali qo‘llanishi, standartlashtirish talablarini 
ishlab chiqish uchun ham terminologiyaning o‘ziga xos xususiyatlari, 
yuzaga kelish qonuniyatlari, rivojlanish bosqichlarini o‘rganmoq lozim. 
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun bir qator nazariy va amaliy 
vazifalarni bajarishimiz kerak: 
Nazariy vazifalarga quyidagilar kiradi: 
- sohaga oid adabiyotlar ustida ishlash, asosiy tushunchalar
terminlar va nazariy umumlashmalar bilan tanishish; 
- terminologiyadagi me’yor (norma) bo‘lgan va me’yor bo‘lmagan 
belgi xususiyatlarini qiyosan o‘rganish, tahlil qilish, bu sohadagi 
munozarali nuqtalarni aniqlash va hakozalar; 
- umumxalq ishlatadigan leksik birliklardan farqlash, terminni 
xatosiz aniqlash uchun maxsus leksik birliklarning turlarini tavsiflash va 
shakllantirish; 
- terminologiyani tavsiflash va tahlil qilish uchun tahlil metodlarini 
ishlab chiqish; 
- tushuncha, nom va terminlarning o‘zaro farqi, munosabati, termin 
va terminologiyaning semantik xususiyati, muammolarini bilish; 
- terminning struktur va yasalish tarkibini o‘rganish: yasalish 
usullari, yo‘llari, modellari; 
- turli tillar va turli sohalarda yuzaga kelayotgan termin, 
terminelementlarni bilish va o‘zaro farqini aniqlash; 
- maxsus soha va nutqda termin, terminologiyaning yuzaga kelishi, 
yasalishi, rivojlanishi va vazifalarini o‘rganish; 
- bilish va tafakkurni shakllantirishda termin va terminologiyaning 
o‘rnini aniqlashga o‘rganish; 


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
20 
- turli tipdagi terminologik lug‘atlar ishlab chiqish talablarini 
o‘rganish.
Amaliy vazifalarga quyidagilar kiradi: 
- talabalarning terminlarni qay darajada o‘zlashtirayotganligini 
tahlil qilishga va ulardagi umumiylik va xususiylik holatlarini o‘rganish;
- turli soha terminlarini me’yorga keltirishni o‘rganish; 
- terminlarni me’yorlashtirish yuzasidan usullar, yo‘llar va talablar 
ishlab chiqishga o‘rganish; 
- turli tip terminologik lug‘atlarni yaratishda maxsus leksik 
birliklarning izohini bera olish, sohani va termin talablarini to‘g‘ri 
belgilash; 
- terminologik lug‘atlar bilan ishlash, ular orqali muloqot 
malakalarini o‘sib borayotganlik darajasi va qanday kamchiliklarga yo‘l 
qo‘yilayotganligini aniqlashi;
- terminlarini yoki lug‘atlarni o‘rganib, ularga tanqidiy yondashish 
va mavzuga oid tadqiqotlarning nazariy va amaliy yo‘nalishini belgilab 
olish. 
Terminologiyani o‘rganish bo‘lajak filolog mutaxassislarda uchun 
lingvistik dunyoqarashni shakllantirish, o‘z ishiga ijodiy munosabatda 
bo‘lishida katta yordam beradi, chunki terminologik tizimning 
o‘rganilishi tarixi, uning o‘ziga xos qonuniyatlarini bilish talabalarning 
lingvistik bilim doirasini kengaytiradi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling