A. B. Pardayev, D. B. Urinbaeva, D. A. Islamova. O’zbek terminologiyasi


«O‘zbek terminologiyasi»ning nolingvistik sohalar bilan


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/152
Sana21.09.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1683461
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   152
«O‘zbek terminologiyasi»ning nolingvistik sohalar bilan 
aloqasi. 
1. «O‘zbek terminologiyasi» fanining falsafa bilan aloqasi.  
«O‘zbek terminologiyasi» xususiy tilshunoslik siklidagi fan bo‘lganligi 
uchun ham, ijtimoiy fanlar guruhiga kiradi va ijtimoiy fanlarning asosini 
tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog‘langan. Chunki falsafa 
tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi. Masalan, dialektika, 
sinergetika, termin va tafakkur haqidagi ta’limot fanning metodologik 
asoslarini tashkil etadi. 
Mazkur fanning falsafa bilan aloqadorligi, bir tomondan 
tilshunoslikning maqsad va vazifalarini tushunishga, xususiylik va 
umumiylik mezoni ostida tilshunoslik qoidalarini to‘g‘ri belgilash, til 
hodisalarining mohiyatini anglash, ular orasidagi o‘xshash va farqli 
tomonlarni 
aniqlash, 
til 
imkoniyatlaridan 
nutqiy 
faoliyatda 
foydalanishga yordamlashadi, ikkinchi tomondan, falsafa fanidagi 
barcha terminlarni o‘rganish va me’yorlashtirish aynan terminologiya 
zimmasiga yuklatiladi. 
«O‘zbek terminologiyasi» fanining mantiq bilan aloqasi. Inson 
o‘z ona tilini o‘rganishi tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Chunki 
til hodisalarining inson ongida voqelanishi tafakkur orqali yuzaga 
chiqadi. Til va tafakkurning aloqadorligi darslarda ijodiy tafakkur 
sohibini tarbiyalash muammosini hal qilishga ko‘maklashadi. Mantiq 
to‘g‘ri fikrlash va rivojlanishni o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. Sharqning
buyuk ensiklopedist olimlari (Umar Xayyom, Abu Rayhon Beruniy, 
Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino v.h.) rivojlanishni fikrlashning 
mahsuli deb biladilar.


A.B.Pardayev, D.B.Urinbayeva, D.A.Islamova. O’zbek terminologiyasi 
23 
 «O‘zbek terminologiyasi» fanining psixologiya bilan aloqasi. 
Fanni tashkil etish va uni o‘qitish shaxs psixologiyasi bilan chambarchas 
bog‘langan. Bu aloqadorlik avvalo shaxsning yoshi va shaxsiy 
xususiyatlari bilan bog‘liq. O‘rganilgan til hodisalarini xotirada tiklash, 
ularni yangi sharoitda qo‘llash, til hodisalarini qiyoslash yoki ularni 
o‘xshash va farqli tomonlariga qarab guruhlash, umumlashtirish, hukm 
va xulosalar chiqarish shaxsning aqliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, 
xotira, tafakkur, xayol singari individual psixik xususiyatlarga tayanadi. 
Shuning uchun shaxs psixik xususiyatlarini bilishi va unga tayanib ish 
ko‘rishi lozim. 
Ma’lumki, ehtiyojlar insonni ma’lum yo‘nalishda ongli ravishda 
harakat qilishga undaydi. Bundan asosiy maqsad odamlar bilan 
hamkorlik qilishi, muloqotga kirishishidir. Muloqot vaziyatida inson til, 
imo-ishora, yuz ifodasi, qo‘l harakatlari va muayyan ramziy belgilar 
vositasida boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnatadi. Bu vositalardan 
kerakligini tanlab olish «Psixologiya» fanining ham, «O‘zbek 
terminologiyasi» fanining ham vazifasidir. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling