Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Kalit so‘zlar bilan ishlash


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Kalit so‘zlar bilan ishlash. Asar matni bilan ishlash top-
shiriqlari sirasiga kalit so‘zlar bilan ishlash vazifasi ham kiradi. 
O‘qituvchi bunday topshiriqlardan uy ishi sifatida ham, dars jara-
yonida ham foydalanishi mumkin. Bu topshiriqning asosiy xususi-
yati matndagi kalit so‘zlarni ajratib olib, ularning ma’nosi va asar-
ning umumiy mazmunidagi o‘rnini aniqlashdan iborat. Kalit so‘zlar 
bilan ishlash bo‘yicha uy vazifasi biror qahramon timsolida, biror 
epizod yoki hodisa misolida ham bo‘lishi mumkin. Asar qahramo-
ni shaxsi bilan bog‘liq kalit so‘zlar ustida ishlash uchun o‘quvchi 
matndan asosiy so‘zlarni ajratib oladi. Ularning mohiyatiga kira-
di, ma’nosini aniqlaydi. So‘ngra bu so‘zlarning qahramon shaxsi, 
fe’l-atvorini ochishdagi o‘rni, ahamiyatini belgilaydi. Ularning 
qo‘llanilishiga o‘z munosabatini bildiradi, fikrini asoslaydi. Shu as-
noda yozuvchi ning uslubiga, qahramonning shaxsiga baho beradi. 
O‘z ma’naviyati shakllanishida o‘zi ishtirok etadi. 


288
289
Kalit so‘zlar bilan ishlanadigan uy vazifalarini berishda 
asardagi peyzaj juda qo‘l keladi. Mavzu atrof olam bilan aloqada 
o‘rganiladi. O‘quvchi tabiat hodisalarini kuzatadi, ko‘rganlarini 
badiiy ifodalashga urinadi va hk. Qo‘llangan so‘z va iboralardan 
mavzu uchun muhimlari ajratiladi. Bunday mustaqil izlanishlar 
o‘quvchining dunyoqarashini kengaytiradi, peyzaj tasviridagi 
badiiylik va aniqlikni kashf ettiradi. Matnni o‘zlashtirish 
emotsional, ongli tarzda amalga oshadi. Ular o‘quvchini ko‘ra 
bilishga, ilg‘ay olishga, anglaganlarini so‘z bilan ifodalashga 
o‘rgatadi. O‘qituvchilar asarlardagi peyzaj tasviriga ko‘pda e’tibor 
qilmaydilar. Tabiatdagi go‘zallikni ko‘ra bilish, ko‘rganlarini 
so‘z bilan ifodalash mahorati har bir adibda o‘ziga xos tarzda 
shakllangan. Buni o‘quvchi farqlashi va anglashi uchun uni 
tasvir mohiyatiga kirishga undaydigan uy vazifalari berilishi 
kerak. Asar matni ustida ishlash bilan bog‘liq bunday uy ishlari 
ham o‘quvchilarning ma’naviy kamolotini ta’minlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling