Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


YOZUVCHI TARJIMAI HOLINING BERILISHIGA


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

YOZUVCHI TARJIMAI HOLINING BERILISHIGA 
XOS XUSUSIYATLAR
Reja:
1. Tarjimai hollarni o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Adib tarjimai holi mazmuni. 
3. Tarjimai hollarni o‘rganishning ma’rifiy ahamiyati.
4. Tarjimai hollarni o‘rganishda ilg‘or metodlar, vositalar, 
usullar. 
Yozuvchi va shoirlarning asarlarida har bir tarixiy davr ruhi, 
xalqning turmush tarzi, shu davrga xos ijtimoiy munosabatlar 
ma’naviy boyliklar sifatida kitobxonlar qalbiga yetib boradi, u 
yerda puxta o‘rnashib, muhrlanib qoladi, o‘z tarbiyaviy ta’sirini 
ko‘rsatib turadi. Ravshanki, biografik ma’lumotlar o‘z mazmuni 
bilan yoshlarni milliy ma’naviyatni anglash, his etish ruhida tarbi-
yalashda o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Ma’rifiy va ma’naviy ozuqa berishga da’vat etilgan ijodkor 
tarjimai holi qanday mazmunda bo‘lishi kerakligini belgilab olish 
o‘ta mas’uliyatli muammodir. Buning zarurligini «Adabiyot» 
darsliklaridagi quruq faktlarni qalashtirish mazmunidagi biografik 
ma’lumotlarning hissiz qabul qilinib kelinganligidan ham bilish 
mumkin.
Adabiyot o‘qitish metodikasida tarjimai hollarni o‘rganish xu-
susida A. Zunnunov, R. Usmonov, Q. Yo‘ldoshev, Ye. D. Pristupa, 
V. T. Maransman va boshqa metodist-olimlar so‘z yuritganlar, 
biografik ma’lumotlar mazmuni qanday bo‘lishi kerakligi haqida 
ba’zan yo‘l-yo‘lakay, ba’zan maxsus to‘xtalib o‘tganlar.
Metodik adabiyotlarda biografik ma’lumotlar haqida bayon 
etilgan tavsiyalarni umumlashtirib, tarjimai hol mazmuni quyidagi 
unsurlardan iborat bo‘lishi ta’kidlanadi:
– adibning bolalik chog‘lari va o‘sib ulg‘ayishi;
– san’atkorning ijod yo‘li;
– yozuvchi yoki shoirning ijodiy faoliyati va badiiy mahorati; 
– asarlaridan parchalar;
– dasturda tavsiya etilgan asarning yaratilish tarixi;
– ijodkorning jamiyatda tutgan mavqei, xizmatlari;
– so‘z ustasi haqida uning zamondoshlari fikri va hk.


293
Tarjimai holning eng xilma-xil mazmun va hajmga ega bo‘lgan 
qismi yozuvchi yoki shoirning yoshligi haqidagi ma’lumotlardir. 
Bu yerda nimalar aks etishi kerakligi to‘g‘risida metodik adabiyot-
larda turlicha tavsiyalar beriladi. Mazkur tavsiyalarni umumlashtir-
gan holda aytish mumkinki, biografik ma’lumotda san’atkorning 
o‘sib ulg‘ayishi, kamol topishi, komil inson bo‘lib yetishuvi, ichki 
dunyosi, ruhiy olami, bu olamning boyligi haqida hikoya qilinishi 
maqsadga muvofiq. Maktab «Adabiyot» darsliklarida bu masala 
yuqoridagi talab darajasida hal etilmay kelinyapti. Ayrim tarji-
mai hollarda adibning bolaligi 3 – 4 gap bilan aytib o‘tildi. Bunda
uning qaysi maktab da qanday o‘qigani, nimalarga ko‘proq qiziqqa-
ni, necha yoshidan she’r yoza boshlagani ma’lum qilinadi. 
Metodik adabiyotlarda adib hayotidagi muhim voqealar 
(ko‘pincha bir-ikki voqea) aksariyat hollarda uning shaxsi qanday 
kamol topayotganini yoshlarga ibrat qilib ko‘rsatish maqsadini 
ko‘zda tutadi deb ta’kidlanadi
123
. Bundan bilish mumkinki, adib-
larning tarjimai holidagi bu kabi ma’lumotlar ma’lum darajada 
tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Bular yozuvchi ma’naviyatining 
shakllanish yo‘li, bosqichlari, tarkibini namoyish etadi.
Biografik ma’lumotlar, ayrim metodistlarning ta’kidlashlariga 
ko‘ra, adibning shaxsi, ichki dunyosi va ruhiy olami, ma’naviy 
e’tiqodi va izlanishlarini qamrab olishi kerak
124
. Bizningcha, 
e’tiqod va izlanishlar haqidagi gaplarni san’atkorning yoshlik yil-
lari va o‘sib ulg‘ayishi bitiladigan qismda emas, uning ijod yo‘li 
yoritiladigan joyda berilgani ma’qul.
«Adabiyot» darsliklarini kuzatish shuni ko‘rsatdiki, adibning 
bolaligi, o‘sib ulg‘ayish davri juda qisqa yoritiladi va bundan uning 
shaxsi, ichki olami, ruhiyati va ideallarini bilib olish qiyin. Adib-
ning bolaligida yoki o‘quvchiligi paytida taqdirining belgilanishiga 
sabab bo‘lgan hodisalar bayoni o‘quvchi shaxsining shakllanishi-
ga u yoki bu darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, 
Pirimqul Qodirovning tarjimai holidan quyidagi o‘rinni ko‘rsatish 
joiz:
«Maktabda men a’lochilar qatorida yurardim. Bir yilda ikki 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling