Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

sinfni bitirib, uchinchiga ko‘chirilgan edim. Oltinchi sinfda meni 
123
Zunnunov A. O‘zbek maktablarida adabiyot o‘qitish metodikasi tarixidan 
ocherklar. – T.: «O‘qituvchi», 1980.191 b.
124
Маранцман В. Г. Биография писателя в системе эстетического васпита-
ния школьников. – Москва: «Просвещение», 1965. – С.75. 


294
295
Toshkentga sayohat qilish yo‘llanmasi bilan mukofotlashdi. Le-
kin ma’lum joylar «otasi boy bo‘lgan» deb, mukofotni bekor qili-
shibdi. Shunda Daminov degan jo‘g‘rofiya o‘qituvchimiz: «Axir, 
otasi hozir kolxozchi-ku!» – deb kuyunib yurgani, lekin uning so‘zi 
o‘tmagani, meni sayohatdan mahrum qilishgani hech esimdan 
chiqmaydi»
125
.
Adibning bosib o‘tgan yo‘li, ijodiy faoliyati biografik 
ma’lumotda o‘ziga xos o‘rin tutib, uning shaxsi, ichki dunyosi, 
ruhiy olami, qarashlari, ma’naviy e’tiqodi qay tarzda shakllangani-
dan tortib badiiy mahoratini egallashigacha bo‘lgan hayot yo‘li o‘z 
aksini topadi. O‘quvchi so‘z ustasining kimligini, orzu-o‘ylarini, 
intilishlarini tarjimai holning shu qismidan ko‘proq bilib oladi. De-
mak, bu yerda beriladigan ma’lumotlarning yoshlar uchun ma’rifiy 
ahamiyati katta. Tarjimai holning shu qismi orqali tarixiy davr bi-
lan tanishish ham yuz beradi.
R. Usmonovning fikricha, tarjimai holda san’atkorning ijodiy 
takomiliga ta’sir etgan voqea va hodisalar bayoni ham aks etishi 
kerak. Masalan: «To‘rt yil davomida Istambul dorilfununida tah-
sil olgan Fitrat taqdirida Turkiya hayoti muhim ahamiyatga ega 
bo‘ldi. Bu yillar Fitratning siyosiy va davlatchilik qarashlarida, 
dunyoqarashi, san’atkorlik mahorati shakllanishida yo‘naltiruvchi 
ahamiyat kasb etdi»
126
.
Q. Yo‘ldoshev 7-sinf uchun yozilgan «Adabiyot» darslik-
majmuasiga yozgan metodik qo‘llanmasida
127
adiblarning tarjimai 
hollarini yoritishda shu vaqtgacha qaror topgan qoliplarga rioya et-
may, bolalarning tafakkuriga, hissiyotiga ta’sir qiladigan, ularni lo-
qaydlikdan chiqaradigan ma’lumotlarni berish kerakligini eslatadi.
R. Usmonov, Ye. D. Pristupa, V. G. Maransman va boshqa bir 
qatori metodist-olimlar o‘quvchi tarjimai hol orqali so‘z ustasining 
bosib o‘tgan hayot yo‘lini o‘rganish barobarida uning badiiy ma-
horati, bu mahoratning o‘ziga xosligi, badiiy kashfiyotlarini bilib 
olishi kerak degan fikrni ilgari suradilar.
125
Karimov N., Nazarov B., Normatov U. XX asr o‘zbek adabiyoti. 11-sinf uchun 
darslik. – T.: «O‘qituvchi», 1995, 295 b.
126
Usmonov R. Yuqori sinflarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish. – T.: 
«O‘qituvchi», 1969. 31-bet.
127
Yo‘ldoshev Q. O‘qituvchi kitobi: Metodik qo‘llanma. T.:O‘qituvchi, 1997. 11 
– 12-b.


295
«Adabiyot o‘qitish metodikasi» nomli qo‘llanmada yuqori sinf-
larda yozuvchi uslubini o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratish zarurli-
gi uqtirilgan. «Uslub yozuvchining ijodiga singib ketgan bo‘ladi. 
Uni ijodining ruhi, har bir asaridan anqib turadigan xushbo‘y hid 
deyish mumkin. Yozuvchining hayotga munosabatidagi, xarakter 
yaratishdagi, tasviriy vositalaridagi, fikrlash yo‘sinidagi, hatto 
biografiyasi va shaxsiyatidagi o‘ziga xosliklar hammasi birikib, 
uning uslubini vujudga keltiradi. Biroq uslub mana shunday mu-
rakkab hodisa bo‘lsa ham, ijodning bir sohasi borki, unda uslub 
birinchi qarashdayoq ko‘zga yarq etib tashlanib turadi. Bu yozuv-
chining tili. Tilda yozuvchining mahorati ham, estetik prinsiplari 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling