Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Muallif shaxsining ana shu qirralarini ko‘rmasdan turib, asarni 
tushunish qiyin. Tomoshabin, tinglovchi, kitobxon badiiy asardan 
uning oldiga zamon, odamlar yuragi qo‘ygan murakkab savollarga 
javob qidiradi. San’atkor xohlasa-xohlamasa, o‘z suhbatdoshining 
savollariga javob qaytaradi. Agar o‘quvchi darsda san’atkorning 
ichki olami bilan tanishsa, ovozining betakrorligini anglab yet-
sa, yozuvchi bilan so‘zlashuv behad chuqur, hayajonli va to‘g‘ri 
bo‘ladi. Mutlaqo notanish shaxs bilan suhbatlashish mushkul, 
shuning uchun biografik ma’lumot badiiy asar tahlilida tabiiy va 
zaruriy tayanch bo‘lib qoladi»
135
.
Adibning hayoti va ijodiy faoliyatini darsliklarda beriladigan 
tarjimai hollar yordamida o‘rganish ta’lim jarayonini to‘liq qam-
rab olmaslikdan iborat bir yoqlamalilikka sabab bo‘ladi. Ayrim 
ma’lumotlarni eshitish mashqlari sifatida taqdim etish, ba’zilarini 
ma’ruza sifatida o‘quvchilarga yetkazish (yozuvchi yoki shoirning 
tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etiladigan adabiy kechalar 
dasturiga kiritiladi, devoriy gazetalarda beriladi), kinoko‘rsatuv, 
diafilm, videofilm va boshqa materiallardan foydalanish yo‘li bilan 
ham o‘rganish mumkin. Bular biografik ma’lumotlar mazmunini 
kengaytiradi.
R. Usmonovning ta’kidlashicha: «O‘quvchilar yozuvchi biog-
rafiyasini o‘rganish orqali san’atkorning ijodiy takomiliga ta’sir 
135
Маранцман В. Г. Биография писателя в системе эстетического воспитания 
школьников. – Москва: «Просвещение», 1965. – С. 73.


300
301
etgan fakt va hodisalarni hamda ularning yozuvchi asarlarida 
qanday aks ettirilganini, shuningdek, asarlarining yaratilish 
tarixi, ularga singdirilgan g‘oyaviy fikrlar, yozuvchining asar 
ustida olib borgan ishlari, uning bu ijodiy mahsuli zamondoshlari 
tomonidan qanday kutib olingani va keyingi davrlar uchun 
qanchalik ahamiyatli ekanligini tushunib oladilar»
136
. Ixchamlik 
uchun tarjimai hol yozuvchining o‘rganiladigan asari bilan 
bog‘liq faoliyat davrini yoritadigan qisqa ocherk tarzida tavsiya 
etilishi ham mumkin. Tarjimai holni bayon etish shakli ham 
muhim masala. Yozuvchi biografiyasi o‘rniga uning o‘zi haqidagi 
hikoyasidan, xatidan yoki biografik asaridan parcha bergan ham 
ma’qul. «Adabiyot» darsliklaridagi aksariyat tarjimai hollar 
(asosan XX asr o‘zbek adabiyoti namoyandalari haqida) shunday 
hikoyalardir. Bunday paytda ilmiy maqola o‘rnini badiiy matn 
egallaydi, natijada biografik ma’lumotlarni o‘rganishning estetik 
qiymati ta’minlanadi.
Adibning o‘zi haqidagi hikoyasida ko‘proq tarixiy davr, ta-
rixiy voqealar bilan bog‘lab o‘z mehnat faoliyati yoritiladi. Ijodiy 
faoliyati, badiiy mahorati haqida esa juda kam so‘z yuritiladi. Bun-
day so‘z yuritilgan o‘rinlar ba’zan hisobotga o‘xshab ketadi.
Ba’zan yozuvchi o‘z uslubining farqli xususiyatlarini aytib 
o‘tadi. Masalan, Sharof Boshbekov shunday deydi: «Har bir yo-
zuvchining qandaydir o‘zigagina xos jihati bo‘ladi. Kimdir syujet 
topishga usta, kimdir noyob xarakterlar yaratishga mohir, boshqa-
lari asar voqealarini zargarona terishda tengi yo‘q. Mening eng 
yaxshi ko‘rgan qurolim – yumor. Asar qanday janrda yozilmasin, 
voqealar qanchalik jiddiy, qahramonlarimning taqdiri qay dara-
jada fojiali bo‘lmasin, yumor, hazil-mutoyiba, askiya unsurlari, 
so‘z o‘yinlaridan unumliroq foydalanishga harakat qilaman... «
137

Nihoyat, aytish joizki, biografik ocherkning tili nisbatan sodda 
bo‘lishi kerak.Tarjimai hol sermazmun bo‘lishi bilan bir qatorda 
hajm jihatdan katta bo‘lib ketmasligi, o‘quvchilarning imkoniyat 
doirasidan chetga chiqmasligi, ularni zo‘riqtirishga olib kelmas-
ligi, o‘ta zarur ma’lumotlar bilan qurollantirishni ko‘zda tutmog‘i 
lozim.
136
Usmonov R. K. Yuqori sinflarda yozuvchi biografiyasini o‘rganish. – T.: 
«O‘qituvchi», 1969. 37 – 38-b.
137
Kattabekov A., Raxmonov V. O‘zbek adabiyoti. 8-sinf uchun darslik-majmua. 
– T.: «O‘qituvchi», 1993. 195-b.


301
Adib hayoti va ijodining ilmiy bayoni: 
a) muayyan adibning yozuvchi va mutafakkir sifatidagi mav-
qei; 
b) yashagan davrida tutgan o‘rni; 
v) ijodkor uslubi va uning shakllanishi; 
g) adibning milliy-ijtimoiy tafakkuri va adabiyot taraqqiyotiga 
qo‘shgan hissasi; 
d) uning umumjahon badiiyati va tafakkuri rivojiga munosa-
bati;
e) milliy g‘oya va milliy qadriyatlar tarkibidagi o‘rni singari 
masalalardan tashkil topsa, o‘quvchi e’tiborini jalb etishga yordam 
beradi.
Adiblarning tarjimai holini keng miqyosda, batafsil o‘rganish 
VIII sinflardan boshlab amalga oshirilishi kerakligi metodist-olim-
lar tomonidan ta’kidlangan. Bu yoshdagi o‘quvchilarga xos bo‘lgan 
inson shaxsini o‘rganishga qiziqish quyidagilarga asoslanadi:
– iste’dodining rivojlanishi;
– qalbining ulug‘vorligi;
tabiatga munosabati;
– insonga munosabati.
Yoshlarning komil inson sifatida shakllanishida milliy 
an’analar, qadriyatlar, ma’naviy boyliklar, davr ijtimoiy hayo-
tining roli beqiyosdir. Shu bois tarjimai hollar mazmuni qanday 
bo‘lishidan qat’i nazar birinchi navbatda adibning o‘zi haqidagi 
hikoyasi bilan ijodi to‘g‘risidagi maqola qo‘shilgan holda berilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Masalan, O‘tkir Hoshimov shunday yozadi: «Men 1941-

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling