Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

yonma-yon turib ishlagan chog‘larimni eslab, uning asarlarini rus 


298
299
tiliga ag‘darganimdan, undan saboq olganimdan o‘zimni behad 
baxtiyor hisoblayman. Bundan tashqari, o‘sha yillar shunisi bilan 
esda qoladiki, men shu bahonada Abdulla Qahhordek oqilu dono
hozirjavob, bir so‘zli, hatto tili hiyla achchiq, ayni zamonda bag‘ri 
keng, odamshavanda inson bilan do‘stlashdim...» 
Adibning umr yo‘ldoshi Kibriyo Qahhorova u haqda: «Biror 
yozuvchi yoki shoir o‘zbek tilining nazokatini buzsa, ming yaqin, 
jonajon do‘sti bo‘lsa ham uni ayab o‘tirmasdilar. Abdulla Qahhor 
faqat o‘zigagina emas, hatto tengqurlari, qalamkash do‘stlariga 
nisbatan ham talabchan edilar. Eng avvalo, o‘zlari yozadigan har 
bir so‘zni fikr tarozusida obdon o‘lchardilar»
133
, – deb yozgan edi.
Alohida e’tibor berish lozimki, muayyan adib haqida turli 
mashhur kishilar aytgan fikrlar o‘quvchi ruhiyatiga kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi. S. Zaligin: «Buyuk odamlar bizning ma’naviy olami mizga 
uzluksiz ta’sir o‘tkazib turadi», – degan edi
134
. Mashhur kishilar, ta-
niqli shaxslar, ayniqsa, yirik olimlar va yozuvchilar o‘quvchi yosh-
lar uchun hamma vaqt namuna maktabi bo‘lib kelgan. Bunda, ay-
niqsa o‘quvchilar uchun o‘z millatdoshlarining fikrlari kuchli ta’sir 
ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan A. Qahhor haqida adabiyot shunos 
O. Sharafiddinov, M. Qo‘shchanov, Leonid Lench, Konstantin
Simonovlarning fikrlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi. Bu o‘quvchilar
uchun tasdiqlovchi omil vazifasini o‘taydi.
Bundan tashqari, muayyan san’atkorga daxldor turli ilmiy va 
badiiy asarlardan qaydlar tarjimai holni yana ham boyitadi. Ijodkor 
faoliyatining davrlari haqida, u yaratgan asarlar to‘g‘risida beri-
ladigan ma’lumotda xilma-xil manbalardan ko‘chirmalar keltirila-
di, ayrim parchalar aks ettiriladi, zamondoshlari xotiralaridan 
lavhalar, adabiy tanqidchilar fikrlaridan misollar beriladi, adibning 
buyukligi, o‘ziga xosligi, asarlarining jahon adabiyotida tutgan 
o‘rni, estetik qimmati yoritiladi.
V. G. Maransmanning adib biografiyasi bilan uning ijodiga 
beri ladigan sharh oldinma-keyin emas, balki qo‘shib bayon etilishi 
kerak degan fikri e’tiborga molikdir. Chunki olimning uqtirishi-
cha, yozuv chi biografiyasini o‘rganishdagi estetik vazifa san’atkor 
133
Sharafiddinov O. Birinchi mo‘jiza. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979. 
282-b.
134
Залыгин С. Культура и личность // Собеседник: Литературно-критический 
ежегодник. – М., 1987. – Вып. 8. – С. 6.


299
tomonidan san’at asarida hayot qanday mujassamlashtirilganini 
ko‘rishdan iboratdir. Maktabda yozuvchining hayoti haqidagi 
gapni ijodini o‘rganishdan ajratib qo‘yganda asaridan keltirilgan 
parcha tushunarsiz bo‘lib qoladi. V. G. Maransmanning fikricha, 
san’atkorning hayoti bilan ijodini ayrim-ayrim bo‘lib o‘rganish 
o‘quvchilar ongida san’atning hayotdan uzib qo‘yilishiga olib 
keladi. Basharti, biografiyasi avval, ijodi keyin joylashtirilsa, bi-
rinchisi mazmunsiz bo‘lib qoladi, chunki undan san’atkorning ha-
yot ma’nisi, baxti va tashvishlarini tashkil etuvchi zamin chiqarib 
tashlangan bo‘ladi. Yozuvchining hayoti haqidagi gaplar faktlar 
to‘plami va sanalar ro‘yxati bilan almashtirib qo‘yiladi yoki hayot-
ni maishiy turmushga olib borib taqab qo‘yadigan biografizm tikla-
nadi. «Maktabda yozuvchi biografiyasini o‘rganish faqat ma’rifiy-
axloqiygina emas, balki estetik maqsadlar uchun ham zarur. Ras-
som (san’atkor) ko‘rganlarini o‘z idrok qirrasi orqali o‘tkazadi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling