Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol va topshiriqlar:
1. Butun adabiy ta’lim va mazkur o‘quv qo‘llanma mazmunan 
asoslangan: «O‘quvchi ma’naviy kamolotining asosi bo‘lgan tafak-
kur va faoliyatdagi mustaqillik» degan tushunchaning mohiyatiga 
kiring. Shu vaqtgacha o‘rganganlaringizga asoslanib bu g‘oyani 
tahlilga torting. Qarashlaringizni asoslang.
2. Matnda shunday fikr bor: «Uy vazifalari bajarilishidagi eng 
muhim shart unda dars va darslikdagi haqiqatlarning takrorlan-
maslik kerakligidir». Siz buni qanday tushunasiz? Butun maktab 
hayotingizda ham, o‘rta maxsus ta’limi davrida ham, hatto oliy 
ta’limdagi faoliyatingizda ham uy vazifalarini bajarishingiz shun-
day qarashga asoslanganmi, yo‘qmi? Fikringizni dalillang. Qola-
versa, nima deb o‘ylaysiz, bunday uy vazifalarini qanday tashkil 
etish mumkin? Shu haqda ham o‘ylab ko‘ring. 
3. Mavzu mazmunidan uy vazifasining zimmasiga ortiladigan 
mas’uliyat bilan bog‘liq fikrlarni alohida ko‘chirib yozing. Ular-
ning mohiyatiga kiring, tahlilga torting, munosabat bildiring.
4. O‘quvchilarning uy vazifalarini qanday tashkil etish bora-
sidagi jamiki fikrlarni alohida ko‘chirib yozing. Ularni o‘rganing 
va tahlilga torting. Munosabatingizni o‘rtoqlashing. 
5. Uy vazifasini so‘rash bilan bog‘liq quyidagi fikrga diqqat 
qiling: «Har safar, uy vazifasini so‘rashda o‘quvchilarning oldiga 
taqqoslash va umumlashtirishga undash uchun qo‘yilgan savollar 
ularning aqlini zo‘riqtiradi». Sizningcha, o‘quvchini «taqqoslash va 


291
umumlashtirishga undash»ga yo‘naltiradigan savol va topshiriqlar 
qanday bo‘ladi? Qarashlaringizni biror badiiy asar misolida dalil-
lang.
6. Uy vazifasini so‘rash bilan bog‘liq jamiki fikrlarni ajrating. 
Ularni izohlang. Munosabat bildiring.
7. «O‘qituvchi qanchalik bilimdon, saviyasi ne qadar baland 
bo‘lsa, tarbiyalagan o‘quvchilarini ham o‘zining darajasida yuqo-
rilatib boraveradi» tarzidagi hukm-xulosaga diqqat qiling. Mam-
lakatning, millatning ertasi sizning shaxsingiz, mahoratingiz bilan 
ne qadar bog‘liq ekani haqida o‘ylab ko‘ring. Qanoatlaringizni 
ovoz chiqarib e’tirof qiling, agar bunga jur’atingiz yetmasa, ada-
biyot daf taringizga yozib qo‘ying. Amaliy faoliyatingizda kerak 
bo‘ladi.
8. O‘quvchilarga uy vazifalari berish borasida o‘qituvchilarga 
xos bo‘lgan umumiy illatlarni ajrating. Ularni bartaraf qilish 
yo‘llarini tavsiya eting. Mazkur fojea-muammoni birgalikda muho-
kamaga torting.
9. O‘quvchida siz o‘qituvchi sifatida shakllantirishingiz lozim 
bo‘lgan «shaxslik sifatlar» haqida o‘ylab ko‘ring. Ularni, nomma-
nom sanang va qayd eting. Sanalgan fazilatlarning o‘z «men»ingizda 
qanchalik mavjudligi haqida o‘qituvchilik mas’uliyati bilan fikr 
yuriting. 
10. O‘quvchilarga uyda o‘qish uchun beriladigan vazifalarning 
alohida xususiyatlarini ajrating va muhokamaga torting. Muhim va 
nomuhimlarini belgilang. Munosabat bildiring.
11. Adabiy ta’limning boshlang‘ich bosqichida o‘qilgan asar-
lar yuzasidan berilaigan uy vazifalarining qaysi biridan yuqori sinf-
larda ham foydalanish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikringizni nimlar 
bilan asoslaysiz?
12. Suratlar bilan ishlash borasidagi uy vazifalariga qo‘yiladigan 
talablarga diqqat qiling. O‘quvchilarga bunday topshiriqlar be-
rish uchun o‘zingiz suratlarni o‘qish borasida ma’lum bilimga ega 
bo‘lishingiz kerakligini ta’kidlash shartmasdir!? O‘qituvchingizga 
metodika darslarida suratlar bilan ishlash mashg‘ulotlarini taklif 
qiling. Birgalikda o‘zingizda tasviriy san’at namunalarini o‘qish 
ko‘nikmasini shakllantirib boring.
13. Istalgan mavzuda uy inshosi yozing. O‘rtoqlaringizning in-
shosini bir o‘qituvchi sifatida tekshiring. Xulosalaringizni, xato va 
kamchiliklarni muhokama qiling.


292
293

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling