Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Savol-topshiriqlar bilan ishlash bo‘yicha uy ishlari


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

Savol-topshiriqlar bilan ishlash bo‘yicha uy ishlari. 
Boshlang‘ich sinflarning «O‘qish kitobi» va yuqori sinflarning «Ada-
biyot» darsliklarida taqdim etilgan adabiy matnlar ustida ishlash 
uchun ma’lum savol-topshiriqlar berilgan. Boshlang‘ich ta’limning
3 – 4-sinflarida o‘quvchilarga uy vazifasi sifatida asar matni yuza-
sidan beriladigan savol-topshiriqlarning soni to‘rttadan oshmasligi 
kerakligi ma’lum. Darsliklarda taqdim etilgan ayrim savol-top-
shiriqlar tavsiflashni talab qilsa, ba’zilari umumlashtiruvchi xarakter 
kasb etadi. Ayrim savollar avval o‘zlashtirilgan bilimlarni eslashga 
ehtiyoj uyg‘otsa, boshqasi har tomonlama o‘ylashni va tahlilni ta-
lab qiladi. Yana bir xil savol uchun darslikdagi ma’lumotning o‘zi 
kifoya qilsa, o‘zgasiga javob berish uchun yordamchi manbalarga 
murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
Darsliklardagi asar matni yuzasidan berilgan savol-top-
shiriqlarga uyda javob tayyorlashda o‘quvchilar ko‘pincha umumiy 
qonuniyatni to‘g‘ri topadilar, biroq buni o‘zlari asardan misollar 
keltirib asoslab berishga qiynaladilar. Ulardan nega shundayligini 
tushuntirish yoki aytganlarini isbotlash talab qilinganda, mazkur 


287
holatga tegishli ko‘pgina faktlarni bilsalar ham, o‘zlarini yo‘qotib 
qo‘yadilar. Gap shundaki, javob beradigan o‘quvchi o‘zi bilgan 
dalillarni, bilimlarni yangi tizimga, o‘qituvchi tomonidan belgilan-
gan, uning savoli talab qilayotgan yangi yo‘nalishga solishi kerak 
bo‘ladi. Dastlab o‘quvchini aynan shu narsa qiynaydi. Keyincha-
lik, faktlar aniqlanib, topshiriq aqliy imkoniyati darajasidan uncha 
uzoq emasligi ma’lum bo‘lgach, tafakkuri faollashadi. 
O‘quvchilar faoliyati mustaqilligini uyg‘otishga intilgan 
o‘qituvchi uyga beriladigan savol yoki topshiriqni mavzuga 
moslagan tarzda shakllantiradi. Shuning o‘zi tarbiyalanuvchining 
aqliy faoliyati uchun qulay sharoit yaratadi. O‘qituvchi o‘quvchini 
materialni shunchaki qayta bayon qilmay, qarashlarini ma’lum 
tayanch fikr atrofida umumlashtirishga, undan javob uchun zarurini 
ajratib olishga, fikrini qolipga tushgan siyqa iboralarda emas, o‘z 
so‘zlari bilan bayon qilishga undaydi. Bu o‘quvchidan ma’lum 
hodisa sabablarini tushuntirish, fikrlarini qat’iy ilmiy-mantiqiy 
asoslarga qu rish, voqealarni xolis baholash va kuzatganlarini 
umumlashtirishni talab qiladi. Uy vazifalarini berish bilan 
bog‘liq bunday vaziyatlarda qo‘shimcha savollar juda qo‘l keladi. 
Qo‘shimcha savollarning kuchi shundaki, ular avval o‘rganilgan 
bilimlarga tayanganidan o‘quvchilar ishini yengillashtiradi. Bu 
o‘rinda avval o‘zlashtirilganlarni takrorlash emas, balki o‘rganilgan 
bilimdan yangi yo‘nalishda foydalaniladi. Bu o‘quvchilarni 
yangilik qidirishga, noma’lumni aniqlashga yo‘naltiradi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling