Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


O‘quvchilarning uy insholarini tashkil etish


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/124
Sana16.09.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1679311
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124
Bog'liq
adabiyot o\'qitish metodikasi q husanboyeva , r niyozmetoa 2

O‘quvchilarning uy insholarini tashkil etish. Ma’lumki, 
bugungi kunda mamlakat oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari 
testlar asosida amlga oshirilmoqda. Shuning uchun o‘quvchilar, 
ota-onalar, hatto, ko‘pchilik o‘qituvchilar o‘quvchilarning insho 
yozishiga e’tiborni susaytirdilar. Insho yozish o‘quvchilarning 
ada biyot darslaridagi asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi va ular 
oliy maktabga kirish vositasi emas. Insholar inson tafakkurini 
charxlash, dunyoqarashini kengaytirish, fikrlarini, qarashlarini 
qat’iylashtirish va ma’naviyatni shakllantirish omili hisoblanadi. 
Maktab adabiy ta’limining barcha bosqichida o‘quvchilarga insho 
yozdirish shart. O‘quvchining fantaziyasi, xayolot olami kattalarni-
kidan boy va keng. Tarbiyalanuvchining bu imtiyozlaridan uning 
o‘zi uchun foydalanish kerak. O‘quvchining hayotiy tajribasi kat-
talarnikiga nisbatan ancha g‘arib, atrof-muhitga munosabati ham 
sodda va jo‘nroq. O‘quvchini ijodkorlikka yo‘naltirish uning ruhi-
yatini bezovta qila oladigan, qiziqtiradigan mavzuda yozishga, eng 
muhimi, tuyg‘ularini, munosabatini so‘z bilan ifodalab berishga 
qiziqish uyg‘otilganda yengil amalga oshadi. 
Bola ko‘pincha yozishga arziydigan salmoqli gapi yo‘qligidan 
yomon yozadi. Maqsad sinfdagi barcha o‘quvchilarni badiiy ijod-
kor qilish emas. Muhimi, tarbiyalanuvchida ijodkorlik tuyg‘usi 
paydo bo‘lsa, darsda o‘rganganlariga munosabat bildirishga odat-


289
lansa, unda insonlik, shaxslik kurtaklari shakllanadi. O‘quvchini 
faqat o‘zi yaxshi bilgan narsasi haqida yozishga o‘rgatish kerak. 
Yaxshi bilmagan, tushunmagan mavzu haqida yozishdan azobli 
narsa yo‘q. Bolaga bunday topshiriq berish unda quruqlik, yuzaki-
likni tarbiyalash demakdir. O‘quvchi shaxsida ijodkorlikni, bezov-
ta, uyg‘oq qalbni tarbiyalash uchun, avvalo, unda atrof-muhitga, 
tabiatga, hayvonot va nabotot olamiga, insonga kuchli qiziqish 
uyg‘otiladi. Bolani o‘zi yaxshi bilmaydigan, yaxshi ko‘rmagan, 
qiziqmagan mavzuda yozishga majbur qilmagan ma’qul. 
Boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida uyga insho yoki bayon 
yozishga berilsa, o‘sha kuni o‘quvchi boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha 
oshiqcha yuklamalardan halos etilishi kerak. Chunki insho va ba-
yon yozish aqliy zo‘riqish va ancha vaqtni talab qiladi. Ta’limning 
yuqori bosqichlarida ham o‘quv fanlari muallimlari bir-birlari bilan 
doimiy aloqa bog‘lab turishlari, uy vazifalarini berishda bir-birlari 
bilan ke lishishlari o‘quvchining uyga berilgan topshiriqlarni tay-
yorlashdagi vaqtini nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, 
maktabda dars jadvallari ham shundoq tuzilishi kerakki, uy vazi-
falari bir kunda 3 – 4tadan oshmasligi maqsadga muvofiq keladi. 
Sinflar yuqorilab borgani sari uy vazifalarining soni oshmay maz-
muni chuqurlashadi. Talab doirasi kengayadi. Bundan tashqari 
rasmlar, kuzatishlar asosida ham insholar yozdirish mumkin. Bun-
day uy vazifalari ham 30 – 35 daqiqali ishlar bo‘lishi kerak.
Dunyo ta’lim tizimidagi barcha jihatlarni ko‘r-ko‘rona 
ko‘chirish o‘rniga ular erishgan yutuqlarning o‘zbek o‘quvchisi 
milliy xususiyatlari, ruhiy o‘ziga xosligiga mos keladigan tomonla-
rini o‘zlashtirish kerak. Aks holda, chet el pedagogikasidagi tashqi 
jihatlargina o‘zlashtirilib, qilingan harakatlar samarasiz ketadi. 
Tajriba almashishlar ko‘rsatdiki, chet el ta’lim tizimida har qanday 
o‘quv fani bo‘yicha esselar yozish yetakchilik qiladi. Ma’lumki, 
esse – erkin fikrning, mustaqil tafakkurning mahsuli. U – ijod. Ada-
biyot darslarida insho yozish ham ijod. Ijodning har ikkala turi ora-
sidagi tafovut uncha katta emas. 
Adabiyot darslarida tanlangan insho mavzulari o‘qituvchi
uchun eski, ammo o‘quvchilar uchun yangi. O‘quvchilarga insho-
larning o‘ylantiradigan, qiynaydigan yoki sevintiradigan tuyg‘ularga 
hamohang mavzularda bo‘lishi yoqadi. Masalan, ma’lum shaxs 
haqidagi insho mavzulari: «O‘rtog‘imning tavsifi», «Mening 
do‘stim», «Mening ilk muhabbatim», «Mening akam», «Men suy-


290
291
gan suyukli»; o‘rganilgan asarlar yuzasidan: «Menga yoqqan sa-
hifa», «Hoshimjonga munosabatim», «A. Oripov asarlaridan olgan 
taassurotlarim», «O‘. Hoshimov ijodining qaysi tomonlarini qadr-
layman va yaxshi ko‘raman» va hk. mavzular istisnosiz ijodiy tafak-
kurni, tom ma’noda mustaqil fikrlashni talab qiladi. O‘quvchining 
erkin va mustaqil mulohazasiga asoslanadigan bunday uy insholari 
o‘quv yilining boshida, badiiy asar tahliliga bir oz o‘rganilgandan 
keyin, o‘quv yili o‘rtalarida va oxirida olish bolalarning mustaqil 
fikrlashini o‘stirishga xizmat qiladi. O‘quvchilardagi fikr mustaqil-
ligining o‘sishini nazorat qilishga imkon beradi.
Xullas, adabiy ta’limning har bosqichida turfa shakllarda uy 
vazifalari berish o‘quvchining faoliyatidagi mustaqilligini oshirish 
garovidir.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling