Axborot texnologtyalariuniversiteti mtgranova elvira aslam gvna, pozilova shahnoza xaydaraliyevna


Ma’naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa


Download 5.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/106
Sana11.10.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1698490
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
Bog'liq
Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish. Migranova E.A. Pozilova Sh.X

Ma’naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa 
uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. M a’naviyat -- tarbiyadan 
boshlanadi. 
T a’lim-tarbiyassz ma’naviyatning bo‘lmasligi 
barchaga ayon haqiqatdir.
Milliy pedagogika asoschilaridan bin Abdulla Avloniyning 
“Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo halokat, yo 
sadoqat, yo falokat masalasidir!” degan so‘zlari fikrimizga dalil 
boiadi.
Tarbiya - m a’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va 
ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o ‘quvchi bilan 
aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda 
beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga 
undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib 
borish lozim. Bu esa, insonni mushohada qilish qobiliyatini 
tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni 
saqlaydi, ong esa moddiy va m a’naviy manbaga aylanadi. Shu 
tarzda inson asta-sekin komillikka erishib boradi. Ammo buning 
uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan 
mas’uliyat, sharafii mehnat va qunt, irodani talab etadi.
Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko‘rsatadiki, faqat m a’naviyat- 
ma’rifat 
keng 
quloch 
yoygan, 
ilm-irfon 
taraqqiy 
etgan 
mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish va unda bir-biriga mehr- 
oqibatli, 
kamolotli insonlar shakllanishi mumkin. 
Bunday 
jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, 
yaratuvchilik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli va jamiyat 
fuqarolarida sog‘lom fikr, aql-idrok har doim ustuvor bo‘ladi.
Mustaqillik bizga m a’rifiy, madaniy, adolatli va insonparvar 
jamiyat qurish imkonini berdi. Endi bu jamiyatga har bir inson o ‘z 
o‘mi, mavqyeiga yarasha vijdonan hissa qo‘shmog‘i lozim.
Insonning m a’naviyati uning odobi, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy 
va siyosiy bilimlari zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o ‘z 
navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga 
olib keladi. Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.
Sifat —
alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi 
axloqiy kategoriyadir.
122


F azilat
- alohida shaxs, el, elat, xalq, ulusga taalluqli bo‘lgan 
ijobiy axloqiy sifatlar majmui.
Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning 
kamoloti 
darajasi 
odob, 
axloq, 
madaniyat, 
m a’naviyat 
elementlarining 
unda 
qanchalik 
mujassamlanganligi 
bilan 
belgilanadi. Shu o ‘rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida 
to ‘xtalib o ‘tish joizdir.

Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling