Bolalarda nutqning rivojlanishi


Download 96.28 Kb.
bet16/16
Sana20.12.2022
Hajmi96.28 Kb.
#1038587
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
psi konsp

20. Qiyin holatlarda siz...
a) yordam so‘rashga shoshilasiz;
b) hech kimga murojaat qilmaysiz.
220
Endi javoblaringizni hisoblab chiqing.
Metodikaning kaliti:
1–b, 2–a, 3–b, 5–a, 6–b, 7–a, 8–b, 9–a, 10–b, 11–a, 12–
b, 13–a, 14–b. 15–a, 16–a, 17–a, 18–a, 19–b, 20–a.
Mos kelgan javoblar sonini 5 ga ko‘paytiring.
0–35 ballar –introversiya,
36–65 ballar – ambiversiya,
66–100 ballar – ekstroversiya.
Introvert tip – uning uchun odamovilik, muomalada va atrofdagilar
bilan aloqa o‘rnatishda qiynalish, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qolish xos;
ekstrovert tip – bunga his-hayajonga tamomila berilganlik, ba’zan muomala va faoliyatning zarurligi va qimmatidan qat’i nazar unga intilish, ko‘p gapirish, qiziqishlarning doimiy emasligi, ba’zan maqtanchoqlik, yuzakichilik,
konformlilik xos;
ambivert tip obyektning o‘ziga nisbatan bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladigan qarama-qarshi holat, masalan, sevgi va nafrat.


5.3. Qobiliyatlar. Qobiliyat haqida umumiy tushuncha
Pedagog bolalarni kuzatib ulardan ba’zilari qobiliyatli,
boshqalari kamroq qobiliyatli bo‘ladi deb hisoblar ekan, bu
gapda jon bor. Shunday bo‘ladiki, ba’zi bolalar ehtiyojlari va
qiziqishlaridan kelib chiqib she’r va ertaklarni, sahnalashtirilgan
rollarni tez va oson yodlab oladilar.
Qobiliyatlar deb, shunday psixik sifatlarga aytiladiki, kishi
ular yordamida bilim, ko‘nikma va malakalarni nisbatan osonlik
bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatli
shug‘ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi.
Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishdagi nozik
farqlari, predmetlarning aniq ko‘rinishi, proporsional nisbatlarni
tushunish, kuzatuvchanlik, absolut eshitish (musiqa bilan
shug‘ullanishida) va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ayrim
qobiliyatlar xotirani yaxshi ishlashi bilan bog‘liqdir. Qobiliyatlar
bilim, malaka va ko‘nikmalardangina iborat emas, garchi
ular asosida paydo bo‘lib rivojlanib borsada. Shuning uchun
o‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlashda bolaning biror narsani
sust bilishi, unda qobiliyatning yo‘qligidan deb hisobla221
masdan, juda ehtiyot bo‘lish va xushmuomalalik bilan ish
ko‘rishi kerak. Bunday xatolar ba’zan biror sabab bilan maktabda
yaxshi o‘qimagan bo‘lajak yirik olimlarga nisbatan ham
yo‘l qo‘yilgan. Bolalik davrida
u yoki bu qobiliyatlarning atrofmuhitdagi
odamlar tomonidan tan olinmaganligi, kеyinchalik
xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shonshuhrat
qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning
nomi olamda mashhur, chunonchi, Albеrt Eynshtеyn (nisbiylik
nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachеvskiy (yangi gеomеtriya
yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishiga qaraganda gеnial
olim bo‘lib voyaga yеtishishida hеch qanday asos yo‘q edi.
Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini
o‘rganar ekanmiz, bu qobiliyatlarda birgina emas, balki
juda ko‘p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiyroq
fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatni birmuncha
torroq doiralari talablariga javob beradigan maxsus fazilatlarni
ajratishimiz mumkin.
Layoqat va uning turlari
Ba’zan o‘ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa,
undagi
bu sifat tug‘ma ekanligiga ishora qilinadi. Psixologiyada
tug‘ma alomatlari bor bo‘lgan individual sifatlar layoqat
deb yuritiladi. Layoqat ikki xil bo ‘ladi, ular tabiiy layoqat va
ijtimoiy layoqat.
Tabiiy layoqat odamdagi tug‘ma xususiyatlardan
oliy nerv tizimi
faoliyatining xususiyatlari, miyaning
yarimsharlarining qanday ishlashi, qo‘1-oyoqlarning biologik
va fiziologik sifatlari, bilish
jarayonlarni
ta’minlovchi sezgi organlari
– ko‘z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan
kelib chiqsa (bular nasliy ota-onadan
genetik tarzda o‘tadi),
ijtimoiy layoqat bola tug‘ilishi bilan uni o‘rab turgan muhit,
muloqot usullari, so‘zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish
uchun zarur shart-sharoitlardir. Bola bu ikkala layoqat
muhitini ota-onadan tayyoricha qabul qiladi. Tabiiy anatomik-
fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik
asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layoqat
nishonalarining majmui kishining iste’dodi deyiladi.
Layoqatsizlik, intellektning pastligi sabablardan biri ham ana

shu yuqorida


ko‘rsatilgan ikki layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi
mumkin. Ilk yoshdayoq bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyatlarini
rivojlantirish,
shart-sharoitlar yaratish ishini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yish kerak.
Bolalar bilan individual ishlash.
Bola bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘stirish borasida harakat
qilmasa eng kuchli tug‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib,
iqtidorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng
buyuk
ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarning tagida ham
layoqat
va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga
chanqoqlik
yotadi. Shuni ham unutmaslik kerakki qobiliyatsiz
odam bo‘lmaydi. Agar shaxs aldanib o‘zidagi iqtidor
yoki layoqatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, u atrofdagilarga
layoqatsiz, qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning
qobiliyati borligini o‘zi vaqtida to‘g‘ri anglay olmagani sabab
bo‘lib, u bir umr shu toifaga kirib qoladi.
Qulay sharoitlar mavjud bo‘lganda, ayrim kishilarda, qobiliyatlar
juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga
layoqat ancha ertaroq paydo bo‘ladi. Masalan, M.I. Glinka 3–4
yoshidayoq shunday o‘yinni yoqtirgan. U ovoz chiqaradigan
turli buyumlarni (mis tog‘ora, kastrulka) yog‘och bilan chalgan.
Bunda kattalarni hayron qoldirgan darajada ohangdosh
tovushlar paydo bo‘lganki, ularni eshitish maroqli edi. Keyinchalik
bu bola buyuk kompozitor
Download 96.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling