Bolalarda nutqning rivojlanishi


Download 96.28 Kb.
bet14/16
Sana20.12.2022
Hajmi96.28 Kb.
#1038587
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
psi konsp

Xarakter xususiyatlari. Shaxsning ijobiy va salbiy xususiyatlari farqlanadi. Xarakter xususiyatlariga baho berganda ulardan har birining axloqiy mazmunini hisobga olish kerak. Masalan, mehnatsevarlik xarakterning ijobiy xususiyatidir, lekin agar u xudbinlik maqsadlarila, chunonchi, shaxsning boshqalar hisobiga
boyishiga xizmat qilsa, bu shaxsning salbiy xususiyati bo‘ladi. O‘z vatani uchun faxrlanish yaxshi xususiyatdir, lekin kishi o‘z o‘zidan haddan tashqari mag‘rurlansa, manmanligi bilan ajralib tursa bunday faxrlanish xarakterning salbiy xususiyatidir. Xarakterning ijobiy xususiyatlari orasida axloqiy xususiyatlar
muhim o‘rin egallaydi. Axloqiy xususiyatlar axloqiy tuyg‘ularga asoslangan bo‘lib, kishining jamiyat talablariga javob beradigan ma’naviy xulq-atvorini belgilab beradi. Odamdagi xarakter xususiyatlari uning o‘zi uchun ham, atrofdagi kishilar uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Biror kishi haqida: «Uning yaramas
xarakteri bor» deganlarida, odatda bunday kishidan o‘zlarini olib qochadilar, uning do‘stlari bo‘lmaydi, oilada ko‘pincha u bilan birgalikda hayot kechirish mumkin bo‘lmay qoladi. Ijobiy xarakter xususiyatlariga ega kishi esa odatda atrofdagi kishilarning, do‘stlarining mehri va izzatiga sazovor bo‘ladi. Ayrim kishilar xarakterni yaxshi tomonga o‘zgartirib bo‘lmaydi deb hisoblaydilar. Salbiy xususiyatlarga ega kishi ba’zan o‘zi haqida; «Xarakterim shunday bo‘lgandan keyin nima qilishim kerak? O‘z xarakterimdan o‘zim ham rozi emasman, lekin hech narsa qilolmayman», – deydi. Bu noto‘g‘ri. Darhaqiqat, o‘z xarakterini
o‘zgartirish, salbiy xususiyatlardan xalos bo‘lish va o‘zida ijobiy xususiyatlarni tarbiyalash murakkab vazifa bo‘lsa ham, lekin amalga oshirib bo‘ladigan vazifadir.
Xarakterni tarbiyalash. O‘z xatolarini sezmaydigan yoki sezishni istamaydigan kishi hech mahal o‘z ustida muvaffaqiyatli ish olib bora olmaydi. Ko‘pincha kishining o‘zi o‘z sifatlariga xolis baho berishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham boshqalarning fikriga quloq solish, to‘g‘ri tanqiddan xafa bo‘lmaslik, ko‘p narsaning chetdan yaxshiroq ko‘rinishini esda tutish lozim. Boshqalarda mavjud salbiy sifatlarni sezgach, hamisha o‘zingga ham qarashing, o‘zingda shunday kamchiliklar bor-yo‘qligini bilishing kerak. Ba’zan bu sifatlar o‘zingga yomon bo‘lib tuyilmaydi, bu sifatlarni boshqalarda ko‘rganingda esa, ular kamchiliklar
ekanligi, ulardan qutulish lozimligi aniq bo‘ladi. O‘z ustida muvaffaqiyatli ish olib borishning asosiy shartlaridan biri yaxshi tomonga o‘zgarishga ahd qilishdangina iborat bo‘lmasdan, balki shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan konkret ishlarni ham bajarishdir. O‘zida zarur xulq-atvorni tarbiyalash uchun ko‘p marta mashq qilish zarur, toki shu takrorlashlar natijasida miya po‘stlog‘idagi tegishli bog‘lanishlar mustahkamlansin va kishi hamisha lozim harakatlarni qilish ehtiyojiga ega bo‘lsin.
Xarakter ko‘p jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash natijasidir. Xarakterda kishining odatlari jamlanadi. Xarakter xususiyatlari o‘zgaruvchan bo‘lishiga qaramay, har bir shaxs va millatning o‘ziga xosligini ifodalovchi shunday barqaror sifatlar ham
bo‘ladiki, ular yillar, hatto asrlarga ham dosh beradi. Masalan bu milliy xarakterga taalluqlidir. O‘zbeklar xarakterida asrlar davomida saqlanib kelayotgan samimiylik, mehmonnavozlik, ibo, sharm-hayo, takalluf, mehnatsevarlik kabi sifatlar avloddan avlodga o‘tib, ma’naviy qadriyatlarga aylanib qolgan, o‘zbekning o‘zligini namoyon qiluvchi barqaror xususiyatlardir. Xarakter odamlar faoliyatida namoyon bo‘ladi, ammo shu faoliyatida shakllanadi. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalashda intizom, kun tartibiga rioya qilish katta ahamiyatga egadir.

Download 96.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling