Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»


-§. Kengash tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish


Download 145.65 Kb.
bet16/18
Sana20.12.2022
Hajmi145.65 Kb.
#1036408
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
комиссия низоми лотин

2-§. Kengash tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish
35. Kengash fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan 10 — 15 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi hamda tuman (shahar) xotin-qizlar jamoatchilik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
Kengash a’zolari soni fuqarolar yig‘inidagi aholi soni hamda ish hajmiga qarab belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Kengash tarkibiga mahalladagi xotin-qizlar faoli, mahallada istiqomat qiladigan hamda boy hayotiy va amaliy tajribaga ega, ayollarning muammolaridan yaqindan xabardor bo‘lgan, faol hamda tashabbuskor, aholi orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan xotin-qizlar, ziyoli onaxonlar, tadbirkor ayollar, hududdagi ta’lim va tibbiyot muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar, otinoyilar, psixologlar kiritilishi mumkin.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Kengash faoliyaga mahalla hududida istiqomat qilayotgan, hayotiy tajribaga, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan, salohiyatli, faol ayol rahbarlik qiladi.
Mahalladagi xotin-qizlar faoli xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha Kengash faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtirib boradi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
38. Kengash raisi:
Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Kengash majlislarini chaqiradi va raislik qiladi;
Kengashning joriy ishlarini tashkil qiladi;
fuqarolar yig‘ini, fuqarolar yig‘ini kengashi majlislarida Kengashning nomidan vakil bo‘ladi;
Kengash nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi;
Kengash faoliyatiga oid o‘quv-metodik ko‘rsatmalar haqida a’zolarni o‘z vaqtida xabardor qiladi va ijrosi amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Kengash faoliyatini tahlil qilish va uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi;
Kengashning samarali ishini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Kengash raisi ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni Kengash a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi hamda ularga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Kengash o‘zining birinchi tashkiliy yig‘ilishida a’zolar ichidan Kengash raisini, uning o‘rinbosarini va Kengash kotibini saylaydi.
Kengash raisi o‘rinbosarining vazifalari Kengash raisi tomonidan mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan kelishgan holda belgilanadi. Kengash raisi uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan hollarda, rais o‘rinbosari uning vazifasini bajaradi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
40. Kengash kotibi yig‘ilishlarning bayonnomasini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
41. Kengash yig‘ilishlari zaruratga qarab, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
42. Kengash ish tartibi (jadvali) Kengash rahbari tomonidan Kengash a’zolari bilan kelishgan holda mazkur Namunaviy nizomga 2-ilovada keltirilgan ish tartibi asosida belgilanadi.
43. Kengashga ajratilayotgan xonalarni zarur jihozlar bilan ta’minlash, xonalarni ta’mirlash, Kengash a’zolarini moddiy rag‘batlantirish xarajatlari tegishli tashkilotlar, jamg‘armalar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
44. Quyidagilar Kengashning ish faoliyati usullari hisoblanadi:
individual suhbat;
individual maslahat (ta’lim olish, ish faoliyatidagi muammolar, shaxslararo munosabatlar, shaxsiy muammolar bo‘yicha);
anketa so‘rovi;
psixologik tashxis qo‘yish;
psixologik, pedagogik va huquqiy maslahat, psixologik korreksiya;
trening (o‘zaro munosabatlar va kasbiy muvaffaqiyatga erishishga ko‘maklashuvchi qiziqarli va samarali mashqlar);
davra suhbati;
ma’naviy-ma’rifiy tadbir;
psixolog bilan psixologik kompetentlilik va yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarni samarali yechish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi turli format (ma’ruza, seminar, klub)da mavzuli uchrashuvlar.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Kengash o‘z faoliyati yuzasidan har oyda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga, yilning har choragida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hisobot berib boradi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Kengash faoliyatini tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi muvofiqlashtiradi, metodik-amaliy jihatdan ko‘maklashadi, Kengashning ish rejasini tasdiqlaydi, choraklik, yarim yillik va yillik faoliyati monitoringini yuritadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan muntazam ravishda «Ayollar maslahat kengashlari» rahbarlari va a’zolarining bilim va malakalarini oshirish choralari ko‘riladi.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
48. Kengash fuqarolar yig‘inlari huzuridagi Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyalar bilan quyidagi holatlarda o‘zaro hamkorlik qiladi:
xotin-qizlarning muammolariga kompleks yondashish zaruriyati tug‘ilganda;
muammoli masalalarni hal etish murojaat etgan xotin-qizlarning oila a’zolari bilan bog‘liq bo‘lganda;
xotin-qizlarning farzand tarbiyasidagi hamda oilalarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashdagi rolini oshirishga oid takliflar ishlab chiqishda;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etishda.

Download 145.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling