Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


Buyumning (tanavorlarni, detallarni, yig‘ma birliklarni) bazalash aniqlligi


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

Buyumning (tanavorlarni, detallarni, yig‘ma birliklarni) bazalash aniqlligi 
deb, uning bazalari va tayanch nuqtalarini bazalarda joylashishi buyumning ishlash 
yoki tayyorlash jarayonida, buyumni holatini doimiyligini ta‘minlovchi” 
o‘zgarmasligiga” tushiniladi. 
Bazalash aniqligini ta‘minlash uchun biriktirilgan detallar orasida kuchli 
tutashuv yaratuvchi kuchlar qo‘yiladi. Кuchli tutashuv yaratuvchi va tutashuvni 
uzilmasligini ta‘minlovchi kuchlar va ularning momentlari, detalni mashinada ishlash 
jarayonida yoki unga ishlov berish jarayonida bu tutashuvni buzishga intiluvchi 
kuchlar va ularning momentlaridan katta bo‘lishi kerak (1.19–rasm, a). 
Bu talabga rioya qilmasdan detal bilan, ko‘pincha mashina bilan ham ularning 
xizmat vazifalarini bajarish mumkin emas va mutlaqo detalni talab etilgan aniqligiga, 
unga ishlov berish jarayonida erishib bo‘lmaydi. 
Biriktiriluvchi detallarning tutashtirilgan yuzalari orasidagi tutashuvni 
yaratuvchi va saqlovchi kuchlar, doimo bu tutashuvni buzishga intiluvchi kuchlardan 
oldinroq qo‘yilishi shart. 


Кuch bilan tutashuvni yaratish uchun quyidagi kuchlar qo‘llaniladi:
1. 
Alohida 
mahkamlovchi 
detallarning 
materialini 
yoki 
butunlay 
mexanizmlarning elastik kuchlari ; 
2. Ishqalanish kuchlari ; 
3. Detallarning og‘irlik kuchlari ; 
4. Magnit va elektromagnit kuchlari ; 
5. Siqilgan havo, suyuqlik kuchlari va sh.o‘; 
6. Sanab chiqilgan kuchlar aralashmasi. 
Masalan, mashinaning qator detallari yuzalari oralig‘idagi tutashuvni ta‘minlash 
uchun mahkamlovchi boltlarning elastik kuchlari ishlatiladi. Mahkamlovchi boltlarni 
tortish natijasida ularning materialida boltning dastlabki uzunligini tiklashga intiluvchi 
ichki elastik kuchlar paydo bo‘ladi. Bunga biriktiriluvchi detallar materiallarining 
elastik kuchlari to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, boltlar va biriktiriluvchi yuzalar 
oralig‘idagi tutashuvni ta‘minlaydi. 
Mexanik ishlov berish texnologiyasida detallarning shaxsiy og‘irlik kuchi 
dastgohlarda og‘ir detallarga ishlov berishda, qachonki kesish kuchlari yoki ular 
tomonidan yaratiluvchi momentlari detallar og‘irlik kuchlaridan yoki u yaratuvchi 
momentlaridan sezilarli bir qancha kichik bo‘ladi.
Sanab chiqilgan kuchlardan jihozlari asosan turli ko‘rinishdagi jihozlarda va 
ishchi joylarda ishlov berish jarayonida bazalash aniqligini yaratish uchun qo‘llaniladi.
Biriktiriluvchi detallarning yuzalarini bir–biriga tekkizilganda haqiqiy yuzalari 
bo‘yicha tutashtiriladi. Yuzalarning xususan ba‘zi–bir nominal qismini yoki 
hisoblanuvchi o‘lchamlarini tashkil etadi. Bu tutashtiriluvchi yuzalarning makro va 
mikro xatoliklari bilan tushuntiriladi. Buning natijasida, tutashtiriluvchi yuzalar 
oralig‘idagi zarur bo‘lgan tutashuvni ta‘minlash uchun qo‘yiluvchi kuch, 
biriktiriluvchi detallarni talab etilgan nisbiy holatiga qo‘shimcha xatolik kirituvchi 
tutashuv deformatsiyasini chaqiradi. 
A.P. Sakolovskiy, D.N. Reshetovlar va boshq. tekshiruvlaridan isbotlangan, 
ya‘ni tutashgan yuzalarni kuch bilan birinchi bor yuklatilganda tutashuvli (kontaktli) 


deformatsiyalanish, keyingi qayta yuklatishlarga qaraganda katta bo‘ladi va sezilarli 
darajada bosim ulushiga va yuzalar makro va mikro xatoliklariga bog‘liq bo‘ladi. 
Cho‘yanli tutashtirilgan detallarga kuch qo‘yilsa, ularning tutashuvdagi yuzalari 
deformatsiyasi 3–20 mkm ni tashkil etadi. Ba‘zi bir hollarda masalan, koordinatli – 
yo‘nuvchi dastgohlarda qo‘yim miqdoriga yaqin bo‘ladi. 
Bayon etilganlardan xulosa shuki, detallarning to‘g‘ri geometrik shakli va 
yuzalar g‘adir–budirliklarini ta‘minlash uchun tutashuv deformatsiya uchun optimal 
qo‘yimlarni hisoblash va o‘rnatish zarur. 
Detallarni bazalash aniqligini ta‘minlovchi kuch qo‘yilganda, tutashuvli 
deformatsiyalanish 
bilan 
bir 
qatorda 
detallarning 
o‘zlarini 
shaxsan 
deformatsiyalanishlari ham vujudga keladi. Bu hodisa detallarni mashinada ishlash 
vaqtida ham, mashinalarni yig‘ishda ham va detallarga hamda ularning tanavorlariga 
ishlov berish jarayonida ham alohida o‘ringa ega. (1.19, a –rasm). 
Bayon etilganlardan kelib chiqqan holda, ya‘ni detallarni bazalash aniqligining 
talabiga rioya qilish uchun quyidagilar zarur: 
1. Detallarni tegishli bazalash yuzalarini to‘g‘ri yaratish yoki tanlash. 
2. Кuchli tutashuvni to‘g‘ri yaratish. 
3. Nazariy to‘g‘ri geometrik shakldan va tozalik klassidan yuzalarning og‘ishi 
uchun zarur bo‘lgan qo‘yimlarni, ishlov berishda hisoblash, o‘rnatish va ushlash yo‘li 
bilan tutashuvli deformatsiya‘ni kichiklashtirish. 
4. Detallarni shaxsiy deformatsiyalarini kichiklashtirish uchun, detallarni 
tutashtiruvchi yuzalari orasidagi kontaktni yaratuvchi, kuchlarni qo‘yish nuqtasini 
tanlash, imkoni boricha tayanch nuqtalari qarshisida bo‘lish (1.17, a –rasm va shu kabi 
masalan lyunetlar qo‘llash va h.k.). 
5. Detallar holati o‘zgarishini, ularni mahkamlash vaqtida chaqirmaslik uchun, 
kuchlar qo‘yilishi ketma-ketligini o‘rnatish. 


1.19–rasm. a–tutashtiruvchi kuch qo‘yish sxemasi: 1,2,3–tayanch nuqtalar; b) va d) –noto‘g‘ri 
tanlanganda bazalash noaniqligini chaqiruvchi bazalash sxemalari: b –o‘rnatish baza, d–
qo‘shaloq yo‘naltiruvchi baza. 
Mashinasozlik amaliyotining qator holatlarida bazalashning noaniqligi hodisasi 
bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi (1.19–rasm, b), d) lar). 
Detalni bazalash noaniqligi deb, tutashtirilgan detallar (yoki detalni), uning 
holatini aniqlovchi yuzalarga nisbatan detalni talab etilgan holatini bir yoki ko‘p marta 
o‘zgarishiga tushuniladi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling