Library ziyonet uz/ A lvido, ey


Alvido, ey Gulsari (qissa)


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/140
Sana01.11.2021
Hajmi0.88 Mb.
#169858
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140
Bog'liq
alvido ey gulsari

Alvido, ey Gulsari (qissa) 
Chingiz Aytmatov 
 
101 
library.ziyonet.uz/ 
 
boʻldi! – dedi-yu, oppoq qor ustidan shunday shiddat bilan yurib ketdiki, uning izlari 
qorayib suvga toʻlib qoldi. 
 
– Bektoy, sen soʻzimga quloq sol! – unga yetib oldi Tanaboy. – Men senga hammasini 
tushuntiraman. 
 
– Boshqalarga tushuntir, soʻzingni tinglaydigan ahmoq yoʻq! 
 
– Toʻxta, Bektoy, gaplashib olaylik. 
 
Bektoy uning soʻzlarini eshitishni istamay joʻnab qoldi. 
 
– Sudga tushasan! 
 
– Shundan koʻra sudga tushgan ham ma’qul! – jahl bilan javob qaytardi Bektoy va 
boshqa oʻgirilib qaramadi. 
 
– Sen qochqinchisan! 
 
U ketaverdi. 
 
– Bunaqalarni frontda otib tashlashadi! 
 
U toʻxtamay ketaverdi. 
 
– Toʻxta, deyman! – Tanaboy uning yengidan ushlab oldi. U esa qoʻlini tortib olib 
yurishda davom etdi. 
 
– Bunga yoʻl qoʻymayman, ketishga haqqing yoʻq! – Tanaboy uning yelkasidan burib 
tortdi va nogoh koʻz oʻngi xiralashib atrofdagi oppoq tepalar gir aylanayotganday 
tuyuldi. Kutilmaganda jagʻiga kelib tushgan musht uni oyoqdan qulatgan edi. U gir 
aylangan boshini koʻtarganda Bektoy allaqachon tepalik ortida gʻoyib boʻlgan edi. Uning 
orqasidan zanjir halqalari singari yolgʻiz oyoq izlari qorayib qolgan edi. 
 
– Sob boʻldi bu yigit, ketdi, – deb ingrardi Tanaboy kaftlarini yerga tirab qaddini yerdan 
koʻtararkan. Oʻrnidan turdi. Qoʻllari qor aralash loyga botgan edi. Nafasini rostlab oldi. 
Bektoyning qoʻylarini toʻplab, boshini quyi solganicha, oʻz otari tomon haydab ketdi. 
XVII 
Ovuldan chiqqan ikki otliq togʻ tomon yoʻl olgan edi. Ularning biri saman otda, 
ikkinchisi toʻriq otda. Otlarning dumi qattiq tugib qoʻyilgan, aftidan, ular olisga 
ketishayotgan edi. Qor aralash loy parchalari tuyoq ostidan shaloplab otilib chiqib
sachrab ketardi. 



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling