O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Sotuvdan oldingi va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun Internetni qo‘llash


Download 337.32 Kb.
bet46/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Sotuvdan oldingi va sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun Internetni qo‘llash


Servis xizmati tovar siyosatining ajralmas bir qismi hisoblanadi. U xaridorga biror-bir tovarni sotib olishdan oldin va keyin ko’rsatiluvchi xizmatlarni ifodalaydi. Servisdan maqsad — xaridorlarga mavjud tovarni taklif qilish va undan eng katta foyda olishda yordam ko’rsatishdan iborat.

6.1-jadval


Tovar raqobatbardoshligining asosiy omillari

Omil

Ko„rsatkichlar tavsifnomasi

Narx

Narx darajasining asosiy raqobatchilar narxiga nisbati; talab va taklif nisbatiga
bog’liq holda narx differensiatsiyasi tizimining rivojlanganligi; iste‘molchilar uchun chegirmalar tizimining jalb etuvchanligi

Sifat

Mahsulotning texnik-ekspluatatsion tavsifnomalari (funksionallik, ishonchlilik,
foydalanish uchun qulaylik va b.); nufuzlilik, dizayn, tovarning ekologikligi

Servis

Tovarni etkazib berish sifati; savdo xizmati darajasi; ehtiyot qismlar va xizmat
ko’rsatish markazlarining mavjudligi

Marketing muhiti

Marketing-logistikani tashkil qilish darajasi; reklama tadbirlari samaradorligi; tovar qadog’i dizayni; tovar brendingi; xaridorlarga kafolatli xizmat ko’rsatish darajasi; zamonaviy aloqa vositalari (Internet, uyali valoqa va b.) yordamida
xarid qilish imkoniyati

Xaridorlarga servis xizmati ko’rsatishning ahamiyati o’sib borayotganligini quyidagi tendensiyalar bilan izohlash mumkin: tobora to’yinib borayotgan bozorlarda raqobatning o’sishi; servis markazlarining yaratilishi; xaridorlarning sotib olingan tovardan foydalanish jarayonida vujudga keluvchi muammolarni hal qilishi imkoniyatiga ega bo’lish istagining o’sishi; tovardan foydalanish jarayoni murakkablashuvi va h.k.


Marketing vositasi sifatida servisning asosiy funksiyalari xaridorlarni jalb qilish, tovar sotuvini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, xaridorlarni axborot bilan ta‘minlash hisoblanadi. Servis xizmatlari tufayli firma mijozlar bilan ishonchli aloqa o’rnatish uchun imkoniyat yaratadi hamda samarali tijorat aloqalarini davom ettirish uchun zamin hozirlaydi.
Servis xizmatlari tovar xarid qilinishidan oldin ham, keyin ham ko’rsatilishi mumkin. Tovarni sotib olishdan oldin ko’rsatiluvchi xizmatlar tarkibiga tovarni tanlashda yordamlashish, undan ishonchli va to’g’ri foydalanish uchun axborot berish, tovar va uning elementlari boshqa mahsulot va tizimlariga mos kelishini tekshirib ko’rish va hokazolar kiradi.
Tovar xarid qilingandan so’ng uni ishlab chiqargan yoki sotgan firma sotuvdan keyingi xizmatlar – etkazib berish, o’rnatish, nazorat qilish, texnik yordam ko’rsatish va hokazolarni amalga oshiradi.
Internetdan quyidagi toifalarda foydalangan holda servis taqdim etish va
iste‘molchilarni qo’llab-quvvatlashni kengaytirish mumkin:

    • qo’shimcha ommaviy axborot — firmalar Internetda iste‘molchilar uchun katta hajmdagi axborot joylashtirish imkoniyatiga ega. Bu ayniqsa, kompyuter texnikasi kabi yuqori texnologiyali mahsulotlarda katta ahamiyat kasb etadi. Ma‘lumotlar turli xarakterga ega bo’lishi — iste‘molchilar uchun xarid to’g’risida qaror qabul qilishda talab qilinishi, firma va uning iste‘molchilar bilan o’zaro aloqa usullari haqida ma‘lumotnoma berishi, mahsulotni ekspluatatsiya qilish jarayonida katta ahamiyat kasb etishi (masalan, undan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma bo’lgan holda) mumkin. Serverning dizayni ko’ngildagidek bo’lib, qidiruv funksiyalari mavjud bo’lgan holda iste‘molchilar o’zlari uchun zarur ma‘lumotni tez va oson qidirib topishi mumkin;

    • «tez-tez beriluvchi savollar» (Frequently Asked Questions — FAQ) — bu turdagi axborot taqdim etish nafaqat mavjud, balki doimiy mijozlar uchun ham muhim bo’lib, ularni aynan shu firma mahsulotlarini xarid qilishga undash uchun xizmat qiladi. Bunday qo’llab-quvvatlash kompyuter mahsulotlarigagina taalluqli bo’lmay, zarurat sezgan har qanday mahsulotga nisbatan ham qo’llanishi mumkin;

    • qo’shimcha qaytuvchan aloqa mexanizmi — Internetdan iste‘molchilar bilan samarali qaytuvchan aloqani tashkil qilish uchun foydalanish mumkin bo’lib, bu ularning firmalar bilan interaktiv aloqa imkoniyatlarini kengaytiradi. Sotuvchilarning xaridorlar so’roviga mos keluvchi qo’llab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Qaytuvchan aloqani tashkil qilish vositalari sifatida elektron pochta, konferensiyalar va kompaniya saytidagi to’ldirish lozim bo’lgan formalar xizmat qilishi mumkin.




    1. Download 337.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling