O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Aksiyadorlik kapitaliga qo„yilmalar sababli potensial


Download 0.77 Mb.
bet55/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Aksiyadorlik kapitaliga qo„yilmalar sababli potensial
investorlar tomonidan hisobga olinadigan omillar

Aksiyadorlik kapitaliga investitsiyalardan daromad darajasi —xavfsiz” investitsiyalar, masalan Buyuk Britaniya davlat qimmatli qog‘ozlariga qo‘yilmalarga nisbatan yuqoriroq bo‘lishi kutiladi. Tarixan quyidagicha shakllangan: 1900-yildan 2001-yilgacha xususiy


kapitalining o‘rtacha daromadliligi Buyuk Britaniya kompaniyalarida yiliga 7 foizni (Dimson, Marsh and Stauton, 2000), shu davr davomida davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha o‘rtacha daromadlilik esa yiliga 3 foizni tashkil qilgan. Boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlarga nisbatan oddiy aksiyalar inflyatsiyadan, har doim to‘liq bo‘lmasa-da, maksimal kafolatga ega bo‘ladi.
Aksiyalar daromadlar tijorat muvaffaqiyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan sohalarga investitsiya qilish imkoniyatini beradi. Kompaniya aktivlariga bevosita egalik qilish, odatda, investordan bu aktivlarni boshqarish uchun vaqt sarflashini talab qiladi. U, shuningdek, investorlarga cheklanmagan majburiyatlarni ham yuklaydi10. Shunga qaramay, qimmatli qog‘ozlar direktorlarga kundalik yo‘riqnomalar yuborish va investorlarning boshqa aktivlarini himoyalash imkoniyatini beradi.


  • Daromad olish bilan bog‘liq risk

Daromadlilik aksiyadorlik kapitalining qiymatini oshirishda ham, dividendlar bo‘yicha ham hech qaysi holda kafolatlangan bo‘lmaydi. Garchi tarixiy nuqtayi nazardan daromadlar boshqa davrlardagi o‘rtacha qiymatdan ortiq daromad bilan qoplanib ketsa-da, qisqa muddatlarda salbiy daromadlilik juda keng tarqalgan hodisa hisoblanadi. Biznesda muvaffaqiyatsizlik davri nazariy jihatdan kompaniyaning oddiy aksiyalarining narxini nolga tushirishiga olib keladi va aksiyadorlar barcha qo‘ygan pullarini yo‘qotadilar. Amaliyotda, oddiy aksiyalar bahosining sezilarli darajada pasayishi, albatta, juda tez-tez sodir bo‘ladi.




  • Investitsiyalarni qoplash erkinligi

Odatda, investorlar kompaniyaning yangi aksiyalari bir qismini sotib olayotganda, ular kompaniya qachonlardir o‘z investitsiyalarini qaytarib berishi mumkin deb o‘ylamaydilar. Biroq, sarmoyani boshqa tarzda qaytarib berilishi aniq bo‘lmagunga qadar o‘rtacha investor aksiyalarni istar-istamas sotib oladi. Bu yerda ikkilamchi bozor o‘yinga qo‘shiladi. O‘z aksiyalarini ma‘lum bir fond birjasida muntazam ravishda muomalada bo‘lishini ta‘minlash kompaniya manfaatlariga mosdir, chunki bu investorlar uchun investitsiyalarini qaytarib olishni osonlashtiradi.




  • Aksiyalar va daromadsolig‘i

Buyuk Britaniyada dividendlar aksiyadorlar tomonidan olingan daromad sifatida 40 foizli eng yuqori stavka bilan soliqqa tortiladi. Aktivlar qiymatining oshishi daromad solig‘i stavkasi bilan tenglashtirish mumkin bo‘lgan darajadagi stavka bilan kapital o‘sishi bo‘yicha soliqqa tortiladi.




  • Nazorat darajasi

Oddiy aksiya egalari odatda ovoz berish huquqiga ega bo‘ladilar. Bu odatiy investor uchun juda ham muhim emas, lekin uni boshqa aksiyadorlar bilan birgalikda istalgan muhim masalalar bo‘yicha kompaniyaning yuqori rahbariyatiga bosim o‘tkazishi mumkin bo‘lgan holatda qo‘yadi.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling