O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Investorlar uchun koeffitsiyentlar


Download 0.77 Mb.
bet53/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Investorlar uchun koeffitsiyentlar
Investorlar oddiy aksiyalarning faoliyat yuritish ayrim jihatlarini o‘lchovchi qator koeffitsiyentlardan foydalanadilar yoki, hech bo‘lmaganda, ularning ehtiyojlari uchun bu koeffitsiyentlar hisoblab chiqariladi. Ko‘pchilik yirik milliy gazetalar har kuni yetakchi kopmaniyalar bo‘yicha bu koeffitsiyentlarni aksiyalar qiymati bilan birga chop etadilar. Uchta asosiy koeffitsiyent (ular haqida 3-bobda so‘z yuritilgan) quyida keltirilgan:


  • Aksiyaning bozor narxi va bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda nisbati (P/E)

Bu yerda aksiyaning joriy narxi aksiyaga to‘g‘ri keladigan foydaga karrali bo‘lgan raqam ko‘rinishida ifodalanadi (kompaniya tomonidan chiqarilgan oddiy aksiyalar soniga bo‘lingan oddiy aksiya egalari olishi mumkin bo‘lgan soliqlar to‘langandan so‘ng qolgan sof foyda).


Katta P/E ga ega bo‘lgan aksiyalar - bu tarixan yuqori foyda darajasiga ega bo‘lgan aksiyalardir. Ular bozorning kompaniya kelajagiga va uning o‘sish qobiliyatiga ishonishidan guvohlik beradi.


  • Dividend daromadliligi (DY)

Dividend daromadliligi joriy bozor foizlaridagi oxirgi yilda to‘langan bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan dividendlar summasini ko‘rsatadi. Bu dividendlar ta‘minlaydigan daromadlilik haqida ma‘lum darajada tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Aniq aksiyalarni baholash uchun bu ko‘rsatkichni boshqa investitsiyadan olinadigan daromadlilik bilan taqqoslash mumkin. Ammo, qo‘yilgan kapital daromad va zararlari dividend kabi muhim bo‘lgani uchun, DY - (kamida) aksiyalarga egalik qilish imtiyozlarining to‘liq bo‘lmagan o‘lchovidir.




  • Dividend qoplamasi (DC)

Dividend qoplamasi bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan ustuvor talablar qondirilgandan so‘ng qolgan foyda miqdorini aks ettiradi va shu foydadan kelib chiqadigan haqiqatdagi dividend to‘lovlari karraliligi sifatida hisoblanadi. Ma‘lum ma‘noda, bu koeffitsiyent kompaniya foydasining qancha qismi dividend sifatida to‘lanadi, qancha qismi biznesga qayta investitsiya qilinishini ko‘rsatadi.


Bu kitobda riskning ahamiyati to‘g‘risida aytilganlarning ko‘pchiligi yuqorida ko‘rsatilgan koeffitsiyentlarning ishonchliligini shubha ostiga oladi. Shunday bo‘lsada, aytish zarurki, bunday koeffitsiyentlar investorlarga yaxshi ma‘lum va ko‘rinishidan, ular tomonidan foydalaniladi. Dividendlar darajasini tanlash bilan bog‘liq masalalarni boshqa bobda ko‘rib chiqamiz.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling