Sh. Ziyamuxamedova, G. Gulyamova yuristning yozma nutqi
Download 2.82 Kb. Pdf ko'rish
|
yuristning yozma nutqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mashq.
Nazorat uchun mashqlar
1-mashq. Nuqtalar o‘rniga -ning yoki -ni qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chiring. Kelishik qo‘shimchasini olgan so‘z qaysi so‘z bilan bog‘langanligini aniqlang. 1. U ko‘ylagi… tugmalarini qadadi. 2. Shahar… ikkiga bo‘lgan yo‘l katta yo‘l chetiga o‘tdi. 3. Hayot… butun maqsadi bolalari… baxtiga qaratilgandir. 4. Institutimiz… binosi chiroyli. 5. Professor Navoiy merosi… chuqur o‘rgangan. 6. Ko‘p o‘tmay Odilov… vazirlikka ishga olishdi. 7. U eshik… zarb bilan ochib, xonadan o‘qday otilib chiqdi. 8. Kabina… ikkala oynasi ham ochiq, g‘ir-g‘ir shabada yuzga uriladi. 9. Dadasi… bu gapi hamisha qulog‘ida. 10. Oradan biror yillar o‘tgach, dadam u… chaqirtiribdi. 45 2-mashq. Quyidagi matndan 20 ta so‘z birikmasini daftaringizga ko‘chirib yozing. Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish «Har qanday davlatning yuzi, obro‘-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya Davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnomadir» I. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitu tsiyasi va qonunlarida bajarilishi shart bo‘lgan talablar aniq ko‘rsatilgan. Ushbu talablarning o‘z vaqtida, vijdonan bajarilishi, vatan tinchligi, millatlar totuvligi, хavfsizligi, osoyishtaligi taraqqiyoti uchun g‘oyat zarurdir. Mana shu burchlarning bajarilishi O‘zbekistonda qonuniylik va huquqiy tartiblarni ta’minlash imkonini beradi. O‘zbekiston hududida yashayotgan har bir fuqaro tomonidan Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan burchlarining bajarilishi vatanimizning istiqbolini belgilab beradi. Demokratik jamiyat qurish uchun, demokratik tamoyillarni to‘la qaror toptirish uchun, eng avvalo, mo‘tabar zaminda tavallud va tarbiya topgan shaxs, o‘zini aynan shu yurt farzandi deb biluvchi inson o‘z davlati, o‘z xalqi oldidagi, uni katta umidlar bilan tarbiya qilgan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerak. Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan burchlarni bajarish fuqarolarning shu davlat konstitutsiyasi va qonunlarini tan olishini anglatadi. Mazkur konstitutsiyaviy talab mamlakatimizda qat’iy qonuniylik tartibini ta’minlash imkonini beradi. Qonuniylik – davlatda, jamiyatda mustahkam huquqiy tartib, barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikning asosidir. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchi huquqiy munosabatlarning barcha subyektlari uchun umumiy talabdir. Uning ma’nosi shuki, har bir fuqaro hayoti, faoliyatining barcha sohalarida Konstitutsiya va 46 qonunlarga muvofiq хatti-harakat qilishdek e’tiqodga ega bo‘lishi zarur. Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish faqat ularning qoidalarini buzmaslik emas, fuqarolarning o‘z faoliyati va hayotini Konstitutsiya va qonunlarga mustahkamlangan tamoyil va asoslarni, qonun me’yorlarini real voqelikka aylantirishga yordam berish ham demakdir. Konstitutsiya va qonunlarda jamiyat va davlatning ijtimoiy- siyosiy asoslari, mamlakatdagi huquqiy targ‘ibot, ijtimoiy munosabatlarning butun tizimi o‘z ifodasini topgan. Download 2.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling