Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish
Soliq kodeksining 31-moddasi
Download 445.47 Kb.
|
Solijonov DSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. 3. Soliq deklaratsiyasi asosida soliqqa tortish sohasi
Soliq kodeksining 31-moddasi. Belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qo’llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs o’z soliq to’lovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi o’z huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz shaklda to’laydi. Yuridik shaxs bo’lgan soliq to’lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobotini o’zi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shakllar bo’yicha elektron hujjat tarzida taqdim etadi. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq to’lovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo’yicha qo’shimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanktsiyalarni tekshiruv materiallarini ko’rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to’lashga haqli. 2.3. Soliq deklaratsiyasi asosida soliqqa tortish sohasi Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi: mulkiy daromadlar, agar ushbu bo’limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa; ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar; moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo’lsa; O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar; soliq agentlari bo’lmagan manbalardan olingan daromadlar; ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko’rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya asosida soliq to’lash tartibi tanlanganda; soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar. Jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya, agar soliq to’lovchining asosiy bo’lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo’yicha ushlab qolingan bo’lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko’rsatilgan daromadlar mustasno. O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lgan yoki joriy yilning 1 apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to’g’risida deklaratsiya taqdim etadi. Jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya soliq to’lovchining olingan yillik daromadi to’g’risidagi yozma arizasidan iborat bo’ladi. Jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyaga to’langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to’g’risida soliq agentining O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi. Jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyaning shakli O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Soliq organi tomonidan soliq to’lovchi taqdim etgan jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiyada to’lanishi lozim bo’lgan soliq summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, soliq organi jami yillik daromad haqidagi taqdim etilgan deklaratsiyada aniqlangan xatolar to’g’risida soliq to’lovchiga bildirish xati yuboradi. Soliq organining xabarnomasini olgan soliq to’lovchi o’n kun ichida jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiyaga zarur bo’lgan o’zgartirishlarni kiritishi shart. Download 445.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling