Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish
«Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar haqida ma’lumot (web-so‘rov)» avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Download 445.47 Kb.
|
Solijonov DSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- STIR raqami bo‘yicha STIR (INN) raqami
- Misol uchun: Familiyasi
- Misol uchun: Sharifi
- Misol uchun: Raqam
2.4. «Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar haqida ma’lumot (web-so‘rov)» avtomatlashtirilgan axborot tizimi
«Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar haqida ma’lumot» avtomatlashtirilgan axborot tizimi davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar haqida ma’lumotlarni tezkor izlab topish va ular haqidagi ma’lumotlarni solishtirish hamda shakllantirish uchun ishlab chiqilgan. «Soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar haqida ma’lumot» avtomatlashtirilgan axborot tizimida quyidagi parametrla bo‘yicha izlash amallari bajariladi: STIR raqami bo‘yicha STIR (INN) raqami* - STIR raqami faqat son ko‘rinishida kiritiladi. STIR raqamini uzunligi 9 ta sondan iborat bo‘lishi kerak. "%" belgisi bilan yozilgan STIR raqamlari qabul qilinmaydi. Misol uchun: STIR (INN) raqami* - 400000000 FISH (FIO) bo‘yicha Familiyasi*: - Familiya lotin va kirill alifbosida kiritilishi mumkin. Familiyani to‘liq bilmagan, holda "%" belgisi orqali qidirish mumkin. Misol uchun: Familiyasi* MAMARASUL% Ismi*: - Ism lotin va kirill alifbosida kiritilishi mumkin. Ismni to‘liq bilmagan holda, "%" belgisi orqali qidirish mumkin. Misol uchun: Ismi* MAQSUD% Sharifi*: - Sharif lotin va kirill alifbosida kiritilishi mumkin. SHarifni to‘liq bilmagan holda, "%" belgisi orqali qidirish mumkin. Misol uchun: Sharifi* MUROD% Pasport bo‘yicha Seriya: - Pasport seriya faqat lotin alifbosida kiritiladi. Pasport seriyasida "%" belgisi kiritilmaydi. Misol uchun: Seriya: CA Raqam*: - Pasport raqami faqat son ko‘rinishida kiritiladi. Pasport raqamining uzunligi 7 ta songacha bo‘lishi mumkin. "%" belgisi bilan yozilgan pasport raqamlari qabul qilinmaydi. Misol uchun: Raqam* 1000000. 2.5.«Jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini hisobga olish» dasturiy mahsuloti O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 68-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 iyuldagi PQ-2003-sonli «Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2014 yil 17 iyundagi «Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 2014-25-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 10 iyulda 2600 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 68-moddasiga muvofiq, davlat soliq xizmati organlarida soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini elektron tarzda shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha hamda u to‘layotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi. Ushbu Nizomning qoidalari tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga, shuningdek undirilishi tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan boshqa majburiy to‘lovlarga tatbiq etilmaydi. Download 445.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling