Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limining tuzilmasi, vazifalari va faoliyatini o‘rganish


Download 445.47 Kb.
bet15/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Solijonov DSI

3. Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limining tuzilmasi, vazifalari va faoliyatini o‘rganish.
3.1. Soliq qarzini hisobini yuritish, monitoringini olib borish hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish sohasi
Soliqlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summani hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 56, 58 va 227-moddalari asosida amalga oshiriladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summani belgilangan tartibda hisobga olish amalga oshirilgandan keyin ortiqcha to‘langan soliqlarning qolgan summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvarag‘iga qaytarish Soliq kodeksining 57, 58 va 228-moddalari asosida amalga oshiriladi.
Ortiqcha to‘langan mablag‘ boshqa soliq turiga o‘tkazilgandan so‘ng yoki soliq to‘lovchining hisob raqamiga qaytarilgandan so‘ng, bank to‘lov hujjatlari ko‘chirmasi asosida qaytarilgan summa to‘g‘risidagi yozuv ShKda «qaytarildi» ustunida aks ettiriladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan manfiy qoldiq bo‘yicha yuzaga kelgan ortiqcha to‘lov summasi Moliya vazirligi tomonidan qaytarilgan taqdirda, bu summa bank hujjatlarini ShKga o‘tkazish dasturi orqali soliq to‘lovchining ShKsida «qaytarildi» ustunida aks ettiriladi. Bunda DSIning hisob raqamlar reestrida alohida maxsus hisob raqam ochilib, Moliya vazirligining soliq to‘lovchiga mablag‘ni qaytarganligi yuzasidan taqdim qilgan to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan sana ShKga to‘lov sanasi sifatida kiritiladi.
Soliq qarzini majburiy undirish choralariga quyidagilar kiradi:
soliq qarzini soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan so‘zsiz undirish;
undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlari o‘tkazishi lozim bo‘lgan summalarga qaratish;
undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatlari bajarilishini ta’minlash choralari jumlasiga davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan, jismoniy shaxslarga, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa, o‘ttiz kundan kechiktirmasdan yuboriladigan, soliq to‘lovchi majburiyatini bajarishi zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‘riladigan choralar to‘g‘risidagi talabnoma kiradi.
Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlaridan soliq qarzini so‘zsiz undirish, soliq to‘lovchining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka davlat soliq xizmati organining soliq qarzi summasini tegishli budjetga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi inkasso topshiriqnomasini taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Soliq to‘lovchi debitor bilan o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini taqdim etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari undiruvni soliq to‘lovchiga uning debitorlaridan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summaga qaratadi.

Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling