Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish
Soliq qarzini majburiy tartibda undirish sohasi
Download 445.47 Kb.
|
Solijonov DSI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.3. Bankrotlik taomili orqali qilinadigan ishlar sohasi
3.2. Soliq qarzini majburiy tartibda undirish sohasi
Undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish davlat soliq xizmati organining da’vo arizasi asosida sud tartibida amalga oshiriladi. Undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi da’vo arizasi soliq to‘lovchi soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Da’vo arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: soliq qarzi borligi to‘g‘risida soliq to‘lovchining mavjud shaxsiy kartochkalaridan ko‘chirma; soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlarida pul mablag‘lari yo‘qligi to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi; soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha (bunday tekshiruv o‘tkazilgan taqdirda) soliq qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; soliq to‘lovchining oxirgi hisobot davriga doir buxgalteriya balansining ko‘chirma nusxasi, bundan moliyaviy hisobotni taqdim etish muddati hali kelmagan, yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar mustasno. Undiruvni sud hujjatlari asosida soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochilari tomonidan amalga oshiriladi. Soliq qarzini undirish uchun sud ijrochilari tomonidan inkasso topshiriqnomalari qo‘yilayotganda davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq qarzining shunga o‘xshash summasiga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalarining ijrosi bekor qilinadi. 3.3. Bankrotlik taomili orqali qilinadigan ishlar sohasi Soliq to‘lovchining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ShKlarida penya hisoblash Adliya vazirligida 2007 yil 9 oktyabrda 1724-son bilan ro‘yxatga olingan «Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga penya hisoblash tartibi to‘g‘risida»gi Nizom, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 avgustdagi PF-4354-sonli Farmoni talablari asosida amalga oshiriladi. Hisoblangan (kamaytirilgan), hisobdan chiqarilgan, undirilgan (to‘langan) penya summalari ShKlarning penya bo‘yicha tegishli ustunlarida qayd etiladi. Sud ijrochilari tomonidan soliq to‘lovchining mol-mulkini bevosita sotish (realizatsiya qilish) natijasida undirilgan pul mablag‘lari avval sud ijrochilarining depozit hisob raqamlariga o‘tkazilib, ushbu mablag‘larning: 90 foizi - korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan soliq qarzlarini qoplash uchun korxonaning bankdagi maxsus hisob raqamiga; 10 foizi - to‘g‘ridan-to‘g‘ri Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining hisob raqamiga o‘tkaziladi. Bunda soliq to‘lovchining bankdagi maxsus hisob raqamiga kelib tushgan mablag‘lar (ya’ni, mol-mulk sotuvidan tushgan tushumning 90 foizi) soliq organlarining inkasso topshiriqnomalariga (soliq to‘lovchining to‘lov topshiriqnomalariga) muvofiq proportsional ravishda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha tegishli hisob raqamlariga belgilangan tartibda o‘tkaziladi hamda soliq to‘lovchining ShKsiga kiritiladi. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining hisob raqamiga o‘tkazilgan (yahni, mol-mulk sotuvidan tushgan tushumning 10 foizi) miqdori O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy tahminlash departamentining hududiy bo‘linmalari tomonidan davlat soliq xizmati organiga taqdim qilingan reestr asosida, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisob raqamlariga o‘tkazilgan qismining taqsimoti proportsiyasiga muvofiq yoki ShKlardagi mavjud qarzdorligidan kelib chiqib soliq va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha (ortiqcha to‘lov hosil qilinmagan holda) soliq to‘lovchining ShKsiga kiritiladi. Hisobot oyi yakuni bo‘yicha sud buyrug‘i ijrosi yuzasidan Sud ijrochilar Departamenti va soliq organi o‘rtasida o‘zaro solishtirma dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Solishtirma dalolatnomalarni rasmiylashtirishda quyidagilarga ehtibor berilishi lozim: soliq qarzi mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchilarning hisob raqamlaridan sud buyruqlari asosida sud ijrochilar Departamenti tomonidan olingan mablag‘lar miqdori; soliq qarzi mavjud bo‘lgan soliq to‘lovchining hisob raqamidan olingan mablag‘ning budjetga o‘z vaqtida to‘liq va to‘g‘ri o‘tkazilganligi; sud buyruqlari asosida soliq to‘lovchi mol-mulki sotilishi hisobidan undirilgan mablag‘ miqdori; mol-mulk sotilishidan tushgan mablag‘ning amaldagi qonunchilik asosida budjet va sud ijrochilar Departamentiga to‘g‘ri taqsimlanib o‘z vaqtida to‘liq o‘tkazilganligi. Download 445.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling