Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


«Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish»


Download 445.47 Kb.
bet17/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Solijonov DSI

3.4. «Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish»
avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2012 yil 11 fevraldagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan dasturiy mahsullarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ulardan foydalanishni tartibga solish hamda interaktiv Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha reglamentlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 64-sonli buyrug‘iga asosan ishlab chiqilgan «Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzini hisobini yuritish» dasturiy mahsuli ma’lumotlar bazasini shakllantirish va undan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha reglament ishlab chiqilgan.
Soliq bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish bosh boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan foydalanib kelinayotgan «Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali soliq qarzini majburiy undiruvga qaratish, ma’lumot kiritish, saqlash, uzatish va ishlatish tartibini belgilaydi.
Hududiy Davlat soliq xizmati organlarida avtomatlashtirilgan axborot tizimini texnik soz holatda bo‘lishini nazorat qilish Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma’lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limlarining Davlat soliq xizmati organlarini tegishli buyrug‘i bilan tayinlangan mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy qilish orqali quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsad qilib qo‘yilgan:
- yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzi uchun Soliq kodeksining 61-moddasiga asosan ogohlantirish talabnomalarini shakllantirish;
- qarzdorning muddatida to‘lanmagan soliq qarzini mol-mulkidan undirish maqsadida Soliq kodeksining 65-moddasiga asosan ho‘jalik sudiga taqdim etish uchun arizalarni chop etish;
- soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirish bo‘yicha xo‘jalik sudiga kiritilgan arizalar yuzasidan sudda ko‘riladigan ish uchun ma’lumotlarni shakllantirish;
- xo‘jalik sudining soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirish bo‘yicha ijro hujjatlarini avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritib, belgilangan muddatda sud ijro bo‘limlariga kuzatuv xati orqali yuborish;
- avtomatlashtirilgan axborot tizimining “41-grafa” jadvali orqali soliq qarzini majburiy undiruvga qaratishda amalga oshirilgan ishlarni nazorat etish;
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ma’lumotlar bazasida quyidagilar shakllanadi:
- byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar uchun hisoblangan va to‘langan to‘lovlar, shuningdek, mavjud soliq qarzi va ortiqcha to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni korxonalar (jismoniy shaxslar), faoliyat turlari, vazirliklar, statuslar, mulkchilik shakli, banklar hamda hududlar kesimida jadval shakli;
- to‘lov muddati uzaytirilgan soliq qarzlari to‘g‘risidagi hisobotlarni jadval shakli;
- ogohlantirish talabnomalari, qarzdor korxonalar (jismoniy shaxslar) va debitorlar hisobiga qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari, debitor korxonalar (jismoniy shaxslar) hisobidan undirilgan summalar, ho‘jalik sudiga rasmiylashtirilgan (da’vo) arizalar hamda qanoatlantirilgan da’vo arizalar bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilgan sud buyruqlari to‘g‘risidagi reestr ma’lumotlari jadval shakli;
- soliq qarzini majburiy undiruvga qaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish maqsadida, “41-grafa” jadvali shakli;
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi uch pog‘onada yuritilishi mo‘ljallangan:
- birinchi pog‘ona tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyalarida;
- ikkinchi pog‘ona Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalarida;
- uchinchi pog‘ona Davlat soliq qo‘mitasida.

Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling