Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


«Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi


Download 445.47 Kb.
bet24/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Solijonov DSI

«Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi
«Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2005 yil 5 avgustdagi «Davlat soliq xizmati organlarida avtomatlashtirilgan kompyuter dasturiy mahsullarni amaliyotga joriy etish to‘g‘risida»gi 148-sonli buyrug‘iga asosan ishlab chiqilgan.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining yangilangan varianti Davlat soliq qo‘mitasining 2009 yil 31 dekabrdagi «Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan hujjatli, qisqa muddatli, reyd va boshqa turdagi tekshiruv natijalari kiritiladigan baza va mavjud ma’lumotlar bazasi asosida hisobotlarni yuritish dasturiy mahsulining yangilangan variantini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida»gi 274-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan Davlat soliq qo‘mitasining to‘rtta tuzilmalari va ularning quyi tizimlari foydalanishi nazarda tutilgan.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimning ma’lumotlar bazasi davlat soliq inspeksiyalarida shakllantiriladi.
«Soliq tekshiruvlari hisobini yuritish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi ma’lumotlar bazasiga soliq inspeksiyalari Navbatchi qismlari tomonidan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
tekshirilgan soliq to‘lovchining yuridik maqomi (yuridik shaxs, yuridik shaxsning filiali, yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs);
tekshirilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami yoki nomi (yuridik shaxs (yoki uning filiali hamda yakka tartibdagi tadbirkor) bo‘yicha uning identifikatsiya raqami qo‘yilganda, mazkur dasturiy mahsul soliq to‘lovchilarning yagona reestriga ulanib, undagi soliq to‘lovchi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni o‘zi tortib oladi, jismoniy shaxs maqomida esa uning nomi qo‘yilishi kifoya qilinadi);
o‘tkazilgan tekshiruv turi (hujjatli, qisqa muddatli va hakozo);
soliq tekshiruvi materiali yoki soliqqa oid huquqbuzarlik to‘g‘risidagi materialni Navbatchi qism 2-shakl kitobidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqami va sanasi;
tekshiruv uchun chiqarilgan va uzaytirilgan buyruq raqamlari va sanasi;
o‘tkazilgan tekshiruv muddati hamda tekshirilgan davr oralig‘i;
o‘tkazilgan tekshiruv uchun davlat soliq inspeksiyasida mas’ul bo‘lgan bo‘lim (sho‘hba) nomi;
tekshiruvni o‘tkazgan xodimlar soni, ularning identifikatsiya raqamlari hamda nomlari;
soliq tekshiruvi materiali yoki soliqqa oid huquqbuzarlik to‘g‘risidagi materialda aniqlangan xato va kamchiliklarning qisqacha mazmuni.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ma’lumotlar bazasiga soliq inspeksiyalari Qo‘shimcha daromadlarni aniqlash va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bo‘limi va Soliq tekshiruvlari bo‘limining qisqa muddatli tekshirishlar bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
soliq tekshiruvi materiali yoki soliqqa oid huquqbuzarlik to‘g‘risidagi material jinoiy ish bo‘yicha yoki Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashi yoki uning hududiy komissiyasi ruxsatnomasi asosida rejadan tashqari o‘tkazilgan bo‘lsa, jinoiy ish qo‘zg‘atgan organ nomi, jinoiy ish raqami yoxud rejadan tashqari o‘tkazilgan tekshirish asoslari;
soliq tekshiruvi materiali yoki soliqqa oid huquqbuzarlik to‘g‘risidagi materialni Soliq kodeksining 102-moddasi tartibida ko‘rib chiqilishi bayonnomasi bo‘yicha ma’lumotlar;
soliq tekshiruvi materiali yoki soliqqa oid huquqbuzarlik to‘g‘risidagi material bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan Soliq kodeksining 103-moddasiga binoan chiqarilgan qaror asosida tekshirish natijasida aniqlangan xato va kamchiliklar, olib qo‘yilgan tovarlar hamda qo‘llanilishi nazarda tutilgan moliyaviy jarimalar summalari hamda soliq inspeksiyasi qarori sanasi va qaror bo‘yicha to‘lov muddati, shuningdek tekshirilgan soliq to‘lovchi xo‘jalik sudining qarori asosida bankrot deb ehtirof etilganligi holati.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 2019-yil

  2. O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi

  3. Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi PQ-3454-sonli Qarori

  4. O’zbekiston Respublikasining Davlat Byudjeti to’g’risida” gi №O’RQ-589-sonli Qonuni. 2019 yil 9 dekabr

  5. “Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarga penya hisoblash tartibi

to’g’risida”gi Nizom //O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to’plami, 2007 yil, 41-42-son, 422-modda.

  1. www.my.soliq.uz

  2. www.minfin.uz

  3. www.lex.uz


Xulosa

Men o’z amaliyot davrimda “Jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi” bo’limining barcha sho’’balarida, “Soliq qarzini undirishni tashkil etish” bo’limida va “Taxlil va prognozlash” bo’limlarida o’tadim.


Men o’z amaliyot davrimda Kitob tumanning qisqacha tarixiy demografik va iqtisodiy holatini, DSI ning tashkiliy tuzilmasini, jismoniy shaxslar soliq ma’muriyatchiligi bo’limining tuzilmasi, vazifalari va faoliyatini, uchastka soliq inspektorlari vazifalari va faoliyatini, jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etiladigan deklaratsiyalarni qabul qilish va hisobga olish faoliyatini, yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilarni hisobga olish va nazorat etish faoliyatini o’rgandim.
Jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar va majburiy ajratmalarni hisoblab chiqarish tartibi, stavkalari, imtiyozlari, to’lash tartibi va muddatlarini, soliq hisobotlarini taqdim etish tartibi va muddatlarini o’rgandim.
Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hisobi va soliq qarzi summalari bilan ishlash jarayonini o’rgandim. Soliq to’lovchilarga Davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko’rsatilayotgan interaktiv xizmatlar bilan tanishdim.
Jismoniy shaxslar faoliyatiga oid Davlat soliq xizmati organlarida foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni o’rgandim.
2021-yilgi soliq siyosatidagi o’zgirshlar va yangiliklar bilan DSI ning kasbiy o’qishlarida muntazam tanishib bordim. Davlat soliq xizmatiga ishga qabul qilish va xizmat o’tash tartibi, maxsus unvonlar va oylik qo’shimcha haqlar to’lash tartibini o’rgandim.
Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling