Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish
Kameral nazorat bo‘limining tuzilmasi, vazifalari va faoliyatini o‘rganish
Download 445.47 Kb.
|
Solijonov DSI
4.Kameral nazorat bo‘limining tuzilmasi, vazifalari va faoliyatini o‘rganish.
4.1. Yuridik shaxslar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida soliq organidagi mavjud boshqa hujjatlarni kameral nazoratdan o‘tkazish sohasi Kameral nazorat va tahlil soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni) o‘rganish hamda tahlil etish asosida soliq to‘lovchining huzuriga bormagan holda amalga oshiriladi. DSIlarda shakllangan ma’lumotlar bazasiga asosan kameral nazorat va tahlil o‘tkazishning asosiy maqsadi: soliq to‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligi talablarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik va kelgusida ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ma’muriy, jinoiy va moliyaviy jazo choralarining oldini olish; soliq to‘lovchilar tomonidan davlat budjeti va budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda tushishini ta’minlashdan iborat. Hududiy DSI Kameral nazorat bo‘limi xodimlari DSI ma’lumotlar bazasidan foydalanish huquqiga ega bo‘lib, undagi ma’lumotlarni sir saqlash uchun javobgar hisoblanadi. Kameral tekshiruv dasturiy mahsuloti bo‘yicha amalga oshirilgan nazorat natijasi bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rish yuzasidan bo‘lim xodimlari javobgar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 70-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq, soliq to‘lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish uchun nazarda tutilgan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tuzatilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asosini talabnoma olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda taqdim etishi shart. Soliq to‘lovchiga yuborilgan har bir talabnoma va talabnomaga asosan qabul qilib olingan tuzatilgan hisobotlar yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslari soliq to‘lovchining shaxsiy ma’lumotlar kartochkasiga kiritib boriladi va elektron ko‘rinishda saqlanadi. Kameral nazoratni o‘tkazgan mas’ul xodim tomonidan ushbu shaxsiy ma’lumotlar kartochkasi to‘ldirilib, imzolanadi. Soliq to‘lovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining kameral nazorat natijasi bo‘yicha yuborgan talabnomasi olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda talabnomada ko‘rsatilgan xatoliklar yoki ziddiyatlar bo‘yicha tuzatilgan soliq hisoboti yoxud aniqlangan tafovutlarning asoslari taqdim etilmagan taqdirda, soliq to‘lovchining shaxsiy ma’lumotlar kartochkasiga bu haqda ma’lumot kiritiladi. Download 445.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling