Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


«Soliq qarzini yuritish hisoboti» avtomatlashtirilgan axborot tizimi


Download 445.47 Kb.
bet18/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
Solijonov DSI

3.5. «Soliq qarzini yuritish hisoboti» avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Soliq qarzini yuritish hisoboti» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanish uchun Mozilla Firefox brouzeri manzil qatoriga 10.15.51.205 (10.15.51.214) IP manzil kiritiladi. Login, parol kiritilgach, ekranda quyidagi ko‘rinish chiqadi:
Soliq kodeksining 55- moddasida, hisoblab chiqarilgan (hisoblangan)
va belgilangan muddatlarda to’lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo’yicha bo’nak va joriy to’lovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda to’lanmagan moliyaviy sanktsiyalar
va penyalar soliq qarzi deb e’tirof etiladi.
Soliq to’lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo’yicha ham, ularning har biri bo’yicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin.
Soliq qarzini to’lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog’ida to’lash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1) soliqlar summasi;
2) hisoblangan penyalar;
3) jarimalar.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliq majburiyati mazkur yuridik shaxsning pul mablag’lari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablag’lari hisobidan tugatuvchi tomonidan bajariladi.
Agar tugatilayotgan yuridik shaxsning pul mablag’lari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablag’lari uning soliq qarzini to’liq hajmda uzish uchun yetarli bo’lmasa, to’lanmay qolgan qarz mazkur yuridik shaxsning ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda uzilishi mumkin.
Yuridik shaxs tugatilayotganda soliq majburiyatini mazkur yuridik shaxsning boshqa kreditorlari bilan hisob-kitoblari o’rtasida bajarish navbati fuqarolik qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Tugatilayotgan yuridik shaxs tomonidan ortiqcha to’langan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summalari soliq organi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda boshqa soliqlar bo’yicha soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi lozim.

Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling