Soliq inspektsiyasi ish faoliyati bilan tanishish


«Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuloti


Download 445.47 Kb.
bet13/24
Sana30.04.2023
Hajmi445.47 Kb.
#1414072
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
Solijonov DSI

2.6. «Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuloti.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 5 sentyabrdagi «Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiyalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3127-sonli Farmoni hamda Adliya vazirligida 2008 yil 21 yanvarda 1760-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining «Soliq deklaratsiyasining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga, Davlat soliq qo‘mitasining 2005 yil 12 noyabrdagi 7/1-sonli Hay’at qarorida berilgan topshiriqqa asosan «Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuloti ishlab chiqildi va DSQning 2007 yil 6 noyabrdagi 263-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy qilindi.
Adliya vazirligida 2013 yil 22 martda 2439-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, qayta tasdiqlandi va o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 23 dekabrdagi «Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsulotini tajribaviy sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida»gi 532-sonli buyrug‘iga asosan, «Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsulotini takomillashtirish yuzasidan tayyorlangan texnik topshiriq asosida ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot 2013 yil 23 dekabrdan 2014 yil 5 yanvarga qadar Toshkent shahrining Yunusobod va shayxontohur tumanlari hamda Toshkent viloyatining Qibray tumani tajribaviy sinovdan o‘tkazish belgilandi. Davlat soliq qo‘mitasining 2013 yil 23 dekabrdagi «Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsulotini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida»gi 12-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etldi.
«Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuloti davlat soliq inspeksiyalarida jismoniy shaxslarning asosiy va asosiy bo‘lmagan ish joylaridan olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni dasturiy mahsulotga kiritish va qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan natijalarni SHHVlarga o‘tkazish, jismoniy shaxslarning dastlabki, jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya shakllarini, shuningdek barcha zaruriy hujjatlarni chop etish uchun mo‘ljallangan.
Soliq deklaratsiyasini qabul qilish, dasturiy mahsulotga kiritish va qayta ishlash xizmatining mazmuniga quyidagilar kiradi:
soliq organlari tomonidan soliq deklaratsiyalarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, dasturiy mahsulotga kiritish va qayta ishlash;
elektron hujjat ko‘rinishida soliq deklaratsiyalarini yuborgan soliq to‘lovchilarga, ularni qabul qilinganligi yuzasidan tasdiqnoma yuborish;
belgilanmagan shaklda taqdim etilgan hisobotlar yuzasidan yozma bildirishni jo‘natish;
soliq to‘lovchi tomonidan, yozma bildirish olingandan so‘ng, belgilanmagan shaklda taqdim etilgan soliq deklaratsiyalarini qaytadan to‘g‘ri shakllantirish va o‘rnatilgan tartibda soliq idoralariga taqdim etilishini nazoratga olish va dasturiy mahsulotga belgilangan tartibda kiritish;
taqdim etilgan deklaratsiyani amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlar davomida saqlash.
Soliq deklaratsiyasini qabul qilish, dasturiy mahsulotga kiritish va qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy web portali orqali amalga oshiriladi.
Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy web portalida soliq to‘lovchilariga tasdiqlangan shakllardagi soliq deklaratsiyalarini elektron ko‘rinishda shakllantirishda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozimligi ko‘zda tutilgan:
soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, jinsi, fuqaroligi, doimiy yashash joyi manzili;
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
soliq solinishi lozim bo‘lgan daromadlar turlarga ajratib ko‘rsatilgan holda olingan jami yillik daromad (bir martalik operatsiyalardan hamda mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni deklaratsiya qilish uchun faqat ushbu operatsiyalarning o‘zidan olish mo‘ljallanayotgan daromad aks ettiriladi);
daromadlarning manbalari;
daromad olish bilan bog‘liq xarajatlar, majburiy to‘lovlar, chiqimlar va ajratmalarning summalari;
jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlar;
hisoblab chiqarilgan soliq summasi;
haqiqatda to‘langan soliq summasi.

Download 445.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling