Texnologiyasi
Hayvonlar organizmining funksiyalari
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
Hayvonlar organizmining funksiyalari
H ar qanday tirik organizmdagi kabi hayvonlar organizm ida ham m oddalar almashinuvi, q o ‘zg‘aluvchanlik va urchish jarayonlari asosiy rol o ‘ynaydi. M oddalar almashinuvi to ‘xtashi bilan organizm ning hayoti ham tugaydi, bu esa oqsillam ing parchalanishiga olib keladi. 189 M oddalar alm ashinuvida m oddalar parchalanib (dissimilatsiya), ular o'rn ig a yangi m oddalar hosil b o £lib (assimilatsiya) turadi. M oddalar alm ashinuvi jarayoni ovqat hazm qilish, nafas olish, qon va limfa aylanishi, siydik ayirish a ’zolari va ichki sekretsiya bezlari orqali sodir b o ‘lib turadi. Ovqat hazm qilish a ’zolari tizimi organizmga tashqi m uhitdan kir- gan oziq m oddalar hazm b o ‘lishiga xizmat qiladi. Bu oziqlar mexanik va kimyoviy ravishda tegishlicha ishlanib, eriydigan moddaga aylanadi ham da qon va limfa tomirlariga so‘riladi, hazm b o ‘lmagan qoldiqlar tashqariga chiqarib yuboriladi. Ovqat hazm qilish a ’zolari tizimiga: og‘iz bo'shlig'idagi a ’zolar, so'lak bezlari, halqum , qizil o ‘ngach, m e’da (oshqozon), ingichka ichaklar (jigar va m e’da osti bezlari) va orqa chiqaruv teshigi bilan tugaydigan y o 'g 'o n ichaklar kiradi. Nafas olish a ’zolari tizimi tashqi muhitdan kislorod olib, karbonat angidrid chiqarish uchun xizmat qiladi. Bu tizimga: burun teshiklari, burun b o ‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak va o‘pka kiradi. Q on va limfa aylanish tizim i, ya’ni yurak - tom ir tizim i qon va lim fadan iborat bo'lib, ular yordamida organizm b o ‘ylab tom irlarda qon to ‘xtovsiz harakat qiladi. Y urak-tom ir tizimi organizmga ovqat hazm qilish va nafas olish a ’zolaridan barcha oziq moddalar va kislorodni tegishli joyga yetkazib beradi. Organizmda paydo bo'lgan keraksiz m od dalar buyrak, o ‘pka va boshqa a ’zolar orqali tashqariga chiqarib yubo riladi. Ayirish a ’zolari bir juft buyrak, bir juft siydik y o ‘li, siydik pufagi va siydik chiqarish kanalidan iborat. Ichki sekretsiya a ’zolari tizimi gipofiz, epifiz, timus, qalqonsi- m on bez, qalqon oldi bezi, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar va oshqo zon osti bezidan iborat bo'lib, qonga turli kimyoviy ta ’sirlar o'tkazuvchi gorm onlar ajratadi. G orm onlar esa m odda alm ashinuvi jarayonini boshqarib turadi. Qo'zg'aluvchanlik tirik organizmlaming tashqi va ichki ta ’simi qabul qilish, unga javob qaytarish xossasidir. Hayvonlarda qo'zg'alish va unga javob reaksiyasi asab, muskul tizimlari, bez apparatlari va teri orqali amalga oshiriladi. Asab tizim i markaziy va periferik qismlardan iborat bo'lib, m arka ziy asab tizim iga bosh va orqa miya kiradi. Periferik asablar ta ’sim i qabul qiluvchi va javob qaytamvchi asab uchlaridan iborat bo'ladi. 190 T a’sirni qabul qiluvchi asab uchlari tashqi m uhitdan ta ’sir olib, ularni bosh miyaga, u yerdan javob beruvchi a ’zolarga — muskullarga va bezlarga yetkazadi, bu bilan refleks hosil b o ‘ladi, ya’ni ta ’sirga javob beriladi. Asab tizimi barcha a ’zolar tizimlarining ishini bir-biri bilan bog'laydi, natijada organizm ning tashqi m uhit bilan bir butunligi vujudga keladi. M uskul tizim i muskullardan iborat, ular asab tizim i impulslari ta ’sirida qisqarish fimksiyalarini bajaradi. Muskullar skeletlarga birik- kan bo'ladi va tana harakatlarini vujudga keltiradi. Skelet suyak, tog‘ay va paylardan tuzilgan bo'lib, tana shaklini hosil qiladi. Teri hayvon tanasining tashqi qoplamasi, u tashqi m uhit bilan aloqada b o ‘ladi. Terida ta ’sirni qabul qiluvchi asab tolalari bor. U rchish organizm ning yangi individ hosil qilish jarayonidir. Ur- chish jarayoni erkak va urg'ochi hayvon I arda tuzilishi bir xil bo ‘lmagan ko‘payish a ’zolari yordam ida amalga oshadi. Erkaklik jinsiy hujayralar - urug‘donda rivojlanib, urug' yo'li orqali jinsiy a ’zoga va undan urg'ochi hayvonlar jinsiy a ’zosiga tushadi. U rg'ochi hayvonlarning tuxum hu- jayrasi sperm a bilan q o ‘shilib, urug‘lanadi va em brion bachadonda rivojlana boshlaydi. Urchish jarayoni ham asab tizimi va ichki sekretsiya a ’zolari bilan cham barchas bog'liq bo'ladi. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling