Nazorat savollari
1. Hayvon tanasi qanday qismlardan iborat?
2. Y elka-ko‘krak b o ‘limiga kiruvchi a ’zolar nim alardan iborat?
3. Skelet va muskullar haqida gapirib bering.
4. M uskullar qanday ishlami bajaradi?
54-§. Teri qoplami
Teri qoplami — hayvonlar tanasini tashqi tom ondan o'rab
tura-
digan, m urakkab tuzilgan pardadir. Hayvon organizm i tashqi m uhit
ta ’sirlarini sezadi va unga tegishli javob beradi. Teri qoplam asi orga-
nizm n i
h a r qanday m ikrob, bakteriya va boshqa yot narsalardan
saqlash uchun ham katta to ‘siq hisoblanadi. Teri qoplam i k o ‘pgina
fiziologik funksiyalarni bajarishi bilan bir qatorda organizm ning
m uhim sistemalari: masalan, siydik ayirish a ’zolariga
yordam beruv-
chi teri bezlari orqali, qon aylanish tizim i bilan, o ‘zidagi ju d a k o ‘p
q o n tom irlari orqali nafas olish a ’zolari
bilan h am cham barchas
bog'langandir. Suvda va quruqda yashovchi hayvonlarning uchdan
ikki qismi teri orqali nafas oladi.
Teri qoplam i tana to ‘qim alarini qurib qolishidan,
har qanday
kimyoviy ta ’sirdan, sovuq va issiqdan saqlashda m uhim vazifa bajaradi.
Teri yog‘larni va zaxira qonni saqlashga ham hissa q o ‘shadi.
Teri qoplam ining o'zgarishidan bir qancha m uhim hosilalar kelib
chiqadi. Ular organizmda xilma-xil funksiyani bajaradi. Shox moddaga
aylangan (tuyoq, shox, tim oq, pix, ju n, tish,
sut bezlari, yumshoq
tovon, ter, yog1, moy bezlari) ana shunday a ’zolarga kiradi.
Yog‘ bezlari yog‘li suyuqlik ishlab chiqaradi va terini qurib qolish-
dan va elastik holatda saqlaydi. Yog‘ bezlari zaxira yog' to'playdi, sut
bezlari esa sut ishlab chiqaradi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: