Texnologiyasi


Naslchilik ishida bonitirovkalash


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet149/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Naslchilik ishida bonitirovkalash
Naslchilik ishida mollarni bonitirovka qilish m uhim tadbir hisobla­
nadi.
Bonitirovka - bu m ollarni kompleks belgilari bo'yicha baholab, 
nasi xususiyatini aniqlashdir. Bonitirovka qilishda hayvonlarning zot- 
dorligi, m ahsuldorligi, eksteryeri, konstitutsiyasi, naslining sifati 
hisobga olinadi.
H ar bir k o 'rsatkich ball bilan baho lan ad i va b allar yig'indisi 
bo'yicha hayvonning darajasi quyidagicha belgilanadi:
— elita - rekord,
— elita,
— I darajali.
229


— II darajali.
Seleksiya - sinov molxonalarini tashkil etish
Sut yetishtirishga ixtisoslashgan yirik chorvachilik komplekslarida, 
xo'jaliklarda sigirlar podasini birinchi tug‘ish sigirlari bilan to'ldirib 
borish uchun yosh g‘unajin va buzoqlarni zooveterinariya talablari 
darajasida parvarish qiladigan va bosqichm a - bosqich ularni tanlab 
boradigan seleksiya-sinov molxonalari tashkil qilinadi.
Seleksiya-sinov m olxonalari yoki seleksion ferm alar yosh b u - 
zoqlar va g ‘unajinlam i to'g 'ri parvarish qilish, yetishtirish va tug‘ishga 
tayyorlash, birinchi tug'gan sigirlami mahsuldorligi, sanoat tehnologi- 
yasi sharoitiga moslashganligi b o ‘yicha baholash ishlarini olib boradi 
va sut yetishtiruvchi xo‘jaliklardagi qoram ollam i m ahsuldor hayvon­
lar bilan to ‘ldirib boradi.
Seleksion fermada buzoqlarni parvarish qilish uchun yetarli m iq­
dorda to ‘la sifatli ozuqalar, pichan, silos, senaj va ildiz mevalar, yoz 
davrida boqish uchun ko‘k o ‘tlar va yaylovlar ta ’m inlab qo'yiladi. 
Bunday fermaning molxonalari har bir bosh uchun oxurlar, sog‘ish 
liniyalari, g ‘unajinlam ing yelinini massaj qilish asboblari bilan ji- 
hozlanishi lozim.
Seleksion ferm ada sutning yog'liligi va oqsilini tekshirib turish 
uchun laboratoriya tashkil qilinadi. Shuningdek, yelinining shakli, 
sig‘imi, sut berish tezligi, ozuqani mahsulot bilan to ‘lash, sigiming 
tana tuzilishi va tip i o ‘rganib boriladi.
Seleksion fermada parvarish qilinayotgan hayvonlam i yetishtirish 
uchun tanlov uch bosqichda olib boriladi.
1. Birinchi bosqichda buzoqlarning kelib chiqishi va rivojlanishi 
bo'yicha tanlov bo'ladi, y a’ni bu davrda buzoqning um um iy rivoj- 
langanligi, sog'lom ligi, bir-kecha kunduzda o'sishi, qaysi liniya va 
oilaga mansubligi kabi holatlar hisobga olinadi. Bir yosh (12 oyligida)ga 
yetganda buzoqlar orasidagi kasalmand, yetarli o'smagan, eksteryeridagi 
kam chiliklari paydo b o 'lgan bo 'lsa, sut sog'ish b o 'lak lari yaxshi 
rivojlanm agan bo'lsa, unday buzoqlar seleksiya yoki nasi guruhidan 
chiqariladi.
2. Ikkinchi bosqichda buzoqlar 17-18 oyligida tanlanadi va bunda 
su n ’iy qochirish oldidan vazni 340-360 kg b o 'lg an buzoqlarning 
m e’yorida rivojlanishi, oyoqlarining to'g'riligi, tuyoqlarining mus- 
tahkamligi hisobga olinadi. Ushbu tanlov talablariga javob beradigan
230


buzoqlar su n’iy qochiriladi yoki juftlanadi. B o‘g ‘ozligi aniqlangan 
buzoqlar g'unajinlar guruhiga o'tkaziladi. Bo‘g‘ozlik davri besh oyga 
yetgandan boshlab yelinini uqalash yoki massaj qilib borish uchun 
guruhga ajratiladi va massaj qilish tuzilmasi belgilanadi.
3. 
U chinchi bosqichda tug‘gan sigirlardan sut sog‘ib olish m iq­
dori, ya’ni mahsuldorligi, sutning yog‘!ilik darajasi, oqsili va yelinining 
holatiga qarab baholanadi. Shundan so‘ng, asosiy sigirlar podasiga 
q o ‘shilishi aniq b o ia d i.
Sinov molxonalarida quyidagi ishlar bajariladi. G ‘unajinlar bo‘g‘ozlik 
davrining 5-6 oyhgidan boshlab sinov molxonalariga olib kiriladi. Si­
nov molxonada hayvonlarni tortish uchun tarozi, maydoncha b o iad i.
Sinov molxonada asosan g‘unajinlami tuglshga tayyorlanadi. Tayy­
orlash ishi tu glshga uch oy qolgandan boshlanadi. G ‘unajinlar m ax­
sus tayyorlangan sog‘uvchiga 18-20 boshdan biriktiriladi va shu davr- 
dan boshlab yelinini massaj qilish boshlanadi. Massaj to tuglshgacha 
15-20 kun qolgunga qadar davom ettiriladi. Massaj har kuni ikki 
m arta sog lsh olkazilayotgan vaqtda 5 m inutdan olib boriladi.
Massaj boshlanishi o ld id an g 'u n a jin la r 10-12 kun davom ida 
ishlayotgan s o g ls h apparatlarining shovqiniga o 'rgatiladi. S hundan 
so ‘ng, yelinini massaj qilish boshlab yuboriladi.
M assajni olib borish. D astlab sog‘u v chi 1-2 k u n d av o m id a 
g‘unajinning yeliniga q o l tekkizib sekin silaydi va q o lig a o ‘rgatadi. 
S o ‘ngra yelinni iliq suv (45°) bilan yuvib, sochiq bilan artadi va 
o ‘rtach a 2 m inut davom ida uqalaydi. K eyinchalik uqalash kundan 
kunga kuchliroq bajariladi va 5 m inutgacha davom etadigan b o ia d i. 
H ar safar yelinni uqalashni tugatish oldidan yelin qism an buklanib 
pastga qarab cho'ziladi. H ar bir yelin b o la g i alohida-alohida massaj 
qilinadi va uqalash yelin ko‘zgusidan boshlanadi. Oldingi b o la k la r 
k o ‘proq uqalanadi, chunki ular kam rivojlangan b oladilar.
Massaj qilish ishlarini tajribali sog‘uvchilar bajarish kerak b o ia d i. 
Bunday sog'uvchilar so g lsh tartiblarini yaxshi biladilar va xavfsizlik 
qoidalariga amal qiladilar.
Yelinni massaj qilish ishi so‘nggi yillarda U PV N - 1 0 0 -2 rusumli 
massaj qurilmalari yordam ida ham olib borilyapti. Bunda ham kuniga 
ikki m arta so g lsh vaqtida massaj qilinadi.
G ‘unajinlar yelinini massaj qilish tu g lshig a yaqin (ikki-uch haf- 
ta) qolganda to ‘xtatilib, tu g ish b o lim ig a o'tkaziladi. G ‘unajinlam i
231


b o ‘g‘ozlik davrining oxirgi kunlarida ko'proq yayratish zarur b o ‘ladi. 
Yayratish kunlarida ular qo‘shim cha ozuqalar bilan boqilishi kerak.
G ‘unajinlar tu g ‘gandan so‘ng 10-12 kun m obaynida buzoqlari 
bilan saqlanadi, undan keyin sinov molxonalariga o'tkaziladi.
Tug‘ish xonasida tug‘gan sigirlarni kuniga uch m artadan m ashina 
yordam ida sog‘iladi, bu bilan yelinni uqalash ishi h am bajarilgan 
b o ‘ladi va u m e’yoriy holatga keladi.
Seleksion - sinov molxonalarida esa birinchi tu g ‘gan sigirlar uch 
oy mobaynida iydirib sog‘iladi. Iydirib sog‘ish hisobiga sut sog‘ib olish 
25-30 foizga ko‘payishi kuzatilgan. Iydirib sog‘ish quyidagicha olib 
boriladi. Avval q o ‘shimcha ozuqa berish ratsioni tuziladi. Yelinni sog'ish 
u ch u n to 'g 'r i tay y o rlash , massaj qilish va to z a so g‘ish iydirib 
sog'ishning asosini tashkil etadi.
90 kunlik davrda birinchi tug'gan sigirlaming sut miqdori 900- 
1000 kg bo‘lishi kerak. Ana shundagina, laktatsiya (305 kun) davrida 
o 'rtach a har bir sigirdan 2800 kg gacha sut sog'ib olish mum kin.
Iydirib sog‘ish davrida sut miqdorining o ‘zgarishini kuzatib borib, 
qo‘shim cha ozuqa ham ko'paytiriladi va bu bilan sut sog'ib olish ortib 
boradi. Buning uchun har o ‘n kunda yoki bir oyda bir m arta nazorat 
sog‘in o ‘tkaziladi. Shu davrda sut yog'liligi ham kuzatiladi. Tug‘gan 
sigirlarni 15 kundan so'ng va 90-100 kundan keyin tarozida tortiladi 
va rivojlanishi aniqlanadi.
Seleksion - sinov m olxonalarida birinchi tug'gan sigirlarni sut 
m ahsuloti, yelinining rivojlanishi va sut berish tezligi to'liq bahola- 
nadi. S hundan so'ng, eng yaxshilari ajratilib, podani to'ldirish uchun 
o'tkaziladi, talabga javob bermaydiganlari esa, brak qilinib go'shtga 
topshirilishi, boshqa xo'jaliklarga sotilishi mum kin.
Agar birinchi tug'gan sigirlar sinov davrida kam sut bersa (3- 
4kg), sut sog'ib olish m uddati 10 m inutdan ortib ketsa, sut berish 
tezligi 0,7 kg daqiqadan kam bo'lsa, yelini kalta, y o 'g 'o n yoki in ­
gichka bo'lsa, ayrim yelin bo'laklari ishlamasa va kasallangan bo'lsa 
brak qilinadi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling