Texnologiyasi
Download 16 Kb. Pdf ko'rish
|
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29-§. G‘o ‘zaning o ‘sishi va rivojlanishi
Nazorat savollari
1. Seleksion g‘o ‘za navi deganda nirnani tushunasiz? 2. G ‘o ‘za navlariga qanday talablar qo‘yiladi? 3. Nav almashinishini so‘zlab bering. 4. 0 ‘rta tolali g‘o ‘za navlarini bilasizmi? 5. Ingichka tolali g‘o‘za navlari qayerda o‘stiriladi? 29-§. G‘o ‘zaning o ‘sishi va rivojlanishi G ‘o ‘zaning chigit urug‘i yerga ekilgach, 13-14° haroratda chigit murtagi una boshlaydi. Urug‘ palla barglari yer betiga chiqib, ko‘ringunga qadar tuproqda 60-80% namlik va 20-25° harorat bo'lishi kerak bo‘ladi. Ushbu davr yarovizatsiya davri hisoblanib, birinchi shona paydo bo‘lgunga qadar esa qisqa kunli yorug‘lik davri davom etadi. G ‘o ‘za o ‘simligining chigiti ekilgandan boshlab mevasi, ya’ni ko‘saklar to ‘liq yetilishigacha besh davmi o‘taydi. 1. Unib chiqish davri. Chigit tuproq ostida unishi uchun harorat 10-12° dan past bo'lmasligi kerak. Urug‘ unishi uchun harorat, namlik va m a’lum havo zarur bo‘ladi. Agar harorat 20-25° bo‘lsa, chigitning unib chiqishi tezlashadi. N am lik va harorat chigitning p o ‘stini yumshatadi, chigitdagi organik moddalar o ‘zgara boshlaydi. Chigit unib, yer betiga urug‘ pallasi ko‘tarilib chiqadi. Bu bilan urug‘ barg hosil bo ‘lish davri boshlanadi. Yetarli muhitda (nam, issiq, havo) chigit 5-8 kun mobaynida unib chiqadi. Chigit unib chiqishida urug‘ palladagi zaxira oziq moddalar hiso- biga rivojlanadi. Chigit unayotganda ildizchaning, so'ngra urug‘palla ostidagi tirsakning paydo bo‘lishi maysaning rivojlana boshlaganini bildiruvchi birinchi belgi hisoblanadi. Ildiz murtagi chigitning ustki qismini yorib chiqadi-da tuproqqa kira boshlaydi, urug‘palla ostidagi poyaning yuqorigi uchi chigit qobig‘i ichidagi urug‘palla barglar ostidagi poya tirsak shaklida egilib, tuproq qatlami ostidagi poyaning o'sishi natijasida tirsak to ‘g‘rilanib, o'zini tiklaydi, urug‘palla barglari ham chigit qobig'idan ajraladi. 2. Chinbarg hosil bo‘lish davri.Chigitning unib chiqishi bilan urug‘barglar orasidagi poyaning uchki qismi ham o ‘sa boshlab, ulardagi barg kurtaklaridan keyinchalik chinbarglar hosil bo‘ladi. Dastlabki chinbarg nihol chiqqandan 7-10 kundan so‘ng ikkinchi chinbarg 7-184 97 paydo bo‘ladi, navbatdagilari esa 3-5 kun oralatib hosil bo'ladi. Harorat ko‘taiilishi, namlik, ozuqa yetarli bo'lishi evaziga barglar tez pa?do bo‘la boshlaydi. 3. Shonalash davri. G ‘o ‘za nihollari yer betida ko‘rinishidan bi’oy atrofida muddat o'tishi bilan shona paydo bo'ladi. Bu jarayon birinchi hosil shoxi paydo bo'lgandan boshlanadi. G ‘o'zaning hosil shoxi esa, nihol 6-8 ta chinbarg chiqargaaJan so‘ng vujudga keladi. Odatda, hosil shoxlari asosiy poyada 4-5 barg qo‘ltig‘idan o ‘sib chiqadi. Poya o ‘sishi bilan barobar hosil shclari ham ko‘paya beradi. Hosil shoxidagi shonalar 3-5 mm li bo'lib, piramidaga o'xslfdi, atrofini uchta shona barg o'rab oladi. Bitta hosil shoxida bir nechta shona bo‘lishi mumkin. Shonalarning ko'payishi g‘o ‘za o ‘simliging parvarishiga bog'liq. 4. Gullash davri. G ‘o ‘zaning navi, xususiyatlari, tuproq-itfim sharoitiga qarab birinchi shona 25-30 kun o'tishi bilan gulga aylanadi. 0 ‘zbekiston sharoitida g'o'zalar, asosan, iyun oyida gullaydi. Gulash g‘o ‘za o'simligining butun vegetatsiya davri oxirigacha davom etadi. Shonalar gullash oldidan tez o ‘sa boshlaydi. Gul ochiladigan paUda ertalab gultojibarglari yozila boshlab, gul changi urug‘ tumshuqcteiga tushadi yoki hasharotlar yordamida tarqatiladi, ya’ni chang iplari cho‘zilib, changdonlar yoriladi, urug' tum shuqchasi bo‘rtadi va yopishqoq shira chiqarib, gul ochilishi ro ‘y beradi, ertasigaaul- tojibarglari yumilib qoladi. Oradan 3-4 kun o ‘tgach, to'kilib tushadi. G ‘o ‘zaning barcha turlari o ‘zidan changlanish xususiyatiga ega, diet- dan kamroq changlanadi. Gul changlanishidan so‘ng uruglanishjanyo- ni ko‘pi bilan ikki kecha-kunduz davom etadi. Noqulay harrat, yomg‘ir yog‘ishi urug‘lanish, urug1 tugilish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ko‘saklaming mayda bo'lib qolishiga olib keladi. G ‘o ‘za guli ertalab och sariq, so'ngra och qizil va kunning iin- chi yarmida qizil va binafsha rangga o‘zgaradi. Bu jarayon o‘rtatolali g‘o ‘za gullarida bo‘ladi. Ingichka tolali g‘o‘za navlarida ertalab atiq, kechqumn qoramtir-sariq rangda bo‘ladi. G ‘o ‘za gullash davrida ikkita yo‘nalish qonuniyati bo‘yichastio- nalar ochiladi. Bu qonuniyatni birinchi bo‘lib G.S. Zaysev aiclab bergan. Bunda g‘o ‘za poyasida pastdan yuqoriga qarab shoxma-sta va har bir hosil shoxidagi shonalar esa birin-ketin ochiladi. 98 Pastdan yuqori qismiga qarab gullashda, dastlab pastki hosil shoxining birinchi bo‘g‘imidagi shona, undan keyin ikkinchi hosil shoxining birinchi bo‘g‘imidagi shona gullaydi va keyingi hosil shox- laridagi shonalari ham mana shu tartibda ochila boradi. Bunday holat bir shona bilan ikkinchi shona gullashi oralig‘ida 2-3 kun vaqt o ‘tadi. Bu tartibda gullash qisqa muddatli gullash deyiladi. Har bir hosil shoxi bo‘ylab gullaganda, dastlab birinchi bo‘g‘imdagi shonalar, so'ngra ikkinchi bo‘g‘imdagi va keyingi shonalar gullaydi. Bunda har bir shona gullashi uchun 6 kun talab qilinadi. Bu uzoq muddatli gullash deb ataladi. Bundan xulosa shuki, g‘o‘zaning hosil shoxlaridagi shonalar yon tomoniga ko‘ra, yuqoriga qarab tezroq gul laydi, bu bilan g‘o ‘za tupida konussimon gullash shaklini hosil qiladi. G ‘o‘za gullashida tashqi muhit me’yorida bo'lishi kerak. Jumladan, harorat, namlik va oziq moddalar me’yorida bo'lganida g‘o ‘za gullab, sifatli ko‘sak hosil qiladi. G ‘o‘za gullashi ko'proq yoz mavsumiga to‘g‘ri keladi. 0 ‘rta tolali g‘o ‘za navlarida qisqa muddatli gullash yoz mavsumida 2-3 kun davom etsa, kuzda 4-5 kunga cho‘ziladi. Hosil shoxlari bo‘ylab shonalaming gullashi ham shu tartibda boradi. G ‘o ‘za guli ochilgandan so‘ng changlanadi, ba’zan ochilmasdan ilgari ham changlanishi mumkin. Gul changi urug‘ tumshuqchasiga tushib, o‘sib naycha hosil qiladi. Naycha 12 soatdan so‘ng urug‘kurtakka yetadi va uni urug‘lantirib qo‘yadi. Ushbu jarayon ko‘sak paydo bo‘lishiga va uni rivojlanishiga olib boradi. Chigitni ekish sxemasiga qarab har gektar yerda 90-100 ming- tadan ko‘chat bo‘lsa, 1 tup g‘o ‘zada o ‘rtacha 18-20 tadan ko‘sak hosil qilinadi. Har gektar yerda 180 mingta ko‘chat bo‘lganda esa, 1 tup g‘o ‘zada 10-12 tadan ko'sak hosil bo ‘lib, kutilgan natijalami ta ’minlay oladi. 0 ‘rta hisobda bir tup g‘o ‘zada 8-10 donadan ko‘sak bo‘ladi. Av- valo, shona ko‘p bo‘lishi mumkin, barcha shonalar gulga to ‘liq ay- lanmaydi yoki urug‘langan barcha ko‘saklar ham pishib yetilmay qolishi mumkin. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, shona va ko‘sak ko ‘proq, gullar kam roq to ‘kiladi. T uproq-iqlim sharoiti yetarli bo‘lmasa ham, aksincha ortiqcha ta ’minlangan taqdirda ham mevalar to ‘kiladi. Agar barcha shonalar gullab, ko‘saklar to ‘liq yetilsa, hosil dorlik gektar hisobiga 200 va undan ko‘proq sentnem i tashkil qilishi mumkin boiardi. 99 Hosil tugunchalarining to ‘kilishi g ‘o ‘zaning ichki konusiga nis batan tashqi konusida ko'proq sodir bo'ladi, chunki hosil tuguni poyaga yaqin joylashgan b o isa , u oziq va nam likdan yaxshi foy- dalanib, saqlanib qoladi. G 'o 'z a kasallangan sharoitda, hasharot- lar bilan zararlanganda ham mevalar to ‘kiladi. Masalan, g‘o ‘za chan- qatib sug'orilsa ham , ortiq ch a sug‘orilsa ham hosil tugunlari to ‘kilishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib, g‘o‘za parvarishida agrotexnika tadbirlari muddatida va me'yorida o‘tkazilishi muhimdir. Download 16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling