Umumkasbiy fanlar bloki
Pedagogik innovatsiyalar va ularning ta'lim jarayoniga qo‘llashda o‘qituvchining roli
Download 0.5 Mb.
|
pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- => Mavzusini o‘rganish avval aytingchi, quyidagi savolga Siz qanday javob bergan bo‘lar edingiz.
- "Pedagogik innovatsiyalar va ularning talim jarayoniga qo‘llashda o‘qituvchining roli" matnni yuklab oling va diqqat bilan o‘qib chiqing.
2.1.3. Pedagogik innovatsiyalar va ularning ta'lim jarayoniga qo‘llashda o‘qituvchining roli
Hozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi» juda keng qo‘llanilmoqda. Innovatsiya so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib (newua) - yangilik kiritish, yangilikdir, ya'ni tizim ichki tuzilishini o‘zgartirish, deb ta'riflanadi. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi. Shuningdek, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu mavzu orqali siz pedagog olimlarning innovatsiya tushunchasi va uning mohiyati haqidagi fikrlari, ta'lim jarayoniga innovatsiyani kiritish va uning bosqichlari, innovatsion jarayon tuzilmasi, innovatsion faoliyat mazmuni haqidagi bilimga ega bo‘lasiz va tasavvurlaringizni mustahkamlaysiz. => Mavzusini o‘rganish avval aytingchi, quyidagi savolga Siz qanday javob bergan bo‘lar edingiz. “Innovatsiya” iborasini siz qanday tushunasiz? => Mavzu bo‘yicha batafsilroq ma’lumot olish uchun quyida berilgan belgi ustida tugmachani bosib, "Pedagogik innovatsiyalar va ularning ta'lim jarayoniga qo‘llashda o‘qituvchining roli" matnni yuklab oling va diqqat bilan o‘qib chiqing. Pedagogik innovatsiya haqida Файл 2.1.3. Mavzu. “Pedagogik innovatsiyalar va ularning ta'lim jarayoniga qo‘llashda o‘qituvchining roli” mavzusi bo’yicha ma’ruza matni va uning ilovalari Hozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi» juda keng qo‘llanilmoqda. Innovatsiya so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib (newua) - yangilik kiritish, yangilikdir, ya'ni tizim ichki tuzilishini o‘zgartirish, deb ta'riflanadi. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi. Shuningdek, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Innovatsiya-ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash, oldingidan muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma'lum bo‘lgan oxirgi natijadir. Tadqiqotchilar A.I.Prigojin, B.V.Sachonov, A.G.Kruglikov, N.P.Stenapov va boshqalar innovatsion jarayonlar tarkibiy qismlarini o‘rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: - Yangilikning individual mikrosathi. - Alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o‘zaro ta’sirining makrosathi. Birinchi yondashuvda, hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya tushuniladi. Ikkinchi yondashuvda, alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta'siri, ularniig birligi, raqobati va natijada birining o‘rnini ikkinchisi egallashidir. Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayonining sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi: 1. Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangi konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi. 2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi. 3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi. 4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi. 5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi. 6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini qisqartirish bosqichi. Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzulmasining uch blokini farqlaydi: Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling