Pedagogik hamkorlikda maqsadli yo‘nalishlar:
Pedagogik talabdan, pedagogik munosabatga o‘tish
Bolaga insoniy va shaxsiy yondashuv
Ta’lim-tarbiya birligi
Shaxsga yondashuvning besh yo‘li:
Sevish! Tushinish! Qabul qilish! Kirishish! Hamdardlik! Yordam berish!
3.3 §. Hamkorlik pedagogikasi va maktab boshqaruvi. Hamkorlik pedagogikasining asosiy xususiyatlari.
Hamkorlik pedagogikasining 4 ta asosiy jihatlari bor.
Faollashtiruvchi rivojlantiruvchi didaktik kompleks.
O‘quvchi shaxsiga insoniy yondashuv.
Insonparvar jamoaviy tarbiya konsepsiyasi.
Atrof-muhitni pedagogikalashtirish.
1. Faollashtiruvchi rivojlantiruvchi didaktik kompleks - asosan dars jarayonida amalga oshiriladi.
Gruzin pedagog olimi Shalva Aleksandrovich Amonashvili darsni quyoshga taqqoslaydi.
Ya’ni:
Dars- bu quvonch bo‘lishi.
Dars-hayotiy ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarda shakllantirishi.
Dars-erkin tanlov ya’ni o‘quvchiga imkoniyat berish uning ehtiyoji, qiziqishi, xohishi inobatga olinishi lozim.
Dars-uchrashuv o‘quvchi darsda yangilik bilan uchrashadi uning dunyoqarashi va tasavvuri kengayishi lozim.
Dars-o‘yin ta’limiy o’yinlardan foydalanish.
Dars-ezgulik va yaxshilik yoki ma’anaviy ozuqa bo’lishi lozim.
Dars- o‘quvchida mehnat qilish ko’nikma va malakasini shakllantirishi lozim.
Dars-o‘quvchiniki bo‘lishi lozim barcha faoliyatni o‘quvchi bajaradi.
Dars-ijod ya’ni o‘quvchida mustaqil taffakurni rivojlantirish.
Dars samarali o‘tilishi uchun o‘qituvchilarga quyidagi tavsiyalarni beramiz:
O‘quvchini mustaqil hayotga tayyorlash;
Sinfda ijobiy emostional (hissiy) muhit yaratish;
Darsga ishchanlik kayfiyatida kirishish;
Darsga mas’uliyat bilan kirishish;
O‘quvchilar bilan hamkorlik qilish;
Zamonaviy usullar asosida dars o‘tish;
O‘yin texnologiyalaridan foydalanish;
Ijodkorlik ya’ni muntazam o‘z ustida ishlash.
Hamkorlik pedagogikasida o‘quvchi bilan pedagogik munosabatni demokratiyalashtirish, shaxs munosabatining muhim omil bo‘lib, u ta’lim-tarbiya jarayonining natijasini samarasini beradi.
Ular quyidagilardan iborat:
1. Bolalarga pedagogik muhabbat, ularni taqdiri bilan qiziqish.
2. Bolada optimistlik (kelajakka ishonch)ni yuzaga keltirish va unga ishontirish
3. Muomalada mahorat va hamkorlik
4. Ijobiy hatti-harakatni rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |