Umumkasbiy fanlar bloki


- tashkiliy – pedagogik asoslari


Download 0.5 Mb.
bet23/28
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091486
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
pedagogika

- tashkiliy – pedagogik asoslari – o‘quv reja, dastur, dars mavzusi, DTS talablari va ularga muvofiq darajada o‘zlashtirilishi talab qilinadigan yangi bilim hajmi asosida o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarining hamkorlikda ishlashlari uchun shart-sharoit imkoniyatlarini belgilash va amalga oshirish;
- psixologik asoslari o‘quchilarning psixologik va yosh xususiyatlarini hisobga olish, mashg‘ulotlarda har bir o‘quvchi uchun qulay psixologik muhit yaratish, erkin muloqotni sifatli uyushtirishda dars mavzusi, mazmuni qo‘llanilayotgan tushunchalar, atamalar, ta’riflar, formulalar va boshqa shartlarning o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishini ta’minlash;
- uslubiy asoslari-mashg‘ulot uchun zarur vositalarni oldindan ishga tayyorlash, ularning talablar darajasida sifatli bo‘lishini ta’minlash. Muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil qilish va boshqalar.
Hamkorlikda o‘qitish samaradorligini ta’minlovchi omillar:
- o‘quvchilarning dars mazmuniga ijodiy yondashuvi;
- dars jarayonidagi axborotlarni tahlil va tanqid qilish, o‘z xulosalarini asoslash;
- bilimlarni yangi vaziyatlarda ijodiy qo‘llash;
- amaliy topshiriqlar bajarish uchun vaqtni ko‘proq ajratish;
- hamkorlikda o‘qitayotgan o‘quvchilarni bir-biriga muvaffaqiyatga erishishlari uchun ko‘maklashuvi va boshqalar.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini takomillashtirishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum.
Bolalarda kreativlik qobiliyatining rivojlanishida o‘qituvchi xulq-atvorining omili sifatida uning quyidagi fazilatlari katta ta’sir ko’rsatadi:
- ijodiy fikrlash;
- qadr- qimmatining tan olinishi;
- atrof-muhit ta’siriga bolalar sezgirligini rivojlantirishi;
-g‘oyalar va obyektlarni erkin egallashga yo‘naltirilishi;
- ijodiy jarayonlar to‘g‘risida asoslangan axbortlar bera bilish ko‘nikmasini shakllantirilishi;
-tanqidni to‘g‘ri asoslab bera bilishni rivojlantirishi;
-o‘zini hurmat qilishni rag‘batlantirishi;
- qanday baho olishdan qo‘rqish hissiyotini jilovlashni o‘rgatishi.
Bolalarda kreativlik qobiliyatining rivojlanishida o‘qituvchi xulq-atvorining quyidagi omillari o’quvchilardagi kreativlikka salbiy ta’sir etadi:
- avtoritar tartib, talablar o’rnatish;
-atrof-muhitning avtoritarligi;
-o’qituvchining qattiqo’lligi;
-qo’pol baholash;
-o’quvchi ustidan kulish;
-ma’lum yutuqqa erishish uchun qatiqqo’llikni ishlatish;
-shaxsga nisbatan dushmanlik va xokazolar.
3.2 §. Hamkorlik pedagogikasining klassifikatsiyasi va yo‘nalishlari.

O‘quvchi, o‘qituvchi, maktab rahbari, ota-onalar va mahalla hamkorligi - hamkorlik pedagogikasining asosidir.
Hamkorlik pedagogikasining klassifikasiyasi (tasniflari) quyidagilar:
1. Metatexnologiya - zamonaviy ta’lim texnologiyasining umumiy dasturi (rejali)
2. Falsafiy asosi insonparvarlik inson falsafasidan iborat
3.Metodologik yondashuv: kommunikativ, shaxsga yo‘nalgan, ijtimoiy-madaniy, ishchanlik.
4. Rivojlanishning yetakchi omillari: biologik – ijtimoiy - psixogen
5. Mazmuni: ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi, yaratuvchi, insonparvarlik, umumta’limiy g‘oyalar ilgari suriladi.
6. Ijtimoiy pedagogik faoliyat: tarbiyaviy, psixologik ijtimoiy pedagogik
7. O‘quv tarbiya jarayonini boshqarish tipi: kichik guruh va yakka tartibda
8. O‘zaro munosabat tarbiyalovchi xarakter va bolaga yondashuv: insoniy va shaxsiy
9. Metodlar: muammoli-izlanuvchan, ijodiy, dialog, o‘yin
10. Dasturning yo‘nalishi: insonparvar va demokratiya asosida.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling