Umumkasbiy fanlar bloki


O‘quvchi shaxsiga insoniy yondashuv yo‘llari


Download 0.5 Mb.
bet25/28
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091486
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
pedagogika

2. O‘quvchi shaxsiga insoniy yondashuv yo‘llari:
Har bir o‘quvchini “shaxs” inson sifatida ko‘rish, tushunish, hurmat qilish, qabul qilish va unga ishonish kerak.
O‘qituvchi shunday vaziyat yaratish kerakki, har bir o‘quvchi o‘zini erkin his qilsin. Unga o‘qituvchi diqqat e’tibor qaratayotganingizni sezsin.
Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan a’lochi o‘quvchilarni birlashtirish kerak.
“Muvaffaqiyatli atmosfera” yaratish, unda o‘quvchilarni yutuqlarga erishishga yordam berish. Uning qobiliyatli va o‘z kuchiga ishonishini qo‘llab-quvvatlang.
O‘quvchilarni o‘z-o‘zini anglay olishga o‘rgatish. Ularni ongida jamoasiga aloqador ekanligini tasavvur qildirish.
O‘quvchini ishonchi va hurmatiga erishish.
Shaxs-shaxs munosabatini kuchaytirish.


O‘qituvchilarga tavsiyalar.
1. O‘quvchini muvaffaqiyatga erishishiga ishontiring. Chunki u sizning ishonchingizga muhtojdir! Ishonch uning kayfiyatini, intilishini yuqoriga ko‘taradi.
2. Har darsda o‘quvchilarni muvaffaqiyatli natijalar olishiga ishoning.
3. O‘quvchilarga bir xil nazarda qarang.
4. Dars muvaffaqiyatga yo‘naltirilgangan bo‘lsin.
5. Hech qachon o‘quvchi kayfiyatini tushirmang. Agar dars boshida muvaffaqiyatsizlik bo‘lsa ham uni yana va yana muvaffaqiyatga erishishiga ishontiring.
O‘quvchilar ruxiyatida o‘qituvchining munosabat o‘rnatishida quyidagilarga e’tibor berishilari namoyon bo‘lar ekan:
Ya’ni o’quvchi “Iltimos, meni inson deb biling” deb ruxan murojat qilar ekan. Buni rus pedagog olimi S.L.Soloveychik aniqladi.

  • Menga ishoning.

  • Mendan umid qilsangiz bo’ladi.

  • Meni tushining.

  • Meni seving.

  • Menga olijanoblik qiling.

  • O‘z foydangiz uchun mendan foydalanmang.

  • Meni kichkina deb o‘ylamang.



O‘quvchi shaxsiga insoniy yondashuv yuzasidan tavsiyalar.
1. O‘quvchini ijtimoiy hayotga moslashtirish.
2. Har bir o‘quvchining shaxs sifatida rivojlanishiga yordam berish.
3. Shaxsiy harakatini qo‘llab-quvvatlash.
4. Mustaqil shaxsni tarbiyalash. Muammolarni hal etishda o‘zini fikrini ayta olishi va fikrini himoya qilishi.
5. ”Erkin inson”ni tarbiyalash.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling