Umumkasbiy fanlar bloki


=> Mavzusini o‘rganish avval aytingchi, quyidagi savolga Siz qanday javob bergan bo‘lar edingiz


Download 0.5 Mb.
bet22/28
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091486
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
pedagogika

=> Mavzusini o‘rganish avval aytingchi, quyidagi savolga Siz qanday javob bergan bo‘lar edingiz.

“Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi – shunchaki vazifani birgalikda bajarish emas, balki birgalikda o‘qishdir” – iborasini qanday tushunasiz?

    • => Mavzu bo‘yicha batafsilroq ma’lumot olish uchun quyida berilgan belgi ustida tugmachani bosib, matnni yuklab oling va diqqat bilan o‘qib chiqing.

    • Hamkorlik pedagogikasi Файл

3. Hamkorlik pedagogikasi va uning asosiy masalalari

3.1 §. Hamkorlik pedagogikasi - pedagogika fanining asosiy turi sifatida. Hamkorlik pedagogikasi tarixi, hamkorlikning mazmun - mohiyati.

Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qurish, yasash, masalalar yechish va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Hamkorlikda o‘qitish ashg‘ulotlarining tashkil qilishda: o‘qituvchi-sinf, o‘qituvchi-kichik guruh, o‘qituvchi-katta guruh, o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi (juftlikda ishlash), kichik guruh-kichik guruh, kichik guruh-sinf va boshqa tashkiliy shakllar qo‘llaniladi.
Hamkorlikda o‘qitish-bu o’qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar guruhi, yakka butun sinf bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi bilan birgalikda, o‘quvchilarning ham o‘zaro qo‘llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi instruktaj va interfaol jarayonlarni ifodalovchi ommalashgan iboradir. O‘quvchilar hamkorlikda akademik topshiriqlar ustida, kichik guruhlarda ishlashadi va o‘zlariga hamda o‘z guruhlaridagi o‘rtoqlariga birgalikda yordam berishadi.
Hamkorlikda o‘qitish metodlari quyidagi beshta hususiyatga ega:
1. O‘quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki o‘qitilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, bu guruhiy ish orqali yaxshi o‘zlashtiriladi.
2. O‘quvchilar 2-5 a’zodan iborat tarkibda kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.
3. O‘quvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o‘rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan xulq –atvor mezonlariga rioya qilishadi.
4. O‘quvchilar ijobiy va mustaqil bo‘lishadi. Umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o‘rganish faoliyati bo‘yicha ishlarni tashkil etish, o‘quvchilarning bir-birlariga ko‘maklashishlari talab etilishini hisobga olgan holda tuzilgan bo‘ladi.
5. O‘quvchilar o‘z ishlari natijasiga yoki boshqacha aytganda, o‘qishga, ta’lim olishga, shaxsan mas’uliyatli va javobgardir.
Hamkorlikda o‘qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
-o‘quvchining o‘rganish jarayonini boyitadi;
-o‘quvchilarga ular o‘rtasida taqsim qilinib, o‘zlashtirilgan kognitiv axborotlar to‘plamini beradi;
-o‘quvchilarda materialni o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadi;
-o‘quvchilarning o‘z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi;
-axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
-o‘quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;
-turli xil madaniyat va ijtimoiy–iqtisodiy guruhlar o‘rtasida ijobiy o‘zaro munosabatlarni oldinga suradi.
Hamkorlik - shunday holatki, obyekt va subyekt birgalashib faoliyat qiladi, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam, jamoatchilik yuzaga keladi.
Hamkorlik pedagogikasining asosi quyidagilardan iborat:

  • o‘quvchi shaxsini chuqur bilish;

  • o‘quvchi shaxsiga insoniy yondashish;

  • jamoatchilik tarbiyasi;

  • o‘qituvchining yuqori kasbiy solohiyati;

  • maktabga jamoa diqqat e’tiborini qaratish.

Hamkorlik pedagogikasiilg‘or pedagogikaning ko‘rinishlaridan deb qarash mumkin, uning ichiga yangi pedagogik tafakkur, rivojlantiruvchi g‘oyalar kiradi.
Hamkorlik pedagogikasining konsepsiyasi quyidagicha: Ya’ni:

  • o‘quvchi bilan hamkorlik munosabati;

  • o‘quvchida ijobiy emotsional qoniqish hosil qilish;

  • maktab ta’limini muvaffaqiyatli amalga oshirish;

  • muloqot va mehnat qilish ko‘nikma va malakasini hosil qilish;

  • o‘quvchilar bilan birgalikda mehnat qilish va yutuqqa erishishga ishontiriish;

  • o‘quvchiga yordam berish g‘oyasi;

  • har bir o‘quvchi sinf ishida bemalol erkin qatnashishi imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;

  • bolalar ishini baholash ya’ni rag‘batlantirish.

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasiga asoslangan mashg‘ulotlarni o‘ziga xos turlarga ajratish va ularni amalda qo‘llash tizimi mavjud bo‘lib, quyida shu mashg‘ulotlardan ayrim namunalarni ko‘rsatib o‘tamiz:
uch pog‘onali intervyu;
davra suhbati;
ro‘yhat tuzish;
muammolar yechishni tashkil qilish;
bir daqiqalik ishlar;
juftlik izohlari;
muammoni jo‘natish;
baholash chizig‘i;
kam uchraydigan birlik;
jamoa kutuvi;
ikki qismli kundalik;
o‘zaro savol yo‘llash.
Bu mashg‘ulot turlarining ko‘pida o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘lish, ularga rollar va vazifalar taqsim qilish ko‘zda tutiladi.Bunda quyidagilarni hisobga olinadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos pedagogik psixologik va uslubiy asoslari ishlab chiqilgan bo‘lib,ular quyidagilar:

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling