Fazalar muvozanati. Eritmalar 36-§. Fazoviy o’tishlar. Fazalar qoidasi


-§. Suyultirilgan eritmalarning qaynash temperaturasi


Download 97.85 Kb.
bet10/12
Sana05.01.2022
Hajmi97.85 Kb.
#202813
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Fazalar muvozanati. Eritmalar

45-§. Suyultirilgan eritmalarning qaynash temperaturasi

Yuqoridagi eritma toza erituvchining qaynash temperaturasiga qaraganda yuqoriroq temperaturada qaynaydi deyilgan edi. Eritmaning qaynash temperaturasi bilan toza erituvchining qaynash temperaturasi orasidagi farq eritma qaynash temperaturasining ko’tarilishi deb ataladi.

Eritmaning konsentratsiyasi qancha katta bo’lsa, u shuncha yuqori temperaturada qaynaydi. Bu hodisani tushunish uchun 45.1-rasmda ko’rsatilgan diagrammadan foydalanamiz. Bu diagrammada OA chizig’i toza erituvchi bug’i bosimining, O1A1 chizig’i eritma bug’i bosimining, OB chizig’i qattiq holatdagi toza erituvchi bug’i bosimining temperatura o’zgarishi bilan o’zgarishini ko’rsatadi (OB chizig’i OA chizig’iga qaraganda tikroq bo’ladi, chunki bug’ to’g’ridan- to’g’ri qattiq holatga o’tganda ko’p issiqlik chiqadi).

Ma’lumki, har qaysi suyuqlik to’yingan bug’ining bosimi atmosfera bosimiga teng bo’lgandagina qaynaydi. Тoza erituvchining to’yingan bug’i bosimi

Т1 da 760mm ga yetadi. Shuning uchun toza erituvchi Т1da qaynaydi. Eritmaning to’yingan bug’i bosimi hamma vaqt toza erituvchinikidan kichik bo’lgani sababli uning bug’ bosimini 760mm ga yetkazish uchun temperaturani Т1gacha emas, balki Т2 gacha ko’tarish kerak. Demak, eritma Т2 da qaynaydi O1A1 chizig’iga Klauzius- Klapeyron tenglamasi bilan Raul qonunini tadbiq etib eritma qaynash temperaturasining ko’tarilishini aniqlash uchun tubandagi formula topilgan:



(45.1)

bunda: (Т21)-eritma qaynash temperaturasining ko’tarilishi, R-gaz doimiysi, Т1-toza eruvchining qaynash temperaturasi; 1g toza erituvchining qaynash temperaturasidagi bug’lanish issiqligi; q-1000 g erituvchida erigan modda miqdori. Agar:



(45.2) bo’lsa,

u holda (45.3)

formulaga ega bo’lamiz. Bu formulada Ye –erituvchining ebulioskopik doimiysi. Ye 1000g erituvchida 1 mol modda eriganda hosil bo’lgan eritmani qaynash temperaturasi erituvchining qaynash temperaturasiga qaraganda necha gradus ortiq ekanligini ko’rsatadi. Uning qiymati faqat erituvchining tabiatiga bog’liq bo’lib, erigan moddaga bog’liq emas. Har qaysi erituvchi o’ziga xos ebulioskopik doimiyga ega. masalan, suv uchun Е=2255,2 Joul issiqlik yutiladi.

Agar gramm erituvchida gramm modda erigan bo’lsa, qaynash temperaturasi ortishini topish uchun quyidagi proporsiyani yozish mumkin: moddaning konsentratsiyasi bo’lganda qaynash temperaturasining ko’tarilishi E bo’lsa, konsentratsiya bo’lganda qaynash temperaturasining ko’tarilishi Т bo’ladi.



(45.5)

kelib chiqadi; bunda m - erigan moddaning molekulyar massasi -erigan moddaning molyal konsentratsiyasini ifodalaydi. Demak, ifoda kelib chiqadi.




Download 97.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling