Ferma 4-fasl


Download 409.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/8
Sana16.04.2020
Hajmi409.05 Kb.
#99705
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FERMA 4


Oradan 2 hafta o'tdi 
William va general Grant boshchilik qilayotgan qo'shin mag'rurlik bilan 
g'alaba sadolari ostida "YSM" ga kirib keldi. Butun aholi ularni olqish 
bilan qarshi olib, shu kunning o'zidayoq bayram boshlab yubordi. 
Fermalardan qutqarilgan bolalar uchun maxsus uylar qurib beriladigan 
bo'ldi. U yerning fermalardan yagona farqi haqiqiy mehribonlik uyi 
bo'lganida edi. 
 
Emma, Mayk, Rey va 3-fermadan qutqarilgan bolalar Williamning uyiga 
kirib kelgach, ularni kutaverib ko'zlari to'rt bo'lib ketgan Luna 

boshchiligidagi bolalar quvonchdan sakrab, barchasini birma bir bag'riga 
bosib chiqdi. 
–Sen uddalashingni bilgandim!-baqirib yubordi ko'zlari yoshga to'lgan 
Luna,-Sen uddalading! Emma, sen eplading! Endi oilamiz biz bilan!... 
–Ha, ammo buni bir o'zim qilmadim. Barcha bor kuchi bilan harakat 
qildi. Barchadan minnatdor bo'lishimiz kerak. Shuningdek, fermada 
mardlarcha qolib, bizni kutgan bolalardan ham... 
 
 
O'sha kuni kechasi bilan barcha bayram nishonladi. Vampirlar ustidan 
qozonilgan ilk g'alaba! Emma oilasiga bergan va'dasining ustidan chiqdi. 
Kara yozgan xatdagi iltimosini bajardi. Hamma uhlashga yotishidan 
avval esa Mayk barcha bolalarning oldida bir yil avvalgi suhbatni 
eslatdi: 
–Esingizdami, yetimxonada yashayotgan paytimiz agar bizni yangi ota-
ona boqib olsa va tashqi olamga chiqsak, nima qilishimiz haqida 
suhbatlashgandik. 
–Ha,-tasdiqladi Emma,-Men o'shanda ketishni xohlamayman deb javob 
bergandim. Naqadar ahmoqlik... 
–Men esa o'shanda olim bo'laman deb aldagandim,-dedi Rey,-Men 
shunchaki yashab qolishga harakat qilardim deyishim mumkin edi. 
Ammo u payt yetimxona sirini bilmasdinglar. 
–Hozir-chi? Axir yashab qoldik-ku? 
–Hozir esa qolgan vampirlarni ham yo'q qilishni xohlayman! 
–Gaping to'g'ri,-dedi Emma,-Bizda Lyuvis va Anabella xonimning 
shtabini egalladik. Ammo hali 8 ta shtab qolgan, agar boshqa hududlarda 
ham bo'lmasa... 
–Biz ularni topamiz va yo'q qilamiz!-Rey o'rnidan turib, qo'lini musht 
qilib tugdi,-Hali urush tugamadi. Har birimiz hali odamlar uchun foyda 
keltirishimiz kerak. Menga qo'shilasizlarmi? Odamzod uchun juda ham 
kerakli bo'lgan shaxslarga aylanamiz! Vampirlarni qirib tashlaymiz!... 

–Men sen bilan!-dedi Emma. 
–Men ham!-dedi Mayk. 
–Ja unchalik kerakli shaxs bo'lishimga ishonmayman-ku...-o'rnidan turdi 
Don,-Lekin nima bo'lganda ham sizlar bilanman. 
–Hammamiz sizlar bilanmiz!-qisqa qildi Luna,-Shubhaga hech qanday 
asos yo'q. Umrimizning oxirigacha birga bo'lamiz... 
 
Emma jilmayib, o'ng qo'lini tepaga ko'targancha baqirdi: 
–Baxtli va buyuk kelajak sari!... 
 
 
Oradan 15 yil o'tdi 
Vampirlar bilan bo'lib o'tadigan barcha urushlar butunlay barham topdi. 
Yer yuzida bitta ham vampir tirik qolmadi, balki qolgandir, ammo ular 
qo'rqoqlarcha qochib ketishdi. Shtablar tugatilib, u yerda boqilayotgan 
bolalar qutqarildi. "YSM" degan davlat yo'q qilinib, unda yashovchi 
aholi haqiqiy va keng olamga chiqdi. Yangi-yangi shaharlar qurildi, 
olamga yana odamzod hukmronlik qila boshladi... 
 
 
–Men, "YSM" bosh vaziri Maykl Minerva, bugundan boshlab "Yangi 
Sivilizatsiya Markazi" tugatilganligini va yana ming yillar avvalgiday 
mustaqil davlatlar tuzilishini aytishdan mamnunman!-dedi Mayk 
minbarga turib,-Bu yo'lda yaqindagina qurbon bo'lgan otam William 
Minerva, general Grant, hamda qo'shinni eng zamonaviy va vampirlarni 
yo'q qilib yuborishga qodir bo'lgan qurol-yarog' bilan ta'minlab bergan, 
eng yaqin do'stim Reymond Minerva, fermalardan qutqarilgan bolalarga 
mehribonlik qilishni o'z bo'yniga olgan Emma Minerva, barcha 
kasalxonalardagi be'morlarning tuzalishiga sababchi bo'lgan Luna va 
Roza Minervalar va eng asosiysi sizlarga o'z minnatdorchiligimni 
bildiraman! Agar siz bo'lmaganingizda, vampirlarga qarshi hech qachon 

urush ocha olmagan bo'lardik! Agar siz bo'lmaganingizda, haqiqiy 
olamimizga egalik qila olmagan bo'lardik. Bu urushda barcha askarlar 
bor kuchi bilan harakat qildi. Biz g'olibmiz! Bugundan boshlab o'z 
olamimizga o'zimiz egalik qilamiz!... 
 
 
* * * 
Yetimxona. 
Maykl Minervaning gaplarini radiodan eshitib o'tirgan Emma qo'liga 
Lyuvisning o'limidan so'ng tuta boshlagan kundaligini olib, eski 
xotiralarini varaqlay boshladi. 
–Nihoyat...biz endi ozodmiz. Endi yana hammasi avvalgiday bo'ladi. Bu 
dunyo yana bizga tegishli...-Emma shu gaplarni kundaligiga yozib 
qo'ydi. U ruchkasini stol ustiga qo'yib, endigina radio ovozini 
balandlatayotgan payt eshik ochilib, ichkariga yetim bolalardan biri kirib 
keldi. 
–Maks? Hammasi joyidami? Nega yana yig'layapsan? 
–Emma oyi...bolalar yana ustimdan kulishyapti! Ular meni qo'rqoq va 
landavur deb masxara qilishyapti... 
–Yanami? Sizlarga qaysi oyi qarayapti, o'zi? Nega uning yoniga 
bormading? 
–Men bu yerda yashashni xohlamayman! Yetimxona yomon! Meni 
kimdir boqib olishini juda ham xohlayman...Emma oyi, menga yangi 
ota-ona topib bering. 
–Maks, kel yaxshisi do'stlaring bilan yarashtirib qo'yaman. Ahil va inoq 
bo'lib yashaysizlar. Bu senga yoqadi, ishonchim komil. 
–Ammo...ammo ular juda ham qo'pol! 
 
Emma yetim bolaning yoniga aylanib o'tib, uni bag'riga bosdi. 

–Bir narsani bilib qo'y, ular sening aka-uka va opa-singillaring. 
Hammasiga men aybdorman, sizlarga o'zim xohlaganimday tarbiya bera 
olmayapman... 
–Yo'q, oyi...siz juda ham yaxshisiz! 
 
Emma jilmayib, oppoq fartugining cho'ntagidan shirinlik chiqardi. 
–Mana buni ol va oilangning yoniga borib tur. Men ham tez orada 
ortingdan boraman va tarbiyasizlik qilayotganlarning adabini beraman. 
–Ho'p bo'ladi, oyijon!-Maks shirinlikni olib, tashqariga yugurib chiqib 
ketdi. 
 
Emma esa ko'zgudagi aksiga yana bir marta qarab qo'yib, bo'ynidagi 
raqamni kiyimining yoqasi bilan berkitishga urindi. 
–Men baribir ona bo'ldim. Ammo soxta emas, haqiqiy ona! Men 
umrimning oxirigacha ota-onasiz bolalarga mehribonlik qilaman. Bu 
mening burchim... 
 
 
 
Bu shunchaki o'z oilasini juda ham yaxshi ko'radigan va uni hech kimga 
alishmaydigan, hamma ikkinchi imkonga loyiq deb hisoblaydigan, 
doimo adolat tarafda bo'ladigan va boshlagan ishidan hech qachon 
qaytmaydigan qiz haqidagi qissa edi. Qissa kimgadir yoqqan bo'lsa, 
xursandman. Yoqmagan bo'lsa, uzr so'rayman. Barcha o'z oilasini 
qadrlab, vaqtida diyroriga to'yib olishini chin dildan istagan bo'lardim. 
Chunki, ertaga nima bo'lishini hech kim bilmaydi... 
 
TAMOM. 
 
Muallif: 
https://t.me/L_o_a_d_i_ng
 

Kanalimiz: 
https://t.me/vampir_hikoyalar
 
 
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! 

Download 409.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling