Ferma 4-fasl


Download 409.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana16.04.2020
Hajmi409.05 Kb.
#99705
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FERMA 4


Oradan 2 soat o'tdi 
Bolalar o'rinlaridan turib, yana o'z ishi bilan mashg'ul bo'la boshlashdi. 
Hamma o'z-o'zi bilan ovora bo'lib turgan payt Mayk Reyni Williamning 
shaxsiy kutubxonasiga chaqirdi. Rey ichkariga kirishi bilan uning 
yoqasidan ushlab, kitob javoniga mahkam tiradi. 
–Sen atayin qilding! Ataylab qilding, Rey! 
–Nimani ataylab qildim? Gaplaringga tushunmayapman. 
–Tushunib turibsan! Senga barchasini yetimxonada yashayotgan 
paytimizdayoq aytib bergandim! Sen ataylab qilding! Nima xohlaysan 
o'zi?! 
 
Rey Maykni nariga itarib, yoqasini to'g'irlab oldi. Keyin esa yonida 
turgan javondan "YSM" qonunlari kitobini olib, Maykka uloqtirdi. 
–Ma, ushla. O'qib o'tir. Men esa u bilan miriqib gurunglashaman. 
–Rey! 
–Sen qo'rqoqsan, Mayk. Yo'q, qo'rqoq emas, jur'atsizsan. Unga 
ichingdagi barcha gapni aytishing mumkin edi. Ikki marta...ikki marta 
aytmoqchi bo'lding. Lekin uddalay olmading. Birida oyim seni 
yetimxonadan jo'natayotgan edi. Yana birida esa virus sabab o'layotgan 
eding. Senda imkon bor edi. Hatto hozir ham. Lekin sen jur'atsizlik 
qilding. Jur'atsizlikning oqibati esa shunday bo'ladi... 
–Sendan nafratlana boshlamasligim uchun hech bo'lmasa bitta sabab 
keltir, Rey! 
–Sabab? Sabablar juda ko'p. Lekin vaqtimni sarflab ularni senga birma 
bir aytib berish niyatim yo'q. Yomon ko'rsang ko'raver. Bu sening 
ishing... 
 
Emmaning tug'ilgan kuni qanchalik uzoq kutilgan bo'lsa, shunchalik tez 
o'tib ketdi. Darrov kech tushib, William ishdan ertaroq qaytdi. U o'zi 
bilan olib kelgan katta oppoq tortni stol ustiga qo'yib, shamlar yoqib 

chiqdi. Keyin esa barcha bolalarni stol atrofiga yig'di. Emmaning oldiga 
Maykdan birinchi Rey o'tirib oldi. Ikkinchi tarafiga esa William 
joylashdi. 
–Demak, uzoq cho'zib o'tirmaymiz,-dedi William,-Tezroq tilak tilab, 
shamni o'chir. Keyin esa tortni bolalarga bo'lib beramiz. 
 
Emma ko'zlarini yumib, ichida niyat bildirdi. Keyin esa barcha 
shamlarni bir puflashda o'chirib, pichoq bilan tortning katta bo'lagini 
kesib Williamga uzatdi. 
–Dada, menga sovg'alaringiz juda ham yoqdi. Lekin men so'ragan 
sovg'ani ham bera olasizmi? 
–Emma... 
–Gapiring. Yoki ha, yoki yo'q deng. Biz bilan birga "YSM" prezidentini 
fosh qilasizmi? 
–Agar rejamiz o'xshamasa, u hammamizni o'ldirishini bilasan-a? 
–Ha, dada. Lekin rejamiz o'xshashiga ishonchim komil. Biz uddalaymiz. 
 
William Emma uzatgan tortni olib, chuqur xo'rsinib qo'ydi. 
–Menimcha bu hayotimdagi eng katta xatolarimdan biri bo'lsa 
kerak...roziman. 
–Shunday qarorga kelishingizni bilgandim!-Emma quvonch bilan 
qichqirib yubordi,-Ana endi menga haqiqiy tug'ilgan kun kayfiyati kirdi. 
Xo'sh, yana kim tort xohlaydi? 
 
Barcha bolalar "Men! Men!" deb baqira boshlashdi. Emma esa qo'liga 
pichoqni olib, barcha bolalarga tortni teppa-teng qilib bo'lib berdi. 
Emmaning bu tug'ilgan kuni o'tgan yilgisidan farqli o'laroq quvonch va 
baxt ichida o'tdi. Hamma bu kunni xursandchilik bilan nishonladi. 
 

Yarim tun yaqinlashib, bolalar uyqusiray boshlagach, Emma o'rnidan 
turib Luna va Rozaga bolalar xonasini tozalab, tartibga keltirib qo'yishni 
buyurdi. O'zi esa ularning yuz-qo'llarini yuvdirdi. 
–Roza, kechagi ahmoq jurnalistning ovozini yozuvini o'chirib 
tashlamaganmiding?-so'radi Emma qo'liga gazeta olib. 
–O'chirib tashladim. Axir o'zing aytding-ku. 
–Menimcha biroz shoshilibsan. Bu yerda yozilishicha ertangi sonda 
"Oq-qora" gazetasida jurnalist Marta Gudmenning William Minerva 
haqidagi maqolasi chiqar ekan. 
–Axir o'zing o'chirib tashla deding! Endi esa biroz shoshilibsan 
deyapsan. Ayb o'zingda. 
–Roza, men hali seni ayblamadim. Mayli, o'chsa o'char. O'sha ahmoq 
jurnalistning maqolasidan hech kim qo'rqmaydi. 
–Yaxshi. Agar direktorimizning boshqa gaplari bo'lmasa, uhlagani 
yotmoqchi edim. 
–Bu yana qanaqa hazil bo'ldi? Men kimgadir buyruq beribmanmi? Yoki 
tortni senga kichikroq kesib berganim uchun xafamisan? 
–Yana qanaqa tort?! Sen...sen ahmoqsan. Xayrli tun! 
 
Roza ichkariga kirib ketishi bilan qo'liga radio ushlab olgan Mayk paydo 
bo'ldi. Radiodan "YSM" ning madhiyasi eshitilib turardi. U Emmaning 
yoniga o'tirib, radioni stol ustiga qo'yib qo'ydi. 
–Rey bilan gaplashmadingmi? Har holda boyagi tabrigidan so'ng barcha 
hayron qoldi. 
–Buning nima ahamiyati bor?-so'radi Emma,-Kimgadir o'z shaxsiy 
hayotim haqida gapirib berishni istamayman. 
–Shaxsiy hayot?-qaytardi Mayk,-Qachondan beri shaxsiy hayoting 
paydo bo'lib qoldi? Axir oilamiz bilan birga yashamasmiding? 
–Shundoq ham oilamiz bilan yashayapman. O'zing ham tushunib 
turibsan, Mayk. Ayrim narsalar o'ta shaxsiy bo'ladi va ularni boshqa 
birovga oshkor qilish shart emas. 

–Boshqa birov? Axir biz do'stlarmiz-ku...bolalikdan birga o'sganmiz. 
Eng yaqin do'stlar. 
–Do'st?-Emma kulgu aralash savol berdi,-Bilasanmi Mayk, men 
Reyning tuyg'ularini javobsiz qoldirishni istamayman. Hozirgacha ham 
o'ylanib o'tirgandim, ammo endi qaror qabul qildim. U aqlli, qo'rqmas, 
ayyor, har qanday vaziyatdan chiqib keta oladi. Biz uchun o'zini 
o'ldirmoqchi ham bo'lgan. Nega endi uni chetda qoldirishim kerak? 
–Emma...bu shart emas-ku. Axir bir oilamiz... 
–Sening nima ishing bor? Axir sen ham Reyni yaxshi ko'rasan-ku, 
to'g'rimi? U bilan qadrdon do'stsizlar. Men yotib uhlamoqchiman. 
Bayram uchun rahmat. Xayrli tun. 
–Emma... 
–Biror ishni qilmoqchimisan, kechiktirmay shu ishni qilishing kerak. 
Kech bo'lganda afsuslanib o'tirmaslik uchun. Mening esa hozir uyqim 
kelyapti. Ertaga Rozvaldni fosh qilamiz. Yaxshi dam ol. 
 
Ertasiga ertalabdan radioda "YSM" madhiyasi yangrab, bolalarni 
uyg'otdi. Ular o'rinlaridan turib, kechagi ziyofatdan ortib qolgan noz-
ne'matlar bilan nonushta qilishayotgan payt radiodan prezident 
Rozvaldning balandparvoz nutqi eshitila boshladi: 
 
«Aziz qardoshlarim! Mana navbatdagi oktyabr oyini ham 
ko'ngildagiday o'tkazib oldik. Endi esa ushbu oyda bo'lib o'tgan eng 
katta o'zgarishlar haqida qisqacha aytib o'tsam: 
Avvalo, tug'ilish va ko'payish ko'rsatkichi avvalgidan 31 foizga kamaydi. 
Bu bir oy uchun juda katta natija! Agar hammasi shu zaylda ketadigan 
bo'lsa, "YSM" da yashash yoshini 45 emas, 50 yoshgacha ham ko'tara 
olishimiz mumkin 
–Ellik yosh emish,-Emma istehzo bilan kulib qo'ydi,-Nega davlat 
amaldorlari o'z ajaligacha yashashi mumkin-u, lekin oddiy xalq 45 
yoshgacha yashashi kerak? Bu ham Rozvaldga qarshi ko'tariladigan 
norozilik harakatlariga yana bir turtki bo'la oladi. 

–Agar davlat amaldorlari ham 45 yil yashaganida, men hozir o'lib ketgan 
bo'lardim,-dedi "Oq-qora" gazetasini varoqlab o'tirgan William,–O yo'q! 
Anavi tentak jurnalist bizga urush e'lon qilganga o'xshaydi. 
 
Barcha bolalar Williamning yoniga yig'ilib olishdi. William esa qo'lidagi 
maqolani o'qishni boshladi: 
 
«Avvalambor hammaga salom, aziz obunachilar! Sizga mamnuniyat 
bilan tez orada meni gumdon qilishlari mumkinligini aytib 
qo'ymoqchiman. Nima sababdan dersiz, albatta sababi bor. 
Yaqinda sodir bo'lgan bir necha ko'ngilsizliklar tufayli William Minerva 
va to'satdan paydo bo'lib qolgan 16 nafar bola haqida surishtirib 
ko'rishni niyat qildim. Ammo ular menga tahdid qilishdi. Agar uylarini 
tark etmasam, o'ldirishlarini aytib qo'rqitishdi. Azizlar, mulohaza qilib 
ko'ring, axir "YSM" da "Bir oila uchun bir nafar farzand" siyosati 
qo'llanmaydimi? Bu qanday uchiga chiqqan betgachoparlik bo'ldi? 
Davlat amaldorlari kimnidir o'ldirishi yoki qonunlarni buzishi 
mumkinmi? Bunga prezident Rozvald qanday qarayapti? Nega u 
barchasini bilaturib bosh vazirni jazolamayapti? Biz, butun xalq bunga 
izoh kutyapmiz! Demak biz ham o'zimiz bilan xohlagancha bola olib 
qolib, boqishimiz mumkinmi? William u bolalarni qayerdan olib keldi 
o'zi? Yoki bu avvaldan sir tutilganmi? Xushyorroq bo'ling, azizlar! 
Oyoqqa turing! Bu siyosatga qarshi chiqing! Bizga adolat kerak! 
Yashasin adolat!!!» 
 
–Oldiga borib, boshiga to'pponcha tirasang, adolat deb yozgan qo'llari 
bilan poyinga tiz cho'kadi,-shivirladi hafsalasi pir bo'lgan William,-
Mana shunaqalarni haqiqiy tilyog'lamachi deyish mumkin. 
–Demak vaqtimiz kam qolibdi,-dedi Rey,-Agar bizga qarshi oyoqqa 
turishsa, Rozvaldni fosh qilishga ulgurmay qolishimiz mumkin. 
–Ulguramiz!-Emma o'rnidan turib, qo'liga Roza Martaning ovozini 
yozib olgan g'ishta o'xshash ko'p funksiyali telefonni oldi,-Chunki 
Rozvald bugunoq fosh bo'ladi... 

 
 
Oradan 3 soat o'tdi 
Martaning maqolasi "YSM" dagi ko'pchilikning jahlini chiqardi. Hatto 
ayrim hududlarda norozilik marosimlari ham boshlanib ketdi. William 
Emmani "YSM" hokimiyati binosiga olib kelib, prezident Rozvaldning 
xonasigacha kuzatib bordi. Rozvaldning kotibasiga ataylab ish buyurib, 
Emmani Rozvaldning yoniga kirib ketishini ta'minlab berdi. 
 
Qop-qora yaltiroq eshikni ochib, Rozvaldning yam-yashil xonasiga 
kirgan Emma kreslosida otridagi derazaga o'girilib o'tirgan prezident 
Rozvaldni ko'rdi. Rozvald unga o'girilib, qo'lidagi endi gul ochayotgan 
kaktusni stol ustiga qo'yib qo'ydi. 
–Xush kelibsan, Emma... 
 
5-QISM 
QUMURSQA 
 
Emma orqasiga ovoz yozadigan telefonni yashirib, Rozvaldning 
xonasiga kirib keldi. Rozvald uni yaxshi kutib olib, o'tirishni taklif qildi. 
–Ko'rishmaganimizga ham ikki oydan oshibdi. Har oy kelib tursang 
bo'larkan. "YSM" ga ko'nikib qoldingmi? 
–Rahmat. Hammasi yaxshi,-Emma jilmayib, telefonning ovoz yozib 
oladigan tugmasini bosdi,-O'zingizda nima gaplar? Bu oy ko'payish 31 
foizga kamayibdimi? O'ziyam vampirlarga juda ko'p bola 
jo'natganmisiz, deyman? 
 
Rozvaldning yuzidagi jilmayishning o'rnini jiddiylik egallab, qo'liga 
yana kaktusini oldi. 

–Mana shu kaktusni ko'ryapsanmi, Emma? Bu har 10 yilda gullaydi. 
Uning gulini ko'rish ham o'zgacha zavq. Tan olishim kerak, sen ham 
shundaysan. Sendaka odamlar har o'n mingtadan bitta tug'iladi. Kel endi 
yaxshilikcha gaplashib olamiz, agar yana bir marta og'zingdan shunaqa 
gap chiqadigan bo'lsa, seni ham, o'sha oilangni ham, Williamni ham 
o'ldiraman. Bu ish men uchun muammo emas. Ayniqsa Marta 
Gudmenning maqolasidan keyin...Ha aytgancha, uni o'qidingmi? 
–O'qidim. Men siz bilan tuzilgan bitimni buzmoqchiman. Men barchaga, 
hatto o'sha haqiqatni bilmaydigan bechora Marta Gudmenga ham 
haqiqatni aytaman. Bir tasavvur qilib ko'ring-a, ertangi ro'znomalarda 
chaqaloqlarni vampirlarga sotib, ularga yashirincha xizmat qiladigan va 
"YSM" ni aldab keladigan prezident haqida yozilsa... 
Menda bir savol bor, sizdan avvalgi prezidentlar ham shunday qilganmi? 
–Hech narsa qila olmaysan, Emma. Bu gaplaring quruq tuxmat, xolos. 
Hech kim senga ishonmaydi. Shunchaki o'lishni xohlamasdan o'ylab 
topilgan yolg'on deb qabul qilishadi. 
–Lekin bizda dalillar bo'lsa-chi?-so'radi Emma jilmayib,-Axir biz 
Anabella xonim bilan do'stmiz. Uning shtabiga chaqaloq yetkazib 
beruvchi josuslar tutilib, barchaning yonida so'roq qilinsa nima deyishar 
ekan? 
 
–Bu bilan meni qo'rqib ketdi deb o'ylayapsanmi?-so'radi Rozvald stolni 
tiqirlatib,-Men nima qilgan bo'lsam "YSM" uchun, uning kelajagi uchun 
qildim! Odam qanchalik kam bo'lsa, hudud shuncha uzoqqa yetadi! Bu 
siyosatni men o'ylab topmaganman, bu ming yildan beri davom etib 
kelayotgan ta'limot. Mening ishlarimga aralashma, Emma. 
–Yaxshi,-Emma jilmayib o'rnidan turdi,-Unda men ketdim. Ha 
aytgancha, kecha tug'ilgan kunim edi. Tabriklamadingiz ham. 
–Tabrikni bugunoq olasan. Seni ogohlantirgandim, shundaymi? Sen 
mendan qo'rqmayapsanmi? Meni fosh qilmoqchimisan? Meni yo'lingdan 
olib tashlamoqchimisan? Qayerdagi fermada qolib ketgan notavon 
bolalarni deb, to'g'rimi? Seni o'ldiraman! Nafaqat sen, balki butun oilang 
ertangi tongni ko'rmay o'lib ketishadi. Bu men uchun muammo emas. 

–Bas!-baqirib yubordi Emma,-Mening oilamni sizga o'xshagan shoqollar 
notavon deyishga haqqi yo'q! Bu mening oilam! Oilamni hech kim 
yomonlashiga yo'l qo'yib qo'ymayman. Ayniqsa sizga o'xshagan 
yebto'ymas tekinxo'rlar. 
 
Rozvald ko'zlarini yumib, istehzo bilan kulib qo'ydi. 
–Telefonni menga ber, Emma. 
–Telefon...yana qanaqa... 
–Hoziroq telefonni ber!-Rozvald baqirib, cho'ntagidan kumushrang 
to'pponcha chiqardi,-Meni shunchalik darajada ahmoq deb o'yladingmi? 
Men boshqarayotgan imperiyani allaqanday qumursqa yer bilan bitta 
qilishiga yo'l qo'ymayman... 
–Kim yer bilan bitta qilar ekan? O'sha qumursqa men emas, sizsiz janob 
Rozvald!-Emma yonida o'sib yotgan kaktus ekilgan gultuvakni olib, 
Rozvaldga uloqtirdi. O'zi esa zudlik bilan tashqariga otildi. 
–Jin ursin seni! Bu yerdan baribir tirik chiqmaysan, Emma! 
 
Emma kotibaning ham xonasidan chiqib, yo'lak oxiridagi liftga qarab 
chopdi. Lift ochilishi uchun ko'p vaqt ketib qoldi. U ichkariga kirib, 
"yerto'la" tugmasini bosishi bilan endigina yopilayotgan lift eshiklarini 
Rozvaldning qimmatbaho charm etik kiyib olgan oyog'i to'sib qoldi. 
 
Rozvald ichkariga kirib, qo'lidagi to'pponcha bilan Emmaning yoniga 
turib oldi. 
–G'ing deydigan bo'lsang, kallangdan darcha ochib qo'yaman. O, 
yerto'laga berkinmoqchimiding? Meni ahmoq qilaman deb o'yladingmi? 
–Vijdoningizga quloq soling, janob Rozvald. Yana qachongacha 
hammani aldab kelmoqchisiz? 
–Yaxshi va adolatli rahbarda vijdon bo'lmaydi. Hayot qonuni shunday... 
 

 
Lift ikki daqiqada bino yerto'lasiga tushdi. Ungacha uch kishi Emma va 
Rozvald turgan liftdan foydalanib bo'lgandi. Ular yerto'laga tushishlari 
bilan Emma Rozvaldning oyog'ini qattiq bosib, tashqariga otildi. 
–Hoziroq to'xta, Emma! Yugurishdan foyda yo'q! Aks holda seni 
o'ldiraman! 
 
Emma Rozvaldning gapiga quloq solib o'tirmay, yerto'la bo'ylab yugurib 
ketishda davom etdi. Rozvald bir necha marta uning oyog'i ostiga o'q 
uzdi. Lekin Emma yugurishda davom etardi... 
 
Ular qorong'i va zax yerto'laning oxiriga yetib kelgach, devor ostida 
nima qilishni bilmay qo'lga tushib qolgan Emma asta Rozvaldga qarab 
o'girildi. 
–Hoziroq qo'lingdagi telefonni menga ber. Aks holda, seni o'ldiraman. 
–Sizga yozuv kerakmi? Axir unda aybingizni tan olgan ovozingiz 
yozilgan-ku, shundaymi?-Emma jilmayib telefonni ko'rsatdi. 
–Seni boshidanoq yo'q qilishim kerak edi, Emma. La'nati o'zmoshimcha 
o'zidan ketgan va o'ziga o'ta darajada ishonib yuborgan qiz...meni shu 
yo'l bilan fosh qila olaman deb o'ylaganmiding? Meni-ya?! Prezidentni-
ya?! Sen ahmoqsan... 
–Menimcha esa fosh qilib bo'ldim,-Emma jilmayib, qo'lidagi telefonni 
Rozvaldga uloqtirdi,-Xohlasangiz uni yo'q qiling. 
–Nima?...Bu bilan nima demoqchisan?! 
 
–Janob Rozvald,-Rozvaldning ortidan erkak kishining ovozi eshitildi,-
Siz hibsga olindingiz. Hech narsa demasligingiz mumkin, aks holda 
so'zlaringiz sudda sizga qarshi ishlatiladi. 
 

Bu William Minerva boshchiligidagi politsiya xodimlari edi. Ular 
avvaldan yerto'lada bo'lishgan. Emma va Rozvaldning suhbatini eshitish 
uchun. 
 
Rozvald qo'llarini musht qilib tugib, g'azabdan g'ichirlayotgan tishlarini 
ko'rsatgancha Emmaga to'pponcha tiradi. 
–Sen yaramas! Bu uchun javob berasan! Bu o'yininglar menga o'tmaydi! 
–Hoziroq qurolni tashlang!-baqirdi William Rozvaldga yaqinlashib. 
–Hech kim yaqinlashmasin! Aks holda qizga o'q uzaman! Hamma ortga! 
–Sizdan qo'rqmayman, janob Rozvald,-Emma shunday deb u tomonga 
yaqinlasha boshladi,-Agar meni o'ldirsangiz, sizga qarshi aniq dalil 
topiladi. Yaxshisi qurolni tashlab taslim bo'ling. 
–Yo'q...men taslim bo'lmayman! Taslim bo'lmayman! Men ketsam, sen 
ham men bilan ketasan!-Rozvald qo'lidagi to'pponchasini Emmaga 
o'qtab, unga o'q uzdi. Butun yerto'la bo'ylab aks-sado bilan qaytarilgan 
dahshatli va vahimali o'q ovozi eshitilib, Emmaning yuragiga tegdi. Shu 
onda William ham, qolganlar ham, g'olibona tirjayib turgan Rozvald 
ham yerga qulayotgan Emmaga indamay qarab qolishdi... 
 
Emmaning ko'zlari asta yumilib, xushini yo'qotdi... 
Oradan qancha vaqt o'tgani noma'lum. Lekin u ko'zini ochganida, 
qulog'iga juda ham tanish kuy eshitildi. Emma o'ridan turib, 15 yil 
yashab katta bo'lgan yetimxonasining hovlisidagi maysa ustida yotganini 
sezdi. Uning ortidagi olma daraxti tagidan esa hali ham yoqimli kuy 
ovozi tinmasdi. Bu Karaning allasi. Bunday allani boshqa hech kim 
bunday yoqimli tarzda aytolmaydi. 
 
Emma qaltirayotgan oyoqlari bilan daraxt yoniga qadam bosdi. U 
daraxtga yaqinlashgan sayin ko'ziga yetimxonadan "ota-onasi" ga 
topshirish uchun olib ketilgan bolalar ko'rina boshladi. Ularning orasida 

Keny ham bor. Eng tepada esa olma daraxtiga suyanib olgan Kara 
o'tiribdi. 
–Oyi...men o'ldimmi?-so'radi Kara bolalar va oyisi tomonga yaqinlashib. 
 
Kara aytayotgan allasini to'xtatib, ko'zlarini yumib tabassum qildi. 
–Bu dunyoda hamma o'ladi, qizalog'im. Hech kimning hayoti abadiy 
emas. 
–Lekin men hali ishimni bitirmadim! Vazifamni bajarmadim-ku! 
Qanaqasiga o'laman? 
–Men ham hali vazifamni to'liq bajarmagandim. O'rganib ketasan. 
Bularga qara, qanday beg'ubor uhlab yotishibdi... 
–Nega bunday qildingiz? Axir hammasini yetimxona sirini bilib qolgan 
paytimizdayoq aytib berishingiz mumkin edi-ku? Modomiki biz tarafda 
bo'lgan ekansiz, nega boshidan yordam qo'lini cho'zmadingiz, oyi? 
–Agar shunday qilsam qarshimda sen emas, qo'rqoq, ojiz, irodasiz va 
kuchsiz qiz turgan bo'lardi. Qarshimda ikki yo'l bor edi, biri sizlarni 
shtabda tarbiyalash, yana biri esa fermada azob berish. Azizam, men 
qo'limdan kelganini qildim. Bu sening ulg'ayishing uchun yordam berdi 
degan umiddaman. 
–Oyi... 
–Hoy, meni hali ham oyi deb chaqiryapsanmi? 
–Ha, nima bo'libdi? 
 
Kara ko'zlarini yumib, chuqur xo'rsinib qo'ydi. 
–Meni kechirishingni kutmayman. Chunki o'zim ham o'zim qilgan 
gunohlarni kechira olmayman. Shunday ekan meni oyi deb chaqirishing 
shart emas. Meni yomon ko'rishda davom etishing mumkin... 
 
Emma hech narsa demay, Karaning bag'riga otildi. Keyin esa uni qattiq 
quchoqlab, qulog'iga shivirladi: 

–Rahmat sizga, OYI... 
–Endi tur, Emma. Uyg'on. Hali qiladigan vazifalaring juda ham ko'p. 
Men qilgan xatolarimni to'g'irlashing va sizga yozgan iltimosimni 
bajarishing kerak. Ularni qutqar. Bolalarim va oilang allaqanday 
mahluqlarga yem bo'lishiga yo'l qo'yma... 
 
 
* * * 
Emma chuqur nafas olib, qandaydir yop-yorug' xonada ko'zini ochdi. 
Uning tepasida xavotirlanganidan rangi o'chib ketgan bolalar va William 
Minerva turishardi. Emma ko'zlarini ishqalab, o'tirishga urindi. 
–Men qayerdaman...nima bo'ldi o'zi? 
–Kasalxonadasan,-javob berdi William,-Yaxshiyamki o'q men sovg'a 
qilgan medalyonga tegibdi. Bo'lmasa sendan ayrilib qolgan bo'lardik. 
–Rozvald! U nima bo'ldi? Qo'lga olishdimi? 
–Ha,-Rey qo'lidagi gazetani Emmaga uzatdi,-O'qib chiqsang bilasan. 
 
Emma gazetani o'qiy boshlagach, o'q tekkanidan beri bir kun xushsiz 
yotganini tushunib yetdi. Gazetadagi maqolada shunday so'zlar 
yozilgandi: 
 
"Bugun ertalab "YSM" prezidenti janob Rozvaldning chindan ham 
aybdorligi tasdiqlandi. Bugun tushda bo'ladigan sud jarayonida sobiq 
prezident Rozvaldning qilgan jinoyati hamda vampirlar bilan tuzgan 
bitimi ko'rib chiqilib, unga qarshi jazo tayinlanadi. Agar vampirlar 
fermasi va u yerda boqiladigan bolalar haqidagi xabar rost bo'lib 
chiqsa, ayni damda prezidentlik uchun loyiq ko'rilayotgan yagona 
nomzod William Minerva vampirlarga qarshi urush ochishga va bu 
yolg'onlarga barham berishga va'da berdi. Ammo "YSM" bu urushga 
tayyormi? Biz vampirlardan o'z dunyoyimizni tortib olishga kuchimiz 
yetadimi? Bu savollar hanuzgacha javobsiz qolmoqda..." 

 
–Rozvaldning sudiga boramizmi?-so'radi Emma gazetani o'qib bo'lib. 
–Menimcha shart emas. Lekin sud zalidan olib chiqishganidan keyingi 
ahvolini ko'rishni juda ham xohlagan bo'lardim. Ungacha senga ham 
javob berishsa kerak. 
–Dada, siz biz bilansiz-a? Agar prezident lavozimiga ko'tarilsangiz, 
vampirlarga qarshi urush ochasizmi? 
 
William Emmaning qo'lidan ushlab, g'amgin ohangda javob berdi: 
–Va'da berolmayman, qizim. Chunki "YSM" xalqi azaldan qo'rqoq 
bo'lib kelgan. Ularni oyoqqa turg'azish oson ish emas. Agar ularni 
urushga chorlasam, meni ham Rozvaldga o'xshab lavozimimdan 
chetlatishadi. 
–Lekin dada, harakat qilib ko'rasiz-a? Albatta urinib ko'rasiz! 
–Ha, Emma. Harakat qilaman. Agar vampirlarga qarshi urush ochilsa, 
birinchi bo'lib ukamni qutqaraman... 
 
 
Oradan bir necha soat o'tib, kechga yaqin Emmaga javob berishdi. U 
oyoqqa turib, bolalar va William bilan Rozvald sud qilinayotgan binoga 
bordi. Ular yarim soatcha kutib turishgach, sud tugab, qo'llariga kishan 
solingan Rozvaldni yetaklab olib chiqishdi. Uning mo'ylovli basharasi 
ko'rinishga urinmay, yuzlab jurnalistlar uning atrofiga don sepilgandan 
keyingi tovuqlarday yopishib ketishdi. 
–Janob Rozvald, siz buni qanday izohlaysiz? 
–Janob Rozvald, vampirlar bolalarni nima qilishadi? 
–Janob Rozvald, vampirlar bilan qachondan beri hamkorlik qilasiz?... 
 
Rozvald sud binosidan tushib bo'lgach, uning atrofidan haydalgan 
jurnalistlarga qarab faqatgina birgina gapni aytdi: 

–Men nima qilgan bo'lsam ham, "YSM" uchun, uning kelajagi uchun 
qildim. Hali ko'ramiz, aholi ko'payib, shaharda oyoq qo'yishga joy 
qolmaganda qanday ahvolga tushib qolar ekansiz... 
 
3-ferm 
Linda bolalarni tashqarida qoldirib, shtabga har doimgi hisobot berish 
uchun maxfiy yerto'laga tushdi. U radiolar o'rnatilgan stolga o'tirib, 
shtab bilan aloqaga chiqdi: 
–Alo, shtab, bugun 3-fermada hech qanday ko'ngilsiz hodisa yuz 
bermadi. Hisobot beruvchi 6319... 
–Alo, 6319, meni eshityapsanmi?-radiodan shtab buvisining ovozi 
eshitila boshladi. 
–Buvi...ha sizni eshityapman! 
–Juda soz, 6319. Sening ixtiyoringdagi ferma shuncha talofat ko'rganligi 
hisobga olinib, deyarli 1 yilgacha hech qanday hosil yig'ib olinmadi. 
Ammo endi hosil terimi vaqti keldi deb o'ylayman. 
–Nima?!-Lindaning nafasi tiqilib, duduqlanib qoldi,-Ammo hali biroz 
erta-ku! 
–Bu mening ixtiyorimda emas. Lord Lyuvisdan kelgan buyruq. Keyingi 
oyda fermangdan qon analizi va testlari yaxshi chiqqan bola hosil terimi 
uchun olib ketiladi. Xo'sh, hisobotlarga qaraydigan bo'lsak..."2121" 
raqamli bola. 
–Ted?! Lekin buvi... 
–Ortiq hech narsa eshitishni xohlamayman. Aloqa tamom... 
Download 409.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling