Ferma 4-fasl
Download 409.05 Kb. Pdf ko'rish
|
FERMA 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oradan 3 soat otdi
- 5-QISM QUMURSQA
Oradan 2 soat o'tdi Bolalar o'rinlaridan turib, yana o'z ishi bilan mashg'ul bo'la boshlashdi. Hamma o'z-o'zi bilan ovora bo'lib turgan payt Mayk Reyni Williamning shaxsiy kutubxonasiga chaqirdi. Rey ichkariga kirishi bilan uning yoqasidan ushlab, kitob javoniga mahkam tiradi. –Sen atayin qilding! Ataylab qilding, Rey! –Nimani ataylab qildim? Gaplaringga tushunmayapman. –Tushunib turibsan! Senga barchasini yetimxonada yashayotgan paytimizdayoq aytib bergandim! Sen ataylab qilding! Nima xohlaysan o'zi?! Rey Maykni nariga itarib, yoqasini to'g'irlab oldi. Keyin esa yonida turgan javondan "YSM" qonunlari kitobini olib, Maykka uloqtirdi. –Ma, ushla. O'qib o'tir. Men esa u bilan miriqib gurunglashaman. –Rey! –Sen qo'rqoqsan, Mayk. Yo'q, qo'rqoq emas, jur'atsizsan. Unga ichingdagi barcha gapni aytishing mumkin edi. Ikki marta...ikki marta aytmoqchi bo'lding. Lekin uddalay olmading. Birida oyim seni yetimxonadan jo'natayotgan edi. Yana birida esa virus sabab o'layotgan eding. Senda imkon bor edi. Hatto hozir ham. Lekin sen jur'atsizlik qilding. Jur'atsizlikning oqibati esa shunday bo'ladi... –Sendan nafratlana boshlamasligim uchun hech bo'lmasa bitta sabab keltir, Rey! –Sabab? Sabablar juda ko'p. Lekin vaqtimni sarflab ularni senga birma bir aytib berish niyatim yo'q. Yomon ko'rsang ko'raver. Bu sening ishing... Emmaning tug'ilgan kuni qanchalik uzoq kutilgan bo'lsa, shunchalik tez o'tib ketdi. Darrov kech tushib, William ishdan ertaroq qaytdi. U o'zi bilan olib kelgan katta oppoq tortni stol ustiga qo'yib, shamlar yoqib chiqdi. Keyin esa barcha bolalarni stol atrofiga yig'di. Emmaning oldiga Maykdan birinchi Rey o'tirib oldi. Ikkinchi tarafiga esa William joylashdi. –Demak, uzoq cho'zib o'tirmaymiz,-dedi William,-Tezroq tilak tilab, shamni o'chir. Keyin esa tortni bolalarga bo'lib beramiz. Emma ko'zlarini yumib, ichida niyat bildirdi. Keyin esa barcha shamlarni bir puflashda o'chirib, pichoq bilan tortning katta bo'lagini kesib Williamga uzatdi. –Dada, menga sovg'alaringiz juda ham yoqdi. Lekin men so'ragan sovg'ani ham bera olasizmi? –Emma... –Gapiring. Yoki ha, yoki yo'q deng. Biz bilan birga "YSM" prezidentini fosh qilasizmi? –Agar rejamiz o'xshamasa, u hammamizni o'ldirishini bilasan-a? –Ha, dada. Lekin rejamiz o'xshashiga ishonchim komil. Biz uddalaymiz. William Emma uzatgan tortni olib, chuqur xo'rsinib qo'ydi. –Menimcha bu hayotimdagi eng katta xatolarimdan biri bo'lsa kerak...roziman. –Shunday qarorga kelishingizni bilgandim!-Emma quvonch bilan qichqirib yubordi,-Ana endi menga haqiqiy tug'ilgan kun kayfiyati kirdi. Xo'sh, yana kim tort xohlaydi? Barcha bolalar "Men! Men!" deb baqira boshlashdi. Emma esa qo'liga pichoqni olib, barcha bolalarga tortni teppa-teng qilib bo'lib berdi. Emmaning bu tug'ilgan kuni o'tgan yilgisidan farqli o'laroq quvonch va baxt ichida o'tdi. Hamma bu kunni xursandchilik bilan nishonladi. Yarim tun yaqinlashib, bolalar uyqusiray boshlagach, Emma o'rnidan turib Luna va Rozaga bolalar xonasini tozalab, tartibga keltirib qo'yishni buyurdi. O'zi esa ularning yuz-qo'llarini yuvdirdi. –Roza, kechagi ahmoq jurnalistning ovozini yozuvini o'chirib tashlamaganmiding?-so'radi Emma qo'liga gazeta olib. –O'chirib tashladim. Axir o'zing aytding-ku. –Menimcha biroz shoshilibsan. Bu yerda yozilishicha ertangi sonda "Oq-qora" gazetasida jurnalist Marta Gudmenning William Minerva haqidagi maqolasi chiqar ekan. –Axir o'zing o'chirib tashla deding! Endi esa biroz shoshilibsan deyapsan. Ayb o'zingda. –Roza, men hali seni ayblamadim. Mayli, o'chsa o'char. O'sha ahmoq jurnalistning maqolasidan hech kim qo'rqmaydi. –Yaxshi. Agar direktorimizning boshqa gaplari bo'lmasa, uhlagani yotmoqchi edim. –Bu yana qanaqa hazil bo'ldi? Men kimgadir buyruq beribmanmi? Yoki tortni senga kichikroq kesib berganim uchun xafamisan? –Yana qanaqa tort?! Sen...sen ahmoqsan. Xayrli tun! Roza ichkariga kirib ketishi bilan qo'liga radio ushlab olgan Mayk paydo bo'ldi. Radiodan "YSM" ning madhiyasi eshitilib turardi. U Emmaning yoniga o'tirib, radioni stol ustiga qo'yib qo'ydi. –Rey bilan gaplashmadingmi? Har holda boyagi tabrigidan so'ng barcha hayron qoldi. –Buning nima ahamiyati bor?-so'radi Emma,-Kimgadir o'z shaxsiy hayotim haqida gapirib berishni istamayman. –Shaxsiy hayot?-qaytardi Mayk,-Qachondan beri shaxsiy hayoting paydo bo'lib qoldi? Axir oilamiz bilan birga yashamasmiding? –Shundoq ham oilamiz bilan yashayapman. O'zing ham tushunib turibsan, Mayk. Ayrim narsalar o'ta shaxsiy bo'ladi va ularni boshqa birovga oshkor qilish shart emas. –Boshqa birov? Axir biz do'stlarmiz-ku...bolalikdan birga o'sganmiz. Eng yaqin do'stlar. –Do'st?-Emma kulgu aralash savol berdi,-Bilasanmi Mayk, men Reyning tuyg'ularini javobsiz qoldirishni istamayman. Hozirgacha ham o'ylanib o'tirgandim, ammo endi qaror qabul qildim. U aqlli, qo'rqmas, ayyor, har qanday vaziyatdan chiqib keta oladi. Biz uchun o'zini o'ldirmoqchi ham bo'lgan. Nega endi uni chetda qoldirishim kerak? –Emma...bu shart emas-ku. Axir bir oilamiz... –Sening nima ishing bor? Axir sen ham Reyni yaxshi ko'rasan-ku, to'g'rimi? U bilan qadrdon do'stsizlar. Men yotib uhlamoqchiman. Bayram uchun rahmat. Xayrli tun. –Emma... –Biror ishni qilmoqchimisan, kechiktirmay shu ishni qilishing kerak. Kech bo'lganda afsuslanib o'tirmaslik uchun. Mening esa hozir uyqim kelyapti. Ertaga Rozvaldni fosh qilamiz. Yaxshi dam ol. Ertasiga ertalabdan radioda "YSM" madhiyasi yangrab, bolalarni uyg'otdi. Ular o'rinlaridan turib, kechagi ziyofatdan ortib qolgan noz- ne'matlar bilan nonushta qilishayotgan payt radiodan prezident Rozvaldning balandparvoz nutqi eshitila boshladi: «Aziz qardoshlarim! Mana navbatdagi oktyabr oyini ham ko'ngildagiday o'tkazib oldik. Endi esa ushbu oyda bo'lib o'tgan eng katta o'zgarishlar haqida qisqacha aytib o'tsam: Avvalo, tug'ilish va ko'payish ko'rsatkichi avvalgidan 31 foizga kamaydi. Bu bir oy uchun juda katta natija! Agar hammasi shu zaylda ketadigan bo'lsa, "YSM" da yashash yoshini 45 emas, 50 yoshgacha ham ko'tara olishimiz mumkin –Ellik yosh emish,-Emma istehzo bilan kulib qo'ydi,-Nega davlat amaldorlari o'z ajaligacha yashashi mumkin-u, lekin oddiy xalq 45 yoshgacha yashashi kerak? Bu ham Rozvaldga qarshi ko'tariladigan norozilik harakatlariga yana bir turtki bo'la oladi. –Agar davlat amaldorlari ham 45 yil yashaganida, men hozir o'lib ketgan bo'lardim,-dedi "Oq-qora" gazetasini varoqlab o'tirgan William,–O yo'q! Anavi tentak jurnalist bizga urush e'lon qilganga o'xshaydi. Barcha bolalar Williamning yoniga yig'ilib olishdi. William esa qo'lidagi maqolani o'qishni boshladi: «Avvalambor hammaga salom, aziz obunachilar! Sizga mamnuniyat bilan tez orada meni gumdon qilishlari mumkinligini aytib qo'ymoqchiman. Nima sababdan dersiz, albatta sababi bor. Yaqinda sodir bo'lgan bir necha ko'ngilsizliklar tufayli William Minerva va to'satdan paydo bo'lib qolgan 16 nafar bola haqida surishtirib ko'rishni niyat qildim. Ammo ular menga tahdid qilishdi. Agar uylarini tark etmasam, o'ldirishlarini aytib qo'rqitishdi. Azizlar, mulohaza qilib ko'ring, axir "YSM" da "Bir oila uchun bir nafar farzand" siyosati qo'llanmaydimi? Bu qanday uchiga chiqqan betgachoparlik bo'ldi? Davlat amaldorlari kimnidir o'ldirishi yoki qonunlarni buzishi mumkinmi? Bunga prezident Rozvald qanday qarayapti? Nega u barchasini bilaturib bosh vazirni jazolamayapti? Biz, butun xalq bunga izoh kutyapmiz! Demak biz ham o'zimiz bilan xohlagancha bola olib qolib, boqishimiz mumkinmi? William u bolalarni qayerdan olib keldi o'zi? Yoki bu avvaldan sir tutilganmi? Xushyorroq bo'ling, azizlar! Oyoqqa turing! Bu siyosatga qarshi chiqing! Bizga adolat kerak! Yashasin adolat!!!» –Oldiga borib, boshiga to'pponcha tirasang, adolat deb yozgan qo'llari bilan poyinga tiz cho'kadi,-shivirladi hafsalasi pir bo'lgan William,- Mana shunaqalarni haqiqiy tilyog'lamachi deyish mumkin. –Demak vaqtimiz kam qolibdi,-dedi Rey,-Agar bizga qarshi oyoqqa turishsa, Rozvaldni fosh qilishga ulgurmay qolishimiz mumkin. –Ulguramiz!-Emma o'rnidan turib, qo'liga Roza Martaning ovozini yozib olgan g'ishta o'xshash ko'p funksiyali telefonni oldi,-Chunki Rozvald bugunoq fosh bo'ladi... Oradan 3 soat o'tdi Martaning maqolasi "YSM" dagi ko'pchilikning jahlini chiqardi. Hatto ayrim hududlarda norozilik marosimlari ham boshlanib ketdi. William Emmani "YSM" hokimiyati binosiga olib kelib, prezident Rozvaldning xonasigacha kuzatib bordi. Rozvaldning kotibasiga ataylab ish buyurib, Emmani Rozvaldning yoniga kirib ketishini ta'minlab berdi. Qop-qora yaltiroq eshikni ochib, Rozvaldning yam-yashil xonasiga kirgan Emma kreslosida otridagi derazaga o'girilib o'tirgan prezident Rozvaldni ko'rdi. Rozvald unga o'girilib, qo'lidagi endi gul ochayotgan kaktusni stol ustiga qo'yib qo'ydi. –Xush kelibsan, Emma... 5-QISM QUMURSQA Emma orqasiga ovoz yozadigan telefonni yashirib, Rozvaldning xonasiga kirib keldi. Rozvald uni yaxshi kutib olib, o'tirishni taklif qildi. –Ko'rishmaganimizga ham ikki oydan oshibdi. Har oy kelib tursang bo'larkan. "YSM" ga ko'nikib qoldingmi? –Rahmat. Hammasi yaxshi,-Emma jilmayib, telefonning ovoz yozib oladigan tugmasini bosdi,-O'zingizda nima gaplar? Bu oy ko'payish 31 foizga kamayibdimi? O'ziyam vampirlarga juda ko'p bola jo'natganmisiz, deyman? Rozvaldning yuzidagi jilmayishning o'rnini jiddiylik egallab, qo'liga yana kaktusini oldi. –Mana shu kaktusni ko'ryapsanmi, Emma? Bu har 10 yilda gullaydi. Uning gulini ko'rish ham o'zgacha zavq. Tan olishim kerak, sen ham shundaysan. Sendaka odamlar har o'n mingtadan bitta tug'iladi. Kel endi yaxshilikcha gaplashib olamiz, agar yana bir marta og'zingdan shunaqa gap chiqadigan bo'lsa, seni ham, o'sha oilangni ham, Williamni ham o'ldiraman. Bu ish men uchun muammo emas. Ayniqsa Marta Gudmenning maqolasidan keyin...Ha aytgancha, uni o'qidingmi? –O'qidim. Men siz bilan tuzilgan bitimni buzmoqchiman. Men barchaga, hatto o'sha haqiqatni bilmaydigan bechora Marta Gudmenga ham haqiqatni aytaman. Bir tasavvur qilib ko'ring-a, ertangi ro'znomalarda chaqaloqlarni vampirlarga sotib, ularga yashirincha xizmat qiladigan va "YSM" ni aldab keladigan prezident haqida yozilsa... Menda bir savol bor, sizdan avvalgi prezidentlar ham shunday qilganmi? –Hech narsa qila olmaysan, Emma. Bu gaplaring quruq tuxmat, xolos. Hech kim senga ishonmaydi. Shunchaki o'lishni xohlamasdan o'ylab topilgan yolg'on deb qabul qilishadi. –Lekin bizda dalillar bo'lsa-chi?-so'radi Emma jilmayib,-Axir biz Anabella xonim bilan do'stmiz. Uning shtabiga chaqaloq yetkazib beruvchi josuslar tutilib, barchaning yonida so'roq qilinsa nima deyishar ekan? –Bu bilan meni qo'rqib ketdi deb o'ylayapsanmi?-so'radi Rozvald stolni tiqirlatib,-Men nima qilgan bo'lsam "YSM" uchun, uning kelajagi uchun qildim! Odam qanchalik kam bo'lsa, hudud shuncha uzoqqa yetadi! Bu siyosatni men o'ylab topmaganman, bu ming yildan beri davom etib kelayotgan ta'limot. Mening ishlarimga aralashma, Emma. –Yaxshi,-Emma jilmayib o'rnidan turdi,-Unda men ketdim. Ha aytgancha, kecha tug'ilgan kunim edi. Tabriklamadingiz ham. –Tabrikni bugunoq olasan. Seni ogohlantirgandim, shundaymi? Sen mendan qo'rqmayapsanmi? Meni fosh qilmoqchimisan? Meni yo'lingdan olib tashlamoqchimisan? Qayerdagi fermada qolib ketgan notavon bolalarni deb, to'g'rimi? Seni o'ldiraman! Nafaqat sen, balki butun oilang ertangi tongni ko'rmay o'lib ketishadi. Bu men uchun muammo emas. –Bas!-baqirib yubordi Emma,-Mening oilamni sizga o'xshagan shoqollar notavon deyishga haqqi yo'q! Bu mening oilam! Oilamni hech kim yomonlashiga yo'l qo'yib qo'ymayman. Ayniqsa sizga o'xshagan yebto'ymas tekinxo'rlar. Rozvald ko'zlarini yumib, istehzo bilan kulib qo'ydi. –Telefonni menga ber, Emma. –Telefon...yana qanaqa... –Hoziroq telefonni ber!-Rozvald baqirib, cho'ntagidan kumushrang to'pponcha chiqardi,-Meni shunchalik darajada ahmoq deb o'yladingmi? Men boshqarayotgan imperiyani allaqanday qumursqa yer bilan bitta qilishiga yo'l qo'ymayman... –Kim yer bilan bitta qilar ekan? O'sha qumursqa men emas, sizsiz janob Rozvald!-Emma yonida o'sib yotgan kaktus ekilgan gultuvakni olib, Rozvaldga uloqtirdi. O'zi esa zudlik bilan tashqariga otildi. –Jin ursin seni! Bu yerdan baribir tirik chiqmaysan, Emma! Emma kotibaning ham xonasidan chiqib, yo'lak oxiridagi liftga qarab chopdi. Lift ochilishi uchun ko'p vaqt ketib qoldi. U ichkariga kirib, "yerto'la" tugmasini bosishi bilan endigina yopilayotgan lift eshiklarini Rozvaldning qimmatbaho charm etik kiyib olgan oyog'i to'sib qoldi. Rozvald ichkariga kirib, qo'lidagi to'pponcha bilan Emmaning yoniga turib oldi. –G'ing deydigan bo'lsang, kallangdan darcha ochib qo'yaman. O, yerto'laga berkinmoqchimiding? Meni ahmoq qilaman deb o'yladingmi? –Vijdoningizga quloq soling, janob Rozvald. Yana qachongacha hammani aldab kelmoqchisiz? –Yaxshi va adolatli rahbarda vijdon bo'lmaydi. Hayot qonuni shunday... Lift ikki daqiqada bino yerto'lasiga tushdi. Ungacha uch kishi Emma va Rozvald turgan liftdan foydalanib bo'lgandi. Ular yerto'laga tushishlari bilan Emma Rozvaldning oyog'ini qattiq bosib, tashqariga otildi. –Hoziroq to'xta, Emma! Yugurishdan foyda yo'q! Aks holda seni o'ldiraman! Emma Rozvaldning gapiga quloq solib o'tirmay, yerto'la bo'ylab yugurib ketishda davom etdi. Rozvald bir necha marta uning oyog'i ostiga o'q uzdi. Lekin Emma yugurishda davom etardi... Ular qorong'i va zax yerto'laning oxiriga yetib kelgach, devor ostida nima qilishni bilmay qo'lga tushib qolgan Emma asta Rozvaldga qarab o'girildi. –Hoziroq qo'lingdagi telefonni menga ber. Aks holda, seni o'ldiraman. –Sizga yozuv kerakmi? Axir unda aybingizni tan olgan ovozingiz yozilgan-ku, shundaymi?-Emma jilmayib telefonni ko'rsatdi. –Seni boshidanoq yo'q qilishim kerak edi, Emma. La'nati o'zmoshimcha o'zidan ketgan va o'ziga o'ta darajada ishonib yuborgan qiz...meni shu yo'l bilan fosh qila olaman deb o'ylaganmiding? Meni-ya?! Prezidentni- ya?! Sen ahmoqsan... –Menimcha esa fosh qilib bo'ldim,-Emma jilmayib, qo'lidagi telefonni Rozvaldga uloqtirdi,-Xohlasangiz uni yo'q qiling. –Nima?...Bu bilan nima demoqchisan?! –Janob Rozvald,-Rozvaldning ortidan erkak kishining ovozi eshitildi,- Siz hibsga olindingiz. Hech narsa demasligingiz mumkin, aks holda so'zlaringiz sudda sizga qarshi ishlatiladi. Bu William Minerva boshchiligidagi politsiya xodimlari edi. Ular avvaldan yerto'lada bo'lishgan. Emma va Rozvaldning suhbatini eshitish uchun. Rozvald qo'llarini musht qilib tugib, g'azabdan g'ichirlayotgan tishlarini ko'rsatgancha Emmaga to'pponcha tiradi. –Sen yaramas! Bu uchun javob berasan! Bu o'yininglar menga o'tmaydi! –Hoziroq qurolni tashlang!-baqirdi William Rozvaldga yaqinlashib. –Hech kim yaqinlashmasin! Aks holda qizga o'q uzaman! Hamma ortga! –Sizdan qo'rqmayman, janob Rozvald,-Emma shunday deb u tomonga yaqinlasha boshladi,-Agar meni o'ldirsangiz, sizga qarshi aniq dalil topiladi. Yaxshisi qurolni tashlab taslim bo'ling. –Yo'q...men taslim bo'lmayman! Taslim bo'lmayman! Men ketsam, sen ham men bilan ketasan!-Rozvald qo'lidagi to'pponchasini Emmaga o'qtab, unga o'q uzdi. Butun yerto'la bo'ylab aks-sado bilan qaytarilgan dahshatli va vahimali o'q ovozi eshitilib, Emmaning yuragiga tegdi. Shu onda William ham, qolganlar ham, g'olibona tirjayib turgan Rozvald ham yerga qulayotgan Emmaga indamay qarab qolishdi... Emmaning ko'zlari asta yumilib, xushini yo'qotdi... Oradan qancha vaqt o'tgani noma'lum. Lekin u ko'zini ochganida, qulog'iga juda ham tanish kuy eshitildi. Emma o'ridan turib, 15 yil yashab katta bo'lgan yetimxonasining hovlisidagi maysa ustida yotganini sezdi. Uning ortidagi olma daraxti tagidan esa hali ham yoqimli kuy ovozi tinmasdi. Bu Karaning allasi. Bunday allani boshqa hech kim bunday yoqimli tarzda aytolmaydi. Emma qaltirayotgan oyoqlari bilan daraxt yoniga qadam bosdi. U daraxtga yaqinlashgan sayin ko'ziga yetimxonadan "ota-onasi" ga topshirish uchun olib ketilgan bolalar ko'rina boshladi. Ularning orasida Keny ham bor. Eng tepada esa olma daraxtiga suyanib olgan Kara o'tiribdi. –Oyi...men o'ldimmi?-so'radi Kara bolalar va oyisi tomonga yaqinlashib. Kara aytayotgan allasini to'xtatib, ko'zlarini yumib tabassum qildi. –Bu dunyoda hamma o'ladi, qizalog'im. Hech kimning hayoti abadiy emas. –Lekin men hali ishimni bitirmadim! Vazifamni bajarmadim-ku! Qanaqasiga o'laman? –Men ham hali vazifamni to'liq bajarmagandim. O'rganib ketasan. Bularga qara, qanday beg'ubor uhlab yotishibdi... –Nega bunday qildingiz? Axir hammasini yetimxona sirini bilib qolgan paytimizdayoq aytib berishingiz mumkin edi-ku? Modomiki biz tarafda bo'lgan ekansiz, nega boshidan yordam qo'lini cho'zmadingiz, oyi? –Agar shunday qilsam qarshimda sen emas, qo'rqoq, ojiz, irodasiz va kuchsiz qiz turgan bo'lardi. Qarshimda ikki yo'l bor edi, biri sizlarni shtabda tarbiyalash, yana biri esa fermada azob berish. Azizam, men qo'limdan kelganini qildim. Bu sening ulg'ayishing uchun yordam berdi degan umiddaman. –Oyi... –Hoy, meni hali ham oyi deb chaqiryapsanmi? –Ha, nima bo'libdi? Kara ko'zlarini yumib, chuqur xo'rsinib qo'ydi. –Meni kechirishingni kutmayman. Chunki o'zim ham o'zim qilgan gunohlarni kechira olmayman. Shunday ekan meni oyi deb chaqirishing shart emas. Meni yomon ko'rishda davom etishing mumkin... Emma hech narsa demay, Karaning bag'riga otildi. Keyin esa uni qattiq quchoqlab, qulog'iga shivirladi: –Rahmat sizga, OYI... –Endi tur, Emma. Uyg'on. Hali qiladigan vazifalaring juda ham ko'p. Men qilgan xatolarimni to'g'irlashing va sizga yozgan iltimosimni bajarishing kerak. Ularni qutqar. Bolalarim va oilang allaqanday mahluqlarga yem bo'lishiga yo'l qo'yma... * * * Emma chuqur nafas olib, qandaydir yop-yorug' xonada ko'zini ochdi. Uning tepasida xavotirlanganidan rangi o'chib ketgan bolalar va William Minerva turishardi. Emma ko'zlarini ishqalab, o'tirishga urindi. –Men qayerdaman...nima bo'ldi o'zi? –Kasalxonadasan,-javob berdi William,-Yaxshiyamki o'q men sovg'a qilgan medalyonga tegibdi. Bo'lmasa sendan ayrilib qolgan bo'lardik. –Rozvald! U nima bo'ldi? Qo'lga olishdimi? –Ha,-Rey qo'lidagi gazetani Emmaga uzatdi,-O'qib chiqsang bilasan. Emma gazetani o'qiy boshlagach, o'q tekkanidan beri bir kun xushsiz yotganini tushunib yetdi. Gazetadagi maqolada shunday so'zlar yozilgandi: "Bugun ertalab "YSM" prezidenti janob Rozvaldning chindan ham aybdorligi tasdiqlandi. Bugun tushda bo'ladigan sud jarayonida sobiq prezident Rozvaldning qilgan jinoyati hamda vampirlar bilan tuzgan bitimi ko'rib chiqilib, unga qarshi jazo tayinlanadi. Agar vampirlar fermasi va u yerda boqiladigan bolalar haqidagi xabar rost bo'lib chiqsa, ayni damda prezidentlik uchun loyiq ko'rilayotgan yagona nomzod William Minerva vampirlarga qarshi urush ochishga va bu yolg'onlarga barham berishga va'da berdi. Ammo "YSM" bu urushga tayyormi? Biz vampirlardan o'z dunyoyimizni tortib olishga kuchimiz yetadimi? Bu savollar hanuzgacha javobsiz qolmoqda..." –Rozvaldning sudiga boramizmi?-so'radi Emma gazetani o'qib bo'lib. –Menimcha shart emas. Lekin sud zalidan olib chiqishganidan keyingi ahvolini ko'rishni juda ham xohlagan bo'lardim. Ungacha senga ham javob berishsa kerak. –Dada, siz biz bilansiz-a? Agar prezident lavozimiga ko'tarilsangiz, vampirlarga qarshi urush ochasizmi? William Emmaning qo'lidan ushlab, g'amgin ohangda javob berdi: –Va'da berolmayman, qizim. Chunki "YSM" xalqi azaldan qo'rqoq bo'lib kelgan. Ularni oyoqqa turg'azish oson ish emas. Agar ularni urushga chorlasam, meni ham Rozvaldga o'xshab lavozimimdan chetlatishadi. –Lekin dada, harakat qilib ko'rasiz-a? Albatta urinib ko'rasiz! –Ha, Emma. Harakat qilaman. Agar vampirlarga qarshi urush ochilsa, birinchi bo'lib ukamni qutqaraman... Oradan bir necha soat o'tib, kechga yaqin Emmaga javob berishdi. U oyoqqa turib, bolalar va William bilan Rozvald sud qilinayotgan binoga bordi. Ular yarim soatcha kutib turishgach, sud tugab, qo'llariga kishan solingan Rozvaldni yetaklab olib chiqishdi. Uning mo'ylovli basharasi ko'rinishga urinmay, yuzlab jurnalistlar uning atrofiga don sepilgandan keyingi tovuqlarday yopishib ketishdi. –Janob Rozvald, siz buni qanday izohlaysiz? –Janob Rozvald, vampirlar bolalarni nima qilishadi? –Janob Rozvald, vampirlar bilan qachondan beri hamkorlik qilasiz?... Rozvald sud binosidan tushib bo'lgach, uning atrofidan haydalgan jurnalistlarga qarab faqatgina birgina gapni aytdi: –Men nima qilgan bo'lsam ham, "YSM" uchun, uning kelajagi uchun qildim. Hali ko'ramiz, aholi ko'payib, shaharda oyoq qo'yishga joy qolmaganda qanday ahvolga tushib qolar ekansiz... 3-ferm Linda bolalarni tashqarida qoldirib, shtabga har doimgi hisobot berish uchun maxfiy yerto'laga tushdi. U radiolar o'rnatilgan stolga o'tirib, shtab bilan aloqaga chiqdi: –Alo, shtab, bugun 3-fermada hech qanday ko'ngilsiz hodisa yuz bermadi. Hisobot beruvchi 6319... –Alo, 6319, meni eshityapsanmi?-radiodan shtab buvisining ovozi eshitila boshladi. –Buvi...ha sizni eshityapman! –Juda soz, 6319. Sening ixtiyoringdagi ferma shuncha talofat ko'rganligi hisobga olinib, deyarli 1 yilgacha hech qanday hosil yig'ib olinmadi. Ammo endi hosil terimi vaqti keldi deb o'ylayman. –Nima?!-Lindaning nafasi tiqilib, duduqlanib qoldi,-Ammo hali biroz erta-ku! –Bu mening ixtiyorimda emas. Lord Lyuvisdan kelgan buyruq. Keyingi oyda fermangdan qon analizi va testlari yaxshi chiqqan bola hosil terimi uchun olib ketiladi. Xo'sh, hisobotlarga qaraydigan bo'lsak..."2121" raqamli bola. –Ted?! Lekin buvi... –Ortiq hech narsa eshitishni xohlamayman. Aloqa tamom... Download 409.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling