Ferma 4-fasl


Download 409.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana16.04.2020
Hajmi409.05 Kb.
#99705
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FERMA 4


11-QISM 
HAL QILUVCHI JANG 
 
«B32» 
Piter Minerva qo'lidagi xanjarni yerga tashlab, ortiga tisarildi. U 
orqasida turgan kreslosiga qoqilib ketib, belini stolga urib oldi. Qo'llari 
bilan yuzini to'sib, chuqur-chuqur nafas ola boshladi. 
–Bu eng so'nggi imkoniyat. Tanlang, biz bilan birga ozod bo'lishni 
xohlaysizmi, yoki o'z o'limingizga sababchi bo'lishnimi? 
–Men...men o'ttiz yildan ortiq harakat qildim!-baqirib yubordi Piter,-
Men avvaldan akamga yordam berishim mumkin edi, ammo 
qo'rqdim...men ham uning holiga tushib qolishdan va o'lib ketishdan 
qo'rqdim. Men akam bilan birga ketib qolishim mumkin edi, lekin 
xohlamadim. Chunki ochko'zlik va qo'rqoqlik qildim! Shtabda yaxshi 
yashayapman, boshqa hech qayerda bunday sharoitda yashay olmayman 
deb o'ylagandim. Men aslida xato qilayotganimni allaqachon tushunib 
bo'lganman, ammo tan olishni xohlamadim. Tan olishga ham qo'rqdim! 
Men ko'plab bolalarning o'limiga sababchi bo'ldim. Vampirlarga qurol 
yasab berdim. Ularda endi sizlarni portlatib yuboradigan minalar bor. 
Sizlarga bittagina savol beraman, shuncha ishimdan keyin ham meni 
kechirasizmi? Yaxshilab o'ylab ko'ring. 
 
–Kechiraman,-javob berdi William Piter tomonga yaqinlashib,-Chunki 
bunga uchta katta sabab bor. 
Birinchisi – sen minalar qayerga o'rnatilishini bilasan. 
Ikkinchisi – sen shtabda menga qaraganda ko'proq yashagansan va 
mendan yaxshiroq bilasan. 

Uchinchisi va eng asosiysi esa, sen mening ukamsan. Sendan xafa 
bo'lishim yoki jahlim chiqishi mumkin, lekin hech qachon voz 
kechmayman. Bizga qo'shil, Piter, va Emma aytganiday ozod bo'l. Men 
senga bir-biridan qiziq bo'lgan narsalarga to'la olamni ko'rsataman. Bu 
senga yoqishiga ishonchim komil... 
 
 
Oradan 1 kun o'tdi. 
Barcha askarlar, general Grant bilan qolgan qo'shin ham "B32" ga kirib 
kelib, tunab qolishdi. Tashqariga esa bir necha o'n kishilik askarlardan 
iborat bo'lgan soqchilarni joylashtirib qo'yishdi. Quyosh chiqib, osmon 
yorug'lashgach, Lord Lyuvisning shtabini yo'q qilish uchun bo'lib 
o'tadigan hal qiluvchi jang rejasi tuzila boshlandi. 
–Shtab ikki qismdan iborat,-dedi stol ustiga xaritani qo'ygan Piter,-
Birinchisi – ko'prik ortidagi darvoza. Darvoza yonini vampirlar 
qo'riqlashi aniq. Qolaversa, bu hali hammasimas. Lyuvis vampirlar 
sonini ko'paytiradi. Eng ko'pi bilan yuzta vampir bo'ldi ham deylik, 
darvoza yonida ularning yarmi, ya'ni 50 tasi joylashgan bo'ladi. Ular 
o'rnatgan minalardan eson-omon o'tib olsak, ko'prik orqali shtabga kirib 
boramiz va birinchi qismni egallaymiz. 
–Ularda ham qurol bor, to'g'rimi?-so'radi Mayk,-Ular ham jim qarab 
turishmaydi. Bizga pistirma qo'yishlari tayin. 
–Albatta bor. Keyin, men yasagan minalar birdaniga yuzlab askarlarni 
portlatib yuborishi mumkin. Shu sabab ham juda ehtiyotkorlik bilan 
harakat qilish kerak. Men minalar o'rnatilgan nuqtalarni aniq aytib 
berolmayman. 
–Ikkinchi qism-chi?-shoshiltirdi Rey. 
–Ikkinchi qism – hovli. U yerda bo'lgansiz. Shimol tarafda labaratoriya 
bo'limi, g'arbda Lyuvisning xonasi, sharqda esa onalar bo'limi va 
qamoqxona joylashgan. Labaratoriya bo'limining yerto'lasida esa beshta 
zombi saqlanadi. Lekin ular biz uchun xavfli emas. 

–Ularning ixtiyorida kartadagi katta tuz bor,-dedi William,-Biz barcha 
askarlar bilan shtabga olib kiradigan yagona yo'l, ya'ni ko'prik orqali 
yurishga majburmiz. Chunki atrof ulkan va tubsiz jarlikdan iborat. Biz 
qancha jipslashsak, bizni o'ldirish shunchalik oson bo'ladi. 
–Hattoki portlatib ham yuborolmaymiz!-Rey jahl bilan baqirib yubordi,-
Chunki u yerda "begunohlar" bor. Lekin miyani ishlatib o'ylab qaralsa, 
o'sha bir nechta begunohlarni deb yuzlab askarlar o'lib ketishi mumkin! 
–Juda og'ir vaziyat...-qo'shildi Grant,-Balki mana bu oqsoch olimni josus 
qilib yuborarmiz? 
–Lyuvis menga ishonmaydi,-rad etdi Piter,-Qolaversa, oradan 1 kun 
o'tdi. Shu paytgacha qayerda bo'lganimni izohlab bera olmayman. 
–Josus jo'natish shartmas,-dedi Emma,-Biz ulardan o'n barobar ko'pmiz! 
Shunchaki aqlni ishlatib hujum qilamiz. Bu hal qiluvchi jang bo'ladi! 
Rey to'g'ri aytdi, kimdir o'lishi yoki tirik qolishi bilan endi ishim yo'q. 
Ular o'z o'limiga rozi bo'lib bizga qo'shilishdi. Men oilamni qutqarishni 
xohlayman! O'z qo'llarim bilan tashlab kelgan oilamni qutqarsam bas. 
Bu uchun qancha qurbonlik ketishi ahamiyatsiz. 
–Emma...-Mayk uning gapini bo'lib, to'xtatishga urindi,-Bu biroz 
xudbinlik bo'lib qoldi. Oilamizni shundoq ham qutqaramiz. 
–Biroz oshirib yuborgan bo'lsam kechiring. Lekin men ularga va'da 
berganman. Albatta ularni qutqarish uchun qaytib kelishimni 
aytganman. Agar va'damni bajarolmasam, o'zimni o'lgunimcha ham 
kechira olmayman... 
 
Ular Lord Lyuvisning shtabiga bo'lingan holda hujum qilishga qaror 
qilishdi. Birinchi 250 kishilik qo'shin darvoza va ko'prik orqali bostirib 
kirib, u yerga to'plangan vampirlarni yo'q qilishadi. Oradan ma'lum vaqt 
o'tgach, ikkinchi 250 kishidan iborat bo'lgan qo'shin bostirib kirib, 
avvalgilariga yordam beradi. Keyin esa qolgan barcha askarlar yig'ilib 
bostirib kiradi hamda Lyuvis joylashgan bo'limga hujum qiladi. Ilk 
hujumchilar onalar bo'limiga bostirib kirishadi. Ikkinchi hujumchilar 
labaratoriya bo'limiga bostirib kirib, sistemani egallashadi. Qolgan 
qo'shin esa nima qilib bo'lsa ham Lyuvisni yo'q qilishi kerak. 

 
 
William va general Grant boshchilik qilayotgan qo'shin "B32" dan 
chiqib, Lord Lyuvisning shtabiga qarab yo'l olishdi. Piter tuzib bergan 
minalarning taxminiy nuqtalariga amal qilgan holda qadam bosib 
kelayotgan askarlar oyoqlari ostiga juda ham ehtiyotkorlik bilan qarab 
ketishdi. 
–Barglar va shunga o'xshash axlatlar to'planib qolgan joylarga umuman 
qadam bosmang, qo'lingizdagi miltiq bilan yerdagi har bir narsani 
joyidan surib keting!-baqirdi Grant ortidagi askarlarga. 
 
Mana shunday bir-biridan sekin qadamlar va ikkita portlash oqibatida 
shtabgacha yetib borish juda ham qiyin kechdi. Eng yomoni esa portlash 
oqibatida halok bo'lgan 120 ta askar va vahimaga tushib qolgan qo'shin 
bo'ldi. William ularni hech narsadan qo'rqmaslikka va ilk g'alaba 
yaqinligiga shuncha ishontirsa ham, ularning vujudidagi qo'rquvni 
yo'qotib bo'lmasdi. 
 
–Bu bilan hech narsa tugamasligini sen ham men ham yaxshi bilib 
turibmiz,-dedi Piter Williamga yaqin kelib. 
–Bu bilan nima demoqchisan? Nima yakun topmas ekan? 
–O'zing ham yaxshilab o'ylab ko'r, bittagina Lyuvisning shtabi uchun 
shuncha harakat qilyapmiz. Lekin bunday shtablar bitta emas. Urush hali 
beri tugamaydi. 
–To'g'ri aytasan,-tasdiqladi William,-Lekin ilk urush bizning nimalarga 
qodir ekanligimizni isbotlab beradi. Men g'alaba qozonishimizga 
ishonaman. Bunga sen ham ishonsang, yaxshiroq bo'lardi. 
 
–Yetib keldik!-baqirdi oldinda ketayotgan Emma,-Lord Lyuvisning 
shtabi qarshimizda turibdi. 

–Negadir hammayoq tinch. Vampirlardan asar ham yo'q. Xuddi urush 
haqida hech narsa bilishmaydiganday...-shivirladi Mayk shtabga hayrat 
bilan qarab qo'yib. 
–Bu pistirmaligi aniq,-dedi Grant,-Qanday pistirma ekanligini esa hozir 
bilib olamiz. Birinchi bo'linma, qani hamma jangga! 
 
Birinchi bo'linma tarkibida William ham, Emma, Rey va Mayk ham, 
Piter va general Grant ham bor. Aslida har bir bo'linmaga bittadan 
rahbar tayinlanishi kerak edi, ammo Emma hamma birgalikda harakat 
qilishi kerak degan qarorga keldi. O'zi orqada qolib, oldinga askarlarni 
yuborish qo'rqoqlik deb bildi. 
 
–Olg'a!-baqirdi William,-Yo'lingizdan uchragan vampirni otib 
o'ldiring!!! 
 
Emma qo'lidagi og'ir miltig'i bilan shtab darvozasi tomon qarab yugurdi. 
U oilasini qutqaryapti! Nihoyat u kutgan onlar keldi. Bugun hammasi 
tugaydi. Dushmanlar yo'q qilinadi. Emma shunday xavfga to'la 
vaziyatda ham beixtiyor baxtli kelajak haqidagi hayollarga berilib ketdi: 
Fermada qolib ketgan bolalarni qutqaradi, shtabni yo'q qiladi, Anabella 
va Karaning o'limi uchun qasos oladi, "YSM" tugatilib, yana har xil 
davlatlar tuziladi va eng asosiysi o'zi orzu qilganday butun oilasi bilan 
katta va shinam uyda baxtli hayot kechiradi... 
 
Emma endigina darvoza yoniga yetib kelishi bilan ortidan baland va 
qo'rqinchli portlash ovozi eshitildi. William ortiga o'girilib, bor ovozi 
bilan baqirib yubordi: 
–Ko'prik! Ular ko'prikni portlatib yuborishdi!!! 
–Bilgandim!-baqirib yubordi Rey,-Hech narsa bunchalik oson bitmasligi 
kerak edi. Endi hammamiz o'lib ketamiz! 

–Hamma emas,-dedi Grant,-Hoziroq hujumni davom ettirish kerak. Biz 
bilan ikki yuzdan ortiq qo'shin bor. Jarlikning nargi tarafida qolib ketgan 
askarlardan umidni uzamiz! Olg'a!!! 
 
 
Odamlardan iborat qo'shin qo'rquv va umidsizlikka tushib qolgan 
bo'lishiga qaramay, tirik qolish ilinjida qo'liga qurol olib, shtab hovlisiga 
bostirib kirdi. Shu zahoti ularga vampirlar hujum qila boshlashdi. 
Askarlar Grantning buyrug'iga binoan doira shaklida yig'ilib olib, 
atrofidagi vampirlarga birma-bir o'q uzishdi. Ammo ba'zi vampirlar 
xuddi osmondan tushganday doira markazida turgan askarlar ustiga 
sakrab tushishdi. Shu sabab hujum va himoya usulini biroz boshqarib 
bo'lmay qoldi. 
–Lyuvisni topishimiz kerak!-baqirdi Emma yonida himoyalanib turgan 
Williamga qarab. 
–Bu sen o'ylaganchalik oson bo'lmaydi. Avval manabu la'natilardan 
qutulib olish kerak! 
–Bularni menga qo'yib bering,-dedi Grant tepadan sakramoqchi bo'lgan 
vampirga o'q uzib,-Sizlar o'sha ilonning kallasini uzib tashlang. 
–Men ham sizlar bilan!-baqirdi Rey. 
–U holda kutishdan foyda yo'q!-Emma shoshilib, shtab hovlisining 
g'arbiy tarafiga qarab yugurib ketdi. Uning ortidan William, Rey va 
Mayk ham ergashishdi. Birozdan so'ng esa Grant yana yigirmataga 
yaqin askarlarni ularning ortidan yordamga yubordi. 
 
–Nega...nega yo'lak bunchalik tinch? Vampirlar qani?-so'radi Emma 
qop-qorong'i va hech qanday ovoz chiqmayotgan yo'laklarga qarab. 
–Bu ham pistirmaligi aniq!-dedi Mayk,-Bir-birimizga yaqinroq 
yurishimiz kerak. Ehtiyotkorlikni unutmang! 
–Lyuvisning xonasi qayerda edi?-so'radi sabri chidamayotgan Rey. 

–Aynan mana shu yo'lak oxirida. Ammo uni kim o'ldiradi? Menmi, 
Maykmi, dadamizmi yoki senmi? 
–Kim o'ldirishining ahamiyati yo'q,-dedi William,-Asosiysi undan 
qutulish. Askarlar, yarmingiz oldinga chiqing. Har qanday pistirmaga 
tayyor bo'lishimiz kerak... 
 
Ular yo'lak oxiriga yetib kelgach, William chuqur nafas oldi-da, eshikni 
ochdi. Qimmatbaho mahsulotdan yasalgan eski eshik g'ichirlab 
ochilarkan, Emma askarlarni turtib o'tib, ichkarida nima borligini ko'rish 
uchun oldinga chiqdi. Qop-qorong'i xonaning shiftiga o'rnatilgan 
yoritgichlar birma-bir yonib, xona markazigacha yetib bordi. Xona 
markaziga o'rnatilgan yoritgich yongach, uning oppoq nuri tagida oyoq-
qo'li bog'langan Ted va uning tepasida qip-qizil ko'zlari yonib, xanjar 
ushlab tirjayib turgan Lord Lyuvis paydo bo'ldi. Birozdan so'ng xona 
butunlay yorug'lashib, Emma 3-fermada qoldirib kelgan boshqa bolalar 
va ularning tepasida xanjar ushlab turgan vampirlar ko'rinishdi. 
Emmaning yuragi qattiq-qattiq urib, nafasi titrab chiqa boshladi. Uning 
qo'lidagi miltiq o'z-o'zidan yerga tushib, ko'zlari katta-katta ochilib ketdi 
va past ovozda shivirladi: 
–Yo'q...faqat bu emas! Iltimos... 
–Salom, mehmonlar. Kamtarona shtabimizga xush kelibsiz. Biroz 
qo'pollik bilan kutib olganim uchun uzr, ammo shunga majbur bo'ldim. 
Menimcha sizlardan avval kelgan mehmonlarimizni tanishtirish shart 
emas-a? Axir birga katta bo'lgansizlar... 
–Ulardan qo'lingni tort!-baqirdi William,-Bu urushga bolalarning nima 
aloqasi bor? Nahotki shunchalar qo'rqoq bo'lsang?! 
–O, bu shaxsan William Minervaning o'zimi? Ko'rishmaganimizga 
ancha bo'libdi. Ukang qani? 
–Bolalarni hoziroq qo'yib yubor!-Emma g'azab bilan baqirib, qo'liga 
yerga tushib ketgan qurolini oldi,-Agar ularning bir tola sochi to'kilsa, 
qasam ichib aytaman, shu zahoti kallangga o'q uzaman! 
–Meni bu bilan qo'rqita olmaysan, Emma. Senga imkon bergandim, 
yonimda qolib, vampir vorisimga aylanishing mumkin edi. 

Tushunyapsanmi? Yo'q...sen tushunmaysan! Senga qanchalik katta 
imkon berganimni hayolingga ham keltira olmaysan! 
–Oilam yonida bu jirkanch imkoning hech qanday qadrga ega emas. 
Hoziroq ularni qo'yib yubor! 
–Senga oxirgi imkonni berishga qaror qildim, qizaloq. Agar menga 
qo'shilishga rozi bo'lsang va shu yerda qolsang, barcha yaqinlaring 
shtabdan tirik chiqishadi. Chin lordlik so'zim... 
–O'tgan safar bu lordlik so'zi qandayligini ko'rib bo'lganman. Ikki 
dunyoda ham rozi bo'lmayman! 
–Afsus...u holda bu bechora bolalarni o'ldirishimga to'g'ri keladi... 
–Hech narsani unutmayapsanmi?-so'radi William,-Agar bolalar o'lsa, biz 
sizlarga o't ochamiz. O'zing ham o'lib ketasan. 
–O, men sen o'ylaganchalik ahmoq emasman. Buning chorasini ko'rib 
qo'ydim. 1041, chiqishing mumkin! 
–Nima?...-William hech narsaga tushunmay, ortiga o'girildi. Ularning 
ortida qo'liga miltiq ushlab olgan o'ttizga yaqin onalar hamda ularni 
boshqarib kelayotgan "1041" raqamli ayol ko'rindi. 
Ular odamlardan iborat askarlarga miltiqlarini o'qtab, ichkariroqqa 
haydashdi. 
–Shox va mot, odamchalar...-Lyuvis g'olibona ohangda jilmayib qo'ydi. 
 
–Demak, o'sha hammaning og'zida doston bo'lgan qahramonlar sizlar 
ekansiz-da?-so'radi Elizabet qurolini Emmaga o'qtab,-Sen esa..."3866", 
ularning rahbarisan, shundaymi? Sizlarning qochib ketganingiz haqidagi 
xabar butun shtabni oyoqqa turg'azdi. Hatto mening fermamdagi 
qizlarning birini ham o'g'irlab ketdinglar. Sizlarni ta'qib qilishdi, 
quvlashdi, bir necha marta tutib olishdi, ammo taslim bo'lmadinglar. 
Hatto sizlarga shtabning sobiq buvisi Kara ham yordam berdi. Sizlar 
kurashdinglar, yana, yana va yana ko'p marotaba...hattoki odamlar 
orasida ham tinch o'tirmabsizlar. Men qoyil qoldim. Barchangizga besh 
baho qo'yaman...-Elizabet jilmayib, qo'lidagi miltiqni ichkariroqda 
turgan Lyuvisga qarab o'qtadi. Qolgan onalar ham askarlarni nishonga 

olishni bas qilishib, 3-ferma bolalarini garovga olib turgan vampirlarga 
qurolini to'g'irlashdi. 
 
Lyuvisning, nafaqat uning, xonadagi onalardan tashqari barchaning 
ko'zlari katta-katta ochilib ketib, nima bo'layotganiga tushunmay 
qolishdi. 
–Sen...meni sotding...-shivirladi Lyuvis,-Sen meni sotding, 1041!!! 
 
 
 
12-QISM 
XOTIMA 
 
–Sen...sen meni sotding, 1041!!!-Lord Lyuvis g'azab aralash baqirib 
yubordi,-Bunga qanday hadding sig'di?! Menga xoinlik qilishga nima 
haqqing bor?! 
 
Yarim soat avval. 
Shtabga boshlangan hujumdan qo'rqib, onalar bo'limiga berkinib olgan 
ayollar nima qilishni bilmay, buvining buyrug'ini kutib o'tirishdi. Aslida 
ular jang qilishga tayyor, juda ko'p marta shug'ullanishgan, lekin 
tashqaridan eshitilayotgan miltiq ovozi ularni baribir vahimaga solib, 
tashqariga chiqishga bo'lgan xohishini susaytirib bormoqda. Ayni 
shunday shovqinli damlarda qo'liga qurol ushlab olgan shtab buvisi 
Elizabet va unga ergashib kelayotgan Linda kirib kelishdi. Elizabet 
xonaga kirgach, jang qilishi kerak bo'lgan barcha onalar saf tortib, tekis 
bo'lib turib olishdi. 
–Men bosqinchilarga yordam bermoqchiman,-dedi Elizabet jilmayib. 
–Nima?!-onalardan biri hech narsaga tushunmay, qaytardi,-Yordam 
berasiz? 

–Buvi...bu hazilmi? 
–Bosqinchilarga yordam berib bo'lmaydi-ku! Bu shtabga xiyonat... 
 
Onalar orasida har xil pichir-pichirlar boshlanib ketdi. Elizabet esa 
qo'lidagi miltiq bilan tepaga o'q uzib, barchani tinchlantirdi. Keyin 
baland ovozda gapini davom ettirdi: 
 
–"Shtabga qarshi chiqish – noto'g'ri! Biz ularga bo'ysunishimiz kerak. 
Tirik qolishni xohlasak, ular uchun ishlashimiz va bola yetkazib 
berishimiz shart. Yashab qolishning boshqa yo'li yo'q..."-aynan shu 
gaplar kerak bo'lsa yuzlab yillar davomida shtab onalariga buvilar 
tomonidan uqtirib kelinadi. Sizlarga ham shu tushuncha uqtirilgan. 
Ameliya, Izabella va Kara buvi tomonidan... 
 
–Buvi, bu bilan nima demoqchisiz? 
–Ammo o'sha buvilarning o'zi qani?-so'radi Elizabet,-O'lib ketishdi! 
Ameliya buvini qarib qolgani uchun mahsulotga topshirishdi. 
Tushunyapsizmi, shuncha yillik mehnatlari evaziga osongina o'lim 
topdi! Izabella buvini nega o'ldirishgani noma'lum, ammo shtabga 
qancha ishlagan bo'lsa, shuncha tez unutildi. Kara esa bu do'zaxning asl 
manzarasini ko'rib, shtabga qarshi chiqdi. Ammo uni ham o'ldirishdi... 
Miyangizni ishlating! Biz uchun shtab tomonidan beriladigan yagona 
mukofot – oson o'lim topish. Bundan ortiq hech narsa! 
 
Elizabetning qarshisida turgan onalar hech narsa deyolmay, shunchaki 
og'izlarini ochib qolishdi. Ular borgan sari asl haqiqatni tushunib 
borishayotgandi. 
 
–...Sizlarni bilmadim-ku, ammo bu hayot mening jonimga tegdi! 
Yaxshilab o'ylab ko'ring, biz ular uchun shunchaki hayvonlarmiz! Ortiq 
hech narsa emas. Men ozod bo'lishni xohlayman! Bunday imkoniyat 

boshqa berilmaydi. Yoki menga qo'shilib, ozodlikka chiqing, yoki 
hayvonga o'xshab o'lib keting. O'z taqdiringiz o'z qo'lingizda... 
 
 
Hozirgi payt 
–Esingdami Lyuvis, mendan "senga yana nima yetmayapti" deb 
so'raganding. Men o'sha payt rosa javob berishga urindim, ammo 
o'zimni zo'rg'a tiyib turdim. Menga ozodlik yetmayapti! Tupurdim shu 
lavozimingga ham, shtabingga ham! Menga ozod hayotni yaratib ber! 
Bu qo'lingdan keladimi? Albatta yo'q. Shu sabab ham o'zim uchun o'zim 
ozod hayot yarataman... 
 
Emma Elizabetning bo'ynidagi raqami va Lyuvis uni "1041" deb 
chaqirganini eshitib, Kara yovvoyi sarimsoqqa qo'shib bergan qog'oz 
parchasi esiga tushib ketdi: 
«3866-1041» 
–Demak...Kara oyi o'sha payt biz ishonishimiz mumkin bo'lgan insonga 
ishora qilmoqchi bo'lgan ekan-da...-Emma Elizabetga yuzlanib savol 
berdi,-Siz Kara oyini tanirmidingiz? Nega bizga yordam beryapsiz? 
–Axir hozirgina aytdim, men ozod bo'lmoqchiman. Keyin, sizlarga 
yordam bermayapman. Noto'g'ri tushunmang. Shunchaki maqsadimiz 
bir, xolos. 
–Hamma qurolini tashlasin!-baqirdi Lyuvis,-Aks holda bolalar o'ladi! 
–Aksincha, siz qurolingizni tashlang,-dedi William,-Agar bolalar o'lsa, 
siz ham o'lasiz. Sizlarga oxirgi imkonni beraman, yaxshilikcha 
qurolingizni tashlab, taslim bo'ling. Aks holda lordingizga qo'shilib o'lib 
ketasiz. 
 
–Yo'q...men yutkazmayman...-shivirladi Lyuvis,-Bunga tayyor 
emasman! Yutkazishni xohlamayman... 

–Uchgacha sanayman,-William chap qo'lini ko'tarib, uchta barmog'ini 
ochdi,-Bir... 
 
Uchta vampir qurolini tashlab, bolalarni qo'yib yubordi. 
–Ikki... 
Lyuvisning atrofida turgan beshta vampir ham taslim bo'ldi. Lyuvisning 
tishlari g'ichirlab, boshidan sovuq ter oqib ketdi. 
–Uch deyishga majbur qilmang! 
 
Lyuvisdan tashqari qolgan barcha qurolini tashladi. U esa taslim 
bo'lmay, bor ovozi bilan baqirib yubordi: 
–Yo'q!!! Men taslim bo'lmayman! Yutkazmayman...hech qachon! Men 
mag'lub bo'lmasligim kerak!!!-Lyuvis Tedni Emma tomonga otib, bor 
kuchi bilan tepaga sakradi. Unga ikki marta o'q uzishdi, ammo hech 
qaysisi tegmadi. Lyuvis askarlardan birini o'ldirib, qurolini tortib oldi va 
bor kuchi bilan yo'lak tashqarisiga otildi. William uning ortidan  uch-
to'rt marta o'q uzdi, ammo yana hech qaysisi tegmadi. 
–Ortidan! Qochib ketishiga yo'l qo'ymang! U o'lishi shart!!! 
 
 
* * * 
–Yo'q...men yutkazmayman! Bunday bo'lmasligi kerak...jin ursin 
hammasini!-Lyuvis hansirab yo'lak bo'ylab yugurib ketyapti,-Agar...agar 
men sistemagacha yetib bora olsam, o'sha xoinlarning barchasini yo'q 
qila olaman! Birinchi o'rinda 1041 ni gumdon qilaman... 
 
Lyuvis tashqariga chiqqach, hali ham odamlar va vampirlar jang 
qilayotganiga guvoh bo'ldi. Ammo vampirlarning soni ancha kamayib 
bo'lgandi. Lyuvis qo'rqoqlarcha pisib, labaratoriya bo'limiga qarab 
yugurib ketdi. 

–Sistemaga kirib, ularning barining yuragini to'xtatib qo'yaman! Xoinlik 
qanaqa bo'lishini bilib qo'yishadi... 
 
Lyuvis labaratoriya bo'limining ikkinchi qavatiga ko'tarilib, Piter 
Minervaning xonasiga kirdi. U yerdan omborxonaga va sistemaga kirish 
mumkin. Lyuvis sistemaga olib kiruvchi eshikni tepib kirib, ichkaridagi 
yuzlab o'chib yonayotgan har xil rangli chiroqlar va hech narsa 
bo'lmaganday devorga suyanib turgan Piter Minervaga duch keldi. 
–Sen...sen o'lmaganmiding? Hali ham tirikmisan? 
–Ko'rib turganingday tirikman, Lyuvis,-Piter qo'liga ratsiyasini olib, 
gapira boshladi: William, meni eshityapsanmi? 
 
Ratsiyadan Williamning xirildoq tovushi eshitildi: 
–Ha, eshityapman. Lyuvis qochib ketdi! Hozir uni qidiryapmiz! 
–Tushunarli...-shivirladi Lyuvis Piterni nishonga olib,-Sen ham meni 
sotgansan. 
 
Piter Lyuvisga e'tibor bermay, ratsiyaga gapirishda davom etdi: 
–Lyuvis onalar bo'limiga yugurib ketganini ko'rdim. Hozir men ham 
o'sha yerdaman. 
–Yaxshi! Hoziroq yetib boramiz! Uni ko'zdan qochirma! 
–Aloqa tamom... 
 
 
Piter ratsiyani cho'ntagiga solib, qarshisida turgan sistemaga tikildi. 
–Bilasanmi, Lyuvis, bu sistemani qanday o'chirishga umuman aqlim 
yetmayapti. Agar o'chirilmasa, shtab tashqarisida bo'lgan onalarni bir 
hafta ichida avtomatik ravishda yuragini to'xtatib qo'yadi. Mabodo 
o'chirish yo'lini bilmaysanmi? 

–Sistemani o'chirib bo'lmaydi!-baqirdi Piterni nishonga olib turgan 
Lyuvis,-Hammangiz o'lib ketasiz. Aytgancha, bu yerda nima qilib 
o'ralashib yuribsan, o'zi? 
 
–Shunday deyishingni bilgandim. Sistemani o'chirib bo'lmaydimi, 
demak faqat yo'q qilish mumkin...-Piter shunday deb xonaning nargi 
burchagiga qadam bosdi. 
–Nima qilmoqchisan? Nimani o'ylading? So'rab o'tiramanmi...alvido, 
Piter Minerva!-Lyuvis qo'lidagi miltiq bilan Piterga o'q uzdi. O'q 
Piterning ko'ksini teshib o'tib, yerga yiqitdi. Lekin Piter taslim bo'lmay, 
qayergadir bor kuchi bilan intilayotgandi. Yerda emaklab ketayotgan 
Piterni ko'rib, asabi buzila boshlagan Lyuvis unga yana bir marta o'q 
uzdi. 
–Jon deb qoningni ichgan bo'lardim, ammo avval sistemani o'chirishim 
kerak... 
 
Piter og'zidan otilib chiqayotgan qonni tupurib, arang ovoz chiqardi: 
–Sen ham o'lasan, Lyuvis...minalar esingdami? 
–Nima?! Yana qanaqa... 
 
Piter o'ng qo'lini ko'tarib, xonaning burchagidagi, o'zidan biroz nariga 
berkitilgan minani qattiq bosdi. 
Shu zahoti sistema ham, butun labaratoriya bo'limi ham portlab ketdi... 
 
 
 
Oradan yana biroz vaqt o'tib, Lyuvis o'lgani ma'lum bo'lgach, qolgan 
vampirlar ham taslim bo'lishdi. Emma buni avvaldan kutgandi...g'alaba 
nashidasini his qilishni anchadan beri orzu qilib yurgandi. William Piter 
o'zini Lyuvisga qo'shib portlatib yuborganini tushunib yetdi. Emma, Rey 

va Mayk 3-fermaga tashlab kelgan bolalaridan yana bir marta kechirim 
so'rab, barchasini birma bir quchib chiqishdi. 
–Sen juda ham zo'r harakat qilding, Ted,-dedi Emma,-Sen bilan 
faxrlanaman. Sizlarni o'ldirib yuborishlariga sal qoldi...meni kechir. 
–Yo'q, agar siz bo'lmaganingizda biz allaqachon o'lib ketgan bo'lardik. 
Bizga Linda opam ham yordam berdi... 
–Linda? Kim u? Yangi onami? 
–Menman Linda...-Emmaning orqasida kiyimi va yuzlari  
qora kul bo'lib ketgan Linda paydo bo'ldi. 
–Sen...mabodo sen bilan avval ham uchrashmaganmizmi? 
–Nahotki unutib yuborgan bo'lsang, Emma? Axir 3-fermada birga 
yashaganmiz-ku. 
–Ha! Esladim!-Emma borib, Lindani quchoqladi,-Demak Kara oyi seni 
ham onalikka jo'natib yuboribdi-da? 
–Ha...ammo u siz o'ylaganchalik yomon emas. Xohlasang, tushuntirib 
beraman... 
–Shart emas. Buni juda yaxshi bilaman. Ha aytgancha, bizga yordam 
bergan buvi qani? 
 
 
Emma urushdan keyingi yaralarini davolab o'tirgan askarlar va qora 
tutunlar orasidan qo'liga uzatgichlardan signal qabul qilib turadigan 
soatini ushlab turgan Elizabetni topib bordi. Elizabet haligacha soatga 
hayron bo'lib qarab turgandi. 
–Bezovta qilmadimmi? 
–Mana buni qara, 3866, ekranda hech narsa yo'q. Hech narsa 
qolmadi...hammasi kuyib kulga aylandi! Buning nima ekanligiga 
tushunyapsanmi? Biz ozod bo'ldik! Ozodmiz! Men aynan shu narsani 
xohlagandim... 

–Xonim...menga oyim o'limidan avval bir qog'oz qoldirgandi. Unda 
"1041-3866" deb yozilgandi. Buning nima ekanini bilmaysizmi? 
–Oying? 
–Ha, Kara oyi. Uni tanigansiz-ku. 
–Tushunarli... 
–Xo'sh? 
–Bilmayman. Menimcha shunchaki menga ishonishing mumkinligini 
aytmoqchi bo'lgan. 
–Men ham shunday deb o'ylagandim. Nima bo'lganda ham yordam 
uchun rahmat. 
–Sizga ham rahmat. Endi mumkin bo'lsa, meni biroz holi qoldirsang. 
 
Emma yana bir marta rahmat aytib qo'yib, qolgan bolalar tomonga qarab 
ketdi. Elizabet esa uning ortidan qarab chuqur xo'rsinib qo'ydi: 
–Omad yor bo'lsin, qizim... 
 
 
 
Download 409.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling