Fermer xo’jaligida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni iqtisodiy baholash. Reja : Chorvachilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati


Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari


Download 130.62 Kb.
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi130.62 Kb.
#1016233
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fermer xo’jaligida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishni iqtisodiy baholash.

3. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari.
2020-yil 29-yanvarda O’zekiston Respublikasi Prezidentining “Chorvachilik tarmog’ini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4576-sonli Farmoni qabul qilindi va unga muvofiq Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashi tashkil etildi. Ushbu Farmonga muvofiq 2020-2022 yillarda:
a) chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
- respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklaridan sotib olingan nasldor qoramolning har bir boshiga 1 million so‘m miqdorida;
- xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million so‘m, nasldor qo‘y va echkining har bir boshiga 400 ming so‘m miqdorida;
b) «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasiga a’zo bo‘lgan intensiv usulda baliq yetishtiruvchi xo‘jaliklarga davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:
- intensiv usulda etishtirilgan bir tonna baliq mahsuloti uchun 1 million so‘m miqdorida;
- O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilingan 1 dona nasldor ona baliqning 3,5 million so‘mgacha bo‘lgan xarajatlarining 50 foizi miqdorida;
d) «Parrandasanoat» uyushmasiga a’zo bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor jo‘jani import qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 9 ming so‘mini qoplash uchun davlat tomonidan subsidiya ajratiladi.
Bundan tashqari 2020-yilda sotib olinadigan nasldor:
a) qoramollar uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi:
- respublika hududida faoliyat yuritayotgan naslchilik xo‘jaliklaridan sotib olish uchun 10 milliard so‘m miqdorida;
- xorijiy davlatlardan import qilish uchun 40 milliard so‘m miqdorida;
b) qo‘y va echkilarni import qilish uchun ajratiladigan subsidiyaning umumiy summasi 6 milliard so‘m miqdorida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga, intensiv usulda baliq yetishtiruvchi va parrandachilik xo‘jaliklarga subsidiya berish xarajatlarini 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha xarajatlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanishini ta’minlasin va 2021-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida tegishli mablag‘ ajratilishini nazarda tutishi ham belgilab berilgan.
Ushbu Farmonga ko’ra viloyatlar hokimliklari:
a) 2020-yilda yaylovlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi «Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5742-sonli Farmonida nazarda tutilgan qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish hisobidan ozuqabop ekinlarni yetishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun chorvachilik xo‘jaliklariga ajratib berilishini ta’minlashi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda paxta-to‘qimachilik klasterlari va paxtachilik-g‘allachilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari ekin maydonining 10 foiziga beda ekilishini ta’minlashi belgilab qo’yilgan.
Chorvachilik tarmog’ini rivojlantirish, bu jarayonga xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ushbu Farmonga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda chorvachilik sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari va chora-tadbirlarga Osiyo taraqqiyot bankining chorvachilikni rivojlantirish uchun 150,0 million AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari yo‘naltirilishini ta’minlashi belgilab berilgan.
Dehqon xo‘jaliklarida chorvachilik yuqoriroq sur’atlarda rivojlanmoqda. Fermer va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xususiy mulkka asoslanganligi uchun ular xarajatlarni imkoniyat darajasida tejashga, sifatli mahsulot yetishtirib, yuqori baholarda sotishga intiladilar. Shuning uchun ham bu xo‘jaliklarda chorvachilik tarmoqlarining rentabellik darajasi tobora oshmoqda.
2008-yil 28-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga muvofiq iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur dasturning ikkinchi qismida mamlakatimizning tovar ishlab chiqaruvchilari va xizmat ko‘rsatuvchilari mahsulotiga ichki talabni noinflyatsiyaviy rag‘batlantirish bo‘yicha choralar belgilab berilgan. Unda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarga bag‘ishlangan alohida punkt bo‘lib, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
- 2009-yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini joylashtirishni optimallashtirish va samaradorligini oshirish hisobidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish: go‘sht yetishtirishni - 6,0 foizga, sut yetishtirishni - 6,5 foizga, tuxum yetishtirishni - 8,0 foizga;
- 2009-yilda naslchilik ishlarini, zooveterinariya tarmog‘ini kengaytirish va parrandachilik rivojini jadallashtirish hisobiga yirik qoramol sonini 5,6 foizga va parrandalarni 7,5 foizga ko‘paytirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli qarori bo‘yicha chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga quyidagi imtiyozlar berish nazarda tutilgan:
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga qoramol sotib olish uchun imtiyozli mikrokreditlar berish;
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarini omuxta yem va shirali ozuqa bilan ta’minlash;
- 2006-2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish;
- chorvachilik bilan shug‘ullanadigan shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklaridagi fuqarolarning mehnat davri ish stajiga kiritilishi, ularga nafaqa va ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari to‘lash va mehnat daftarchalarini yuritish;
- 2010-yilgacha naslchilik xo‘jaliklarini naslli mol uchun bojxona to‘lovlaridan, zooveterinariya xizmati va sun’iy qochirish punktlarini yagona soliq to‘lovlaridan ozod etish.
Ushbu qarorga asosan, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimida hozirgi vaqtda 494 ta omuxta yem sotish shoxobchasi ishlab turibdi. Ular tomonidan chorva mollari uchun ozuqa arzon narxlarda yetkazib berilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish asosan uch yo‘nalishda amalga oshirilmoqda (1-chizma).

1-chizma.
Ushbu ishlarni amalga oshirish natijasida:
1) Respublikada qoramollar soni oxirgi 5 yilda 2,6 mln. boshga yoki 145 foiz ko‘payib, 8,5 mln. boshga yetdi. Shu jumladan shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida 2,2 mln. boshga (138 foiz), fermer xo‘jaliklarida 200 ming boshga (162 foiz) oshdi;
2) zooveterinariya servis xizmatlarini kengaytirish maqsadida 791 ta punktlar tashkil etilib, ularning soni 2443 taga yetkazildi. Shu yillar davomida pullik xizmat ko‘rsatish darajasi 6 barobarga oshdi;
3) aholi qaramog‘idagi chorva mollarini ko‘paytirish va bandligini oshirish maqsadida qoramollar sotib olish uchun oxirgi 4 yilda 125,6 mlrd. so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratildi;
4) parrandachilik fermer xo‘jaliklari soni oxirgi uch yilda 370 taga oshib, 677 taga yetkazildi.Ushbu maqsadlarda birgina 2009-yilning o‘zida 18 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng aholi farovonligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlashda chorvachilik tarmog‘ining rivojlanishi muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Jamiyatning ekologik jihatdan toza mahsulotlarga bo‘lgan talabi o‘sib bormoqda. Ammo bu boradagi talab hozirgi davrda to‘liq qondirilgani yo‘q. Muammoni hal etish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish kerak. Bu jarayonni bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirish mumkin. Masalan, respublika hududlarining, xo‘jaliklarning yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda chorvachilik tarmoqlarini maqsadga muvofiq joylashtirib, ularni ixtisoslashtirish jarayonlarini rivojlantirishga e’tibor berish lozim.
Bunday keng ko‘lamdagi ishlar natijasida aholining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji tobora to‘laroq qondirib borilmoqda.
Chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklarining zamonaviy talablarga javob beradigan moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish va ularning mahsuldorlik darajasini oshirishga e’tibor berish kerak. Chorvachilik bino-inshootlarini fan-texnika yutuqlarini e’tiborga olgan holda moslashtirishga, tegishli vositalar bilan ta’minlanishiga, chorva hayvonlari yaxshi parvarishlanib, sifatli mahsulot yetishtirishda yangi texnikalar, ilg‘or texnologiyalar joriy etilishiga erishish lozim. Shundagina tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalashtirilib, mehnat unumdorligining oshishi ta’minlanadi. Naslchilik ishlarini rivojlantirib, sermahsul chorva zotlarini yaratib, ular ishlab chiqarishga tezroq tatbiq etilishini ta’minlash, bunda zotli, sermahsul chorva hayvonlarini sotib olish ham kutilgan natijaga erishish imkoniyatini kengaytiradi. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan naslchilikni rivojlantirishga va fermer xo‘jaliklarining yuqori mahsuldorlik darajasiga ega naslli chorva mollarini chetdan (Gollandiya) keltirishlariga ko‘mak berilmoqda.
Chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkamlash uchun yem-xashak yetishtiriladigan maydonlarni kengaytirib, ekinlarni almashlab ekishni rivojlantirish lozim. Bunda yem-xashak ekinlari ekiladigan maydonlarning suv ta’minotiga, meliorativ holatini yaxshilashga hamda mahalliy va mineral o‘g‘itlardan talab darajasida foydalanishga alohida ahamiyat berish zarur. Bu masalani hal etish uchun qayta ishlash sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan to‘yimli ozuqa moddalari talab darajasida olinishini, chorva hayvonlariga ozuqani ilmiy asoslangan ratsion asosida vaqtida berilishini ham tashkil etish zarur. Bu masalaning dolzarbligini e’tiborga olib, respublika hukumati xo‘jaliklarga iqtisodiy jihatdan ko‘maklashish yo‘llarini, mexanizmlarini ishlab chiqqan. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratish, shu maqsadda chetdan moddiy-texnika resurslarni keltirishda bojxona to‘lovlaridan ozod etish va boshqa chora-tadbirlar belgilangan.
Bu jarayonda chet el investitsiyalari jalb etilishiga alohida e’tibor berish zarur. Chunki hozirgi davrda bu boradagi mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish borasida ayrim kamchiliklar mavjud.
Ta’kidlangan barcha masalalarning ijobiy hal etilishi tarmoqda faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xizmatchilarning bilimiga, tajribasiga va moddiy rag‘batlantirilishiga bevosita bog‘liq. Shunday ekan, bu masalalarni hal etish mexanizmlarini, yo‘llarini yanada rivojlantirish zarur. Ishchi-xizmatchilarning ish haqlarini vaqtida berish hamda ularni yetishtirgan mahsulotlari miqdori va sifatini e’tiborga olgan holda rag‘batlantirishning samarali usulini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ko‘rsatilgan masalalarning hal etilishi natijasida chorvachilik tarmoqlari rivojlanib, samaradorligi yuksalishi ta’minlanadi.
Chorvachilikni rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlarda chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
1) Ozuqa bilan ta’minlashni yaxshilash. Buning uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- ozuqabop ekinlarni mutanosib holda joylashtirishni va almashlab ekish tizimini joriy etish;
- xo‘jaliklarni ozuqabop ekinlar o‘rim-yig‘im texnikalari bilan ta’minlash masalasini hal etish, chorvachilik fermer xo‘jaliklarida ozuqa ekin maydonlarining chorva mollari bosh soniga mutanosib joylashtirish lozim;
- yem-xashak ekinlarining hosildorligini oshirish;
- hududlarda chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi dehqon va fermer xo‘jaliklarini omuxta yem bilan ta’minlashda qulayliklar yaratish.
2) Naslchilikni rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- chorva hayvonlari zotlarining nasl va mahsuldorlik xususiyatlarini takomillashtirish;
- chorva hayvonlari naslchiligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga e’tiborni kuchaytirish;
- chorva mollari zotlarining genofondini saqlash;
- chorva hayvonlari zotlarining irsiy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida sun’iy qochirishni keng qo‘llash;
- qorako‘l terilarning jahon bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh yangi tiplarini yaratish.
3) Zooveterinariya ishlarini samarali tashkil etish. Buning uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- har bir qishloq fuqarolar yig‘ini qoshida zooveterinariya shoxobchalarini tashkil etish;
- chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash;
- yuqumli kasalliklarning respublika hududiga kirib kelishini oldini olish;
- chorva mollarini profilaktik emlash ishlarini to‘la qamrovda amalga oshirish;
- aholi va fermer xo‘jaliklariga zooveterinariya shoxobchalari orqali servis xizmatlari ko‘rsatish darajasi va sifatini oshirish.
4) Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirish. Buning uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:
- qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda bu mahsulotlarga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida go‘sht, sut, jun va teri mahsulotlarini qayta ishlaydigan mini sexlar tashkil etish;
- qorako‘lchilikka ixtisoslashgan hududlarda qorako‘l teri va jun mahsulotlaridan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar tashkil etish;
- mazkur sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va zamonaviy minitexnologiya bilan jihozlangan qo‘shma korxonalar tashkil etish va hokazo.
Mamlakatimizda chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tizimlarini yanada rivojlantirish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:
- chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bo’yicha davlat va xususiy sherikchilik asosida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va ularni rivojlantirish;
- chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish faoliyati bilan shug’ullanuvchi chorvachilik klasterlari tashkil etishga e’tiborni kuchaytirish;
- chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish jarayoniga xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali zamonaviy texnologiya va usullarni o’zlashtirish;
- chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida yangi quvvatlarni ishga tushirish va mahsulotlar turlarini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish;
- chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirib borish va boshqalar.



Download 130.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling