Qisqacha xulosalar
Qishloq xo‘jaligi tarmog’i yetishtirilayotgan mahsulotlarning turlari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ikkita yirik tarmoqqa: o‘simlikchilik va chorvachilikka bo‘linadi. Chorvachilik qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo‘lib, unda ko‘p turdagi mahsulotlar yetishtiriladi. Jumladan, aholi iste’moli uchun kerak bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat, charm poyabzal, to’qimachilik va yengil sanoatlarining ko‘plab korxonalari uchun xom ashyo yetishtiriladi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz hukumati tomonidan chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish bo’yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda va bu islohotlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini, sanoat tarmoqlarining xom ashyoga bo’lgan talabini qondirish, aholi daromadlarini ko’paytirish, mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada yuksaltirish uchun qishloq xo’jaligi tarmog’ini, shu jumladan o’simlikchilik mahsulotlari yetishtirishni yanada oshirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |