2. Mamlakatimizda chorvachilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati.
2018-yilda mamlakatimiz bo‘yicha 89019,2 mlrd. so‘mlik yalpi chorvachilik mahsuloti yetishtirilgan bo‘lib, 2017-yilga nisbatan 105,7 foizni tashkil etgan. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining tarkibida chorvachilik tarmog‘ining ulushi 2018-yilda 45,6 foizni tashkil etgan bo‘lib, 2017-yilda bu ko‘rsatkich 42,0 foiz edi (1-jadval).
1-jadval
Chorvachilik tarmog’ining asosiy ko’rsatkichlari
|
2015
|
2016
|
2017
|
2018
|
Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi mahsuloti hajmi, mlrd. so’m
|
103302,0
|
119726,7
|
154369,4
|
195103,7
|
shundan:
|
|
|
|
|
chorvachilikda
|
44175,4
|
53844,1
|
64895,9
|
89019,2
|
Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi o’sish sur’ati, o’tgan yilga nisbatan foizda
|
106,1
|
106,1
|
101,2
|
100,3
|
shundan:
|
|
|
|
|
chorvachilikda
|
106,9
|
107,0
|
104,1
|
105,7
|
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari
Mamlakatimizda chorvachilik mahsulotlari yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushi ancha yuqoridir. Chorvachilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi respublika aholisi talablarini qondirish maqsadida ichki bozorlarda, bir qismi esa tashqi bozorlarda sotilmoqda. Ularni eksport qilish natijasida valyuta tushumiga erishilmoqda, lekin bu mavjud imkoniyatlar darajasidan ancha pastdir. Kelajakda bu masalani hal etishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir, buning uchun tarmoqda imkoniyatlar mavjud.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |